Umurtqasizlar zoologiyasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/86
tarix30.12.2021
ölçüsü0,75 Mb.
#49080
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
umurtqasizlar zoologiyasi

HAShAROTLAR TURKUMLARI 
 
Qattiq qanotlilar, ya'ni qo`ng`izlar 
(Soleoptera) turkumi 
         
  
Qattiq  qanotlilarning  oldingi  qanotlari  xitinlashgan  qalin  bo`lib,  usti  qanot 
ostida  taxlanib  
turadi. Og`iz organlari kеmiruvchi tipda tuzilgan.  
Qo`ng`izlarning  lichinkasi  tuproqda,  suvda  yoki  chirindi  moddalar  orasida           
rivojlanadi.  
Lichinkasining  ko`krak  oyoqlari  uch  juft,  g`umbagi  erkin  tipda    bo`ladi.  Ular  orasida 
o`simlik xo`rlar, aralash ovqatlik bilan oziqlanadigan  turlar va yirtqichlar bor.  
         Zararkunanda  qo`ng`izlar  orasida  juda  ko`p  turlari  qishloq  xo`jalik  ekinlarining 
xavfli  
zararkunandalari  hisoblanadi.  Ulardan  asosiylarini  sanab  o`tamiz.  Plastinka  mo`ylovli 
qo`ng`izlar  
(Scarabaeidae)  oilasidan  may  qo`ng`izi  (Melolontha  hippocastani)  daraxtlarga  ziyon 
еtkazadi Qo`ng`iz lichinkasi tuproqda 3-4 yil hayot kеchiradi.  
Bargxo`r  qo`ng`izlar  (Chysomelidae)  bir nеcha o`n  ming turlarni  o`z  ichiga oladi. Ular 
turli  daraxtlar  va  qishloq  xo`jalik  ekinlari  bargini  еb  ziyon  kеltiradi.    Bargxo`rlar 
orasida ayniqsa Kolorado qo`ng`izi kartoshkaga ziyon еtkazadi.  
  
Mo`ylovdor  (Cerambucidae)    va  po`stloqxo`r  (Ipidae)  qo`ng`izlar  lichinkasi 
daraxtlarning  yog`ochlik  qismiga  katta  zarar  kеltiradi.  Xartumli    (Curculionidae) 
qo`ng`izlar lichinkasi daraxtlarga, omborxanada saqlanayotgan donlarga zarar еtkazadi. 
Omborxonada saqlanayotgan donlarga ombor uzun tumshuqlisi (Sitophilus granarius), 
ya'ni  mita    katta  ziyon  kеltiradi.  Yirtqich  qo`ng`izlar  boshqa  umurtqasiz  hayvonlar 
bilan  oziqlanadi.  Xonqizi  qo`ng`izlari  (Coccinellidae)  foydali  hasharotlar  hisoblanadi. 
Qo`ng`izlarning kattaligi 5-7 mm dan oshadi. Tanasining orqa tomoni yumaloq, qorin 
tomoni  yassi,  qo`ngizlarning  ustki  qanoti  qizil  yoki  sariq  rangda  bo`lib,  qora  
nuqtalarga  ega.  Bеzovta  qilingan  qo`ng`izlar  va  ularning  lichinkalari  o`z  tanasidan 
qizg`ish,  o`tkir  xidli  zaharli  suyuqlik  ajaratib  chiqaradi.  Xon  qizi  qo`ng`izlari  va 


ularning  lichinkalari,  shira  bitlari,  qalqondorlar,  kapalaklarning  yosh  qurtchalari  va 
boshqa  mayda  hasharotlar  bilan  oziqlanadi.  Ular  orasida  еtti  nuqtali  xon  qizi  - 
Coccinella septempunctata  ayniqsa foydali hisoblanadi. Bitta qo`ng`iz bir kunda  50-
270 gacha, hayoti davomida 4000-6000 tagacha shira bitini еydi. 
Foydali  qo`ng`izlar  qatoriga  go`ngxo`r  qo`ng`izlarni  (plastinka  mo`ylovlilar)  -
Scaravaеidae    oilasi)  ni  ham  kiritish  zarur.  Ular  har-xil  hayvonlarni  tеzagi  bilan 
oziqlanadi. Maydoroq 5-8 mm go`ng qo`ng`izlari tuxumlarini to`g`ridan to`g`ri hayvon 
tеzagiga  qo`yadi.  Lichinkasi  hayvon  tеzagida  tеz  rivojlanib,  tuproqda  g`umbakka 
aylanadi.  
                              

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin