Undov vа tаqlid so‘zlаr



Yüklə 79 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2022
ölçüsü79 Kb.
#76454
1   2   3   4
Undov va taqlid so‘zlar. Qo‘shma so‘zlarning tuzilishi. Qo‘shma so’zlar imlosiga oid grammatik jadvallar tayyorlash

Ajratib yozish. Qo’shma fe’lning qismi ajratib yoziladi:sarf qil, ta’sir et sotib ol, olib chiq, miq etma kabi.
Ko’makchi fe’l va to’liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi:aytib qo’y, olib ko’r, bera boshla kabi.Lekinmustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o’zgarishi bo’lsa bunday qism qo’shib yoziladi:aytaver, boroladi.
Ko’makchi ajratib yoziladi:shu bilan , soat sayin, bu qadar kabi.Lekin bilan va uchun ko’makchilarining -la, -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la,
sen-chun kabi
Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o’sha so’zi o’zidan oldingi so’zdan ajratib yoziladi: har kim, hamma vaqt, u yerda, shu yoqda kabi.Lekin birpas,biroz, birato’la ,birmuncha, buyon so’zi qo’shib yoziladi.Shuningdek qay so’zi yoq ,yer so’zi bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa,bu so’z qo’shib yoziladi:qayoqqa, qayerda kabi.
Sifat oldidan kelib,belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to’q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so’zlar ajratib yoziladi:to’q qizil ,liq to’la kabi.
Murakkab son qismi ajratib yoziladi:o’n besh, besh yuz.
Yildan-yilga, tomdan-tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida,ikkinchi qismi jo’nalish kelishigida bo’lgan birikma ajratib yoziladi.
Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko’pdan-ko’p, tekindan-tekin, yangidan-yangi, ochiqdan-ochiq kabilar ajratib yoziladi.
Izofali birikma ajratib yoziladi.Bunda izofa undosh bilan tugagan so’zlarga i shaklida , unli bilan tugagan sozlarga yi shaklida qo’shiladi:dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi.Lekin izofa yozilmaydigan so’z,shuningdek ,qismidan biri yoki har ikkisi o’zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so’z qo’shib yoziladi:gulbeor, dardisar kabi
Bosh harflar va qisqartma so’zlar imlosi.
Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, O’rinova, Muhabbat Majidovna, Furqat, Navoiy, Yilpig’ich.
Joy nomi bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyo’l, Qoratog’, Pomir, Oqtepa, Zarafshon, Yaponiya. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum.
Yulduz va sayyora, boshqa xil osmon jismining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relief nomi).
Madaniy-maishiy va savdo korxonasiga, adabiyot va san’at asariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotiga, shuningdek, transport vositasi, sport inshootiga qo’yilgan nom bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” mehmonxonasi, “Soadat” firmasi, “G’uncha” bog’chasi, “Qutlug’ qon” romani, “Ozodlik” haykali.
Muhim tarixiy sana va bayram nomi tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Navro’z bayrami, Ramazon hayiti.
Davlat, davlat oliy tashkiloti va mansabining, xalqaro tashkilot nomidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi: O’zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
Boshqa tarkibli nomda mansabni bildiruvchi birinchi so’zgina bosh harf bilan yoziladi: Bosh vazirning o’rinbosari, Yozuvchilar uyushmasi.
Vazirlik va idora, korxona va tashkilot nomi tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi: So’gliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti.
Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi: “O’zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin Yulduz” medali. Boshqa mukofot, faxriy unvon nomidagi birinchi so’zgina bosh harf bilan yoziladi: “Sog’lom avlod uchun” ordeni, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, “Matbaa a’lochisi” nishoni.
Gapning birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim. (O. Yoqubov.)

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin