293
5-BO‘LIM.
PEDAGOGIK MAHORAT
ASOSLARI
16-§.
PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING
O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI.
REJA:
«O‘qituvchi o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli
bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insonlikning
yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga
erishadi”
Abu Nasr Farobiy
294
1.
Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari
2.
Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi
3.
O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni
Tayanch tushunchalar:
pedagogik mahorat, tarkibiy qismlar, pedagogik faoliyat,
o‘qituvchi kasbi, o‘quvchi shaxsi, pedagogik texnika, pedagogik nazokat,
o‘qituvchi immiji.
1. Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari.
Globallashuv sari
borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez
moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili
hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy ustunligi - ta'lim
tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni rivojlantirish imkoniyatlari
mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy
o‘sishini ta'minlovchi omillar ham aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita
bog‘liqdir.
Bugungi globallashuv davrida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda quyidagi hislatlarni
tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi:
-
insonparvarlik hislatlarini rivojlantirish;
-
kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish;
-
kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o‘z ishiga ijodiy
yondashish hislatlarini tarkib toptirish;
-
pedagogik nazokat va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni
shakllantirish;
-
nutq texnikasini, o‘z tovush, mimika, jest va gavdasini boshqarish, jamoaga
va shaxsga ta'sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish;
- zamonaviy fan va ishlab chiqarishdagi muammolar, pedagogik, axborot va
yuqori darajadagi texnologiyalardan xabardor bo‘lish hamda ulardan zarurlarini
ta'lim jarayoniga tatbiq etish va boshqalar.
Demak, pedagogik mahorat hamma ustozlar uchun qolipdagi ish uslubi emas,
balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati evaziga yuzaga
295
keladigan jarayondir. Shu jihatdan olganda, hozirgi pedagogik ta'lim berish oliy
o‘quv muassasalari bo’lajak pedagog mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun yetarli sharoit belgilab berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |