Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   226
-.-

birinchidan,
xalq ta'limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat 
siyosatini amalga oshirish, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'limni har 
tomonlama rivojlantirish, o‘quvchilarning bilimi va ma'naviy-axloqiy darajasini 
yanada yuksaltirish; 
ikkinchidan,
o‘rta ta'lim maktablari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 
muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta'minlash orqali 11 yillik o‘rta ta'limni 
joriy etish bo‘yicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish; 
uchinchidan,
umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilariga 
kasb-hunar o‘rgatish hamda umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standartlariga va 
maktabdan tashqari ta'limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq xalq ta'limi 
muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o‘quvchilarga kasb-hunar 
o‘rgatishda metodik rahbarlik qilish; 
to‘rtinchidan,
umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish 
samaradorligini ta'minlash, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va mehnat 
ta'limini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3304-son Qarori 
asosida
O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati takomillashtirildi. 


105 
beshinchidan,
o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or 
shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘quvchilarning o‘quv, 
psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta'lim-
tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 
oltinchidan, 
mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, 
ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda 
yangilangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-
metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish; 
yettinchidan,
mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar 
qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy 
himoya qilinishini ta'minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini hosil 
qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish; 
sakkizinchidan,
rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va 
sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning (shu jumladan inklyuziv) ijtimoiy 
kafolatlarini ta'minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning 
ta'lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari 
cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari (maktablar, 
maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish; 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin