Universal o‘nlik klassifikatsiyasining zamonaviy nashrlarni asosiy qatori
Reja
Universal O‘nli klassifikatsiya jadvalini vujudga kelish tarixi
2.Universal O‘nli klassifikatsiya bo‘limlari, yordamchi apparatlari
3.UO‘K nashrlari.
4.UO‘K jadvalini kutubxonalarda qo‘llanilishi
Melvil Dyui (1851-1931)
AQShda 1876 yilda «O‘nlik klassifikatsiya» (O‘K) kutubxona bibliografik amaliyotida yirik hodisa bo‘lgan sistemaning birinchi nashri e’lon qilindi. O‘nlik Klassifikatsiyaning tuzuvchisi yirik kutubxonashunos M.Dyui (1851-1931) edi.
Melvil Dyui (1851—1931) — O‘nlik Klassifikatsiya muallifi.
AQSh ning ko‘zga ko‘ringan kutubxonashunos olimlaridan biri. Melvil Dyui ishtirokida Kolumbiya universitetida birinchi kutubxonachilik maktabi tashkil etildi. Keyinchalik P.Otle va A.Lafonten Dyui klassifikatsiyasini takomillashtirib Universal O‘nlik klassifikatsiyani yaratdilar. 1876 yil Filodelfiyada Dyui tashabbusi bilan kutubxonachilarnikonferensiyasi tashkil etiladi.
Dyui insoniyat bilimlar majmuini 10 qismga bo‘lgan. Klassifikatsiya nomini shundan olgan bo‘lib, u asosiy bo‘limlarini quyidagi tartibda joylashtirgan: