Unga ko‘ra, analitik tafakkurni quyidagilarga asos bo‘ladi



Yüklə 12,76 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü12,76 Kb.
#133120
ssssssss


Yuqoridagi chizmada bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlantirishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayonning tamoyillari va e’tibor qaratish zarur bo‘lgan pedagogik ketma-ketligi ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra, analitik tafakkurni quyidagilarga asos bo‘ladi.
Birinchidan, bo‘lajak iqtisodchilarni tayyorlashda analitik tafakkurni shakllantirish iqtisodiy ta’limni tushunarli bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarni izchillikda rivojlanib borishiga asos bo‘ladi. Chunki analitik tafakkurni rivojlanishi bo‘lajak iqtisodchilarda bilim olishda, kasbiy kompetentlikni shakllanishiga asos bo‘ladi.
Ikkinchidan, analitik tafakkur tarzi - darsni ko‘r-ko‘rona emas, ongli qabullashga, mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini shakllantirish, oldinga surish va asoslashga o‘rgatadi, talabaning o‘ziga ishonchini orttiradi va shaxs sifatida shakllanishining asosiy faktori bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa bo‘lajak iqtisodichlarda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yuqori darajada rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Uchinchidan, analitik tafakkur tahlil etilayotgan material yoki masalaning yangi qirralarini ko‘rish, yangi masalalar va ular yechimining kashf etilishiga olib keladi. Bu esa, bo‘lajak iqtisodchilarda iqtisodiy madaniyatni shakllanishi, iqtisodiy intellektni rivojlanib borishi, bir so‘z bilan aytaganda professional iqtisodchi bo‘lib etishishiga asos bo‘ladi.
To‘rtinchidan, analitik tafakkur o‘zgaruvchan hayot tomonidan oldinga suriladigan yangidan yangi masalalarga mustaqil javob izlash ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. Chunki bo‘lajak iqtisodchi ijtimoiy faol shaxs sifatida ijtimoiy munosabatlarni ishtirokchisi sifatida ijtimoiy dunyoqarashri ham shallangan bo‘lishi kerak.
Beshinchidan, o‘zga kishilar bilan muloqot uchun va jamiyat uchun ochiq bo‘lishni ta’minlaydi. Buning uchun esa kommunikativ kompetentligi rivojlangan bo‘lish bilan birga, analitik-intellektual bilimlari ham rivojlangan bo‘lishi talab etiladi.
Oltinchidan, to‘g‘ri shakllantirilgan analitik tafakkur o‘zga insonlar fikriga hurmat, ular bilan erkin bog‘lanish, o‘zaro tushunish muhitini shakllantiradi. Bu bo‘lajak iqtisodchi uchun juda muhim hayotiy ko‘nikma hisoblanadi.
Ettinchidan, analitik tafakkur bo‘lajak kadrni muqobil fikrlashga va muqobil fikrlarni o‘rganishiga yordam beradi. Bo‘lajak iqtisodchining turli rakursda fikrlay olishi bu uning iqtisodiy muammolarni oldindan ko‘ra olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Yüklə 12,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin