158
Pedagogik faoliyatning insonparvarlik tamoyiliga
asoslanuvchi paradigmasi
quyidagi mezonlarga tayanadi:
– ta'limning ijtimoiylashuvi – o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan
texnokratik yondashuvdan voz kechish, ular tomonidan nisbatan o‘zlashtiriladigan
bilimlar majmuasining pedagogik hamda psixologik xususiyat kasb etishini
ta'minlash, o‘qituvchilarda umuminsoniy, umummadaniy qadriyatlar mazmunida
ilgari surilgan g‘oyalarga asoslangan ijtimoiy tafakkurni shakllantirish;
– milliy hamda jahon madaniyati asoslari va ularning mohiyatidan xabardor
bo‘lish;
– ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy istiqlol g‘oyalariga
asoslanish;
– shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda mustaqil ta'lim olishga bo‘lgan
layoqatiga tayanish va uni takomillashtirish;
– o‘qituvchilarning kasbiy jihatdan shakllantirish jarayonida o‘qituvchi hamda
o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga
erishish;
– ta'lim jarayonida o‘quv dasturlarining talabalar qobiliyati hamda
qiziqishlariga ko‘ra tanlab olinishi borasidagi imkoniyatning mavjudligi;
– pedagogik ta'limning fundamental xususiyat kasb etishi, ya'ni, o‘quvchilar
tomonidan o‘zgaruvchan sharoitlarda shaxs ijodiy rivoji asosini ta'minlovchi
invariant bilimlarning o‘zlashtirilishiga erishish;
– mehnat bozori hamda ijtimoiy jarayonlarda yuzaga keluvchi hamda doimiy
ravishda o‘zgarib turuvchi ehtiyojlarga to‘laqonli javob bera oladigan ta'limni
shakllantirish shu asosda kasbiy moslashuvchan mutaxassislarni tarbiyalash;
– ta'limning
uzluksizligi, ta'limning har bir jarayon bosqichining
natijalanishini ta'minlovchi kasbiy ta'lim (kadrlar malakasini oshirish hamda ularni
qayta tayyorlash) dasturlarining tizimining yaratish va rivojlantirish,
muayyan
dasturni ta'limning u yoki bu bosqichida o‘qitilishi yoki o‘qishni boshqa tipdagi
o‘quv muassasida davom ettira olish imkoniyatini bera olishi;
– ta'limning
ekvivalentligi, ya'ni uning davlat ta'lim standarti, milliy
madaniyati va
mentalitet, shuningdek, xalqaro me'yorlarga muvofiq darajasi.