Umurtqasizlar zoologiyasidan


-mashg‘ulot. 0 ‘simliksimon xivchinlilarning asosiy tuzilish



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

2-mashg‘ulot. 0 ‘simliksimon xivchinlilarning asosiy tuzilish
xususiyatlari
1-ish. Yashil evglcnaning tuzilishi va ko‘payishi
Yashil evglenaning sistematik o‘rni
Tip. Sarkomastigoforalar-Sarcomastigophora
Kenja tip. Xivchinlilar-Mastigophora
Sinf. 0 ‘simliksimon xivchinlilar-Phytomastigina
Turkum. Evglenasimonlar-Euglenoidea
Vakil. Yashil evglena-Euglena viridis
Dars maqsadi
0 ‘simliksimon xivchinlilarni yashil evglena 
misolida tashqi va ichki tuzilishini o‘rganish.
Identiv o ‘quv maqsadlari:
1.1. Evglenaning tashqi tuzilishini aytib bera oladi.
1.2. Evglenaning ko‘payishini izohlay biladi.
Kerakli preparatlar
va jihozlar:
Ariq va hovuz suvlaridan olingan 
yoki laboratoriya sharoitida maxsus urchitilgan evglenalar kulturasi, 
mikroskoplar, buyum va qoplag‘ich oynalar, tomizgichlar, qirqilgan filtr 
qog‘ozi bo‘lakchalari, yod eritmasi, evglena, seratsiumlaming tayyor 
mikropreparatlari va ulaming tuzilishini aks eltiruvchi jadvallar.


Ishning mazmunu
Yashil evglena 
(Euglena viridis)
chirigan 
organik moddalarga boy bo‘lgan koMmak suvlarda, hovuzlarda va 
boshqa ifloslangan suviarda yashaydi. Lekin ular orasida 
Euglena acus,
E. spirogyra
kabi turlari ham uchrashi mumkin. Evglenaning tanasi 
duksimon, keyingi uchi o‘tkirlashgan boiadi (2-rasm).
Evglena sitoplazmasining asosiy organoidlaridan yana bittasi 
qisqaruvchi vakuola bo‘lib, uning atrofida bir nechta yig‘uvchi 
vakuolachalar mavjud. Vakuola qisqargan paytda suv va qoldiq 
moddalar uning tashqi muhit bilan tutashgan rezervuariga o‘tadi va 
tashqariga chiqariladi. Evglenaning tanasida xlorofill donachalariga ega 
boMgan xromatoforlari bor. Shuning uchun ham ular o‘simliklar singari 
fotosintez yo'li bilan oziqlanadi. U yorugMik ta'sirida karbonat angidrid 
gazi va suvdan uglevodlami sintez qiluvchi avtotrof organizmdir. Bu 
jarayonda hujayrada ehtiyoj ozuqa modda paramil (tarkibi o ‘simlik 
kraxmaliga yaqin) to‘planadi. Lekin evglena qorong‘i joyda saqlansa 
rangsizlanadi va pellikulasi orqali suvda erigan organik moddalarni 
shimib, saprofit usulda oziqlanishga o‘tadi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin