53
Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni
beqiyos. Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay
mehnat qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi
mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o'z ustida ishlanishi
zarurdir.
Masalan, buyuk iste'dod sohibi Muxtor Ashrafiy kunlardan bir kun
shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano oldida o‘tirib, kuy
bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi kelganda, turmush
o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun ustozga bir pas o‘tirib turishni maslahat beribdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor Ashrafiy yoniga peshvoz chiqibdi.
Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy shogirdiga qarata:”Men bugun kechasi bir kuy
bastaladim. Marhamat, tinglab ko‘r, debdi va fortopiano yoniga kelib, bir necha
daqiqa oldin yangragan kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang bo‘libdi. Qanday
qilib, ikki kishi bitta kuyni bastalashsa?! Biron nota ham o‘zgarmasa? Bunaqa sira
bo‘lishi mumkin emas-ku?!,-deb hayron qolibdi. Shunda Muxtor Ashrafiy xandon
urib kulibdiyu, hazillashayotganini aytibdi. Muxtor Ashrafiydagi buyuk iste'dod,
xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird tasanno aytibdi. Shunday qilib,
mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy o‘zining buyuk iste'dod egasi
ekanligini namoyon qilgan ekan.
Yoki yana bir iste'dod sohibi, birdaniga bir necha sohalarda faoliyatini
namoyish qilgan buyuk rassom, arxitektor, matematik Leonardo Da Vinchi o‘z
ustida tinmay izlangan, mashaqqat bilan mehnat qilganligi hyech kimga sir emas.
Yoshligida juda qashshoq yashagan Leonardo kunlarning birida tabiat quynida
rasm chizish uchun Florensiyaning chekka qishlog‘iga kelibdi va yashash uchun
ijaraga kichik hujra tanlabdi. Vaqt o‘tibdi, ammo Leonardo hujra pulini to‘lay
olmabdi. Hujra egasi xasis va qitmir ekan. U rassomni tanimabdi va undan ijara
haqqini talab qilibdi. Rassom ikki soatlardan so‘ng pulni to‘lashga va'da beribdi.
Oradan ikki soat o‘tgach Leonardo Da Vinchi mo‘jazgina tugunchasini ko‘tarib,
hujradan chiqibdi va pulni stol ustida qoldirganligini aytib, hujra egasi bilan
xayrlashibdi. Xasis hujra egasi xonaga kirsa, stol ustida yaraqlab turgan bir uyum
tilla tangalarni ko‘ribdi va ochko‘zlik bilan ularga qo‘l cho‘zibdi, ammo qo‘li
54
stolning ustida mohirlik bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib, hayratdan
yoqa ushlabdi... Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni juda katta pulga
sotishga muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi.
Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi,
insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir.
«Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas
bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»
20
. Bola aynan turli
faolliklar
yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. Demak, tahsil
oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda
boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan
boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi
olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik
shaklidir. Bu-o'quvchining darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o'z tasavvuri
doirasida, malum
bir echim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar yaratishga
qaratilgan faoliyatdir.
O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik
mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir.
Bunday
harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining
rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi:
-pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit
siymo (obraz) shakllanadi;
-mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador
materialning eslab
qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi;
-imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya
vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda
saqlashni taqozo etadi.
O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz
bergan bo'lsa, bunday jarayon pedagogika va psixologiyada
Dostları ilə paylaş: