2. Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va
operatsiyalari
Milliy valutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar
sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
–
monetar siyosatni va valutani boshqarish siyosatini shakllan-tirish,
qabul
qilish hamda amalga oshirish;
–
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizi-mini yaratish;
–
banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish;
–
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valuta zaxirasini saqlash va uni
boshqarish;
–
Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjetining kassa ijro-sini
uyushtirish.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
iqtisodiyotni pul-kredit
vositasida boshqarishi, pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi
sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishi va „O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 23-moddasiga muvofi q key ingi moliya yili
boshlanishiga uzog‘i bilan 30 kun qolganda bu haqda Oliy Majlisga axborot berishi
lozim. Markaziy bank pul taklifi hajmini o‘zgartirib,
ishlab chiqarishning umumiy
hajmiga, bandlik darajasiga va korxonalar faoliyatining o‘sish sur’atlariga ta’sir
ko‘rsatadi. Iqtisodiyotdagi tanglik davrida pul taklifi hajmining oshirilishi iste’mol va
sarmoyaga bo‘lgan talabning o‘sishiga, binobarin, bandlik, ishlab chiqarish hajmi
ortishiga yordam beradi. Pulning yuqori sur’atlarda qadrsizlanishini sekinlashtirish
zarurligidan kelib chiqib Markaziy bank muomaladagi pul miqdorini cheklash siyosatini
o‘tkazadi, natijada iqtisodiyotda unga bo‘lgan
talab kamayadi, pul bozorlaridagi foiz
stavkalari o‘zgaradi, pulning qadrsizlanishi kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi va ular Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan
so‘ng u mukammal dastur sifatida qabul qilinadi. Bu dastur iqtisodiy vaziyatni tahlil
qilish
va oldindan aytishni, pul miqdorini yillik o‘stirish sur’atlarining maqsadli
ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valuta siyoatini amalga oshirish yo‘nalishlarini o‘z
ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurl igiga sabab shuki, monetar siyosatni
ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim makroiqtisodiy hodisalar; pulning qadr
sizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy qismi va mehnat resurslarining bandligi,
to‘lov balansi bilan chambarchas bog‘langan. Pul muomalasini
boshqarib borish
vositalarini quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin.
3-chizma
Minimal
majburiy
zaxiralar
siyosati
Qayta
moliyalashtirish
siyosati
Ochiq
bozor
siyosati
Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash va boshqa
usullardan foydalanib, pul massasini boshqarib bo rishi mumkin.
Muomaladagi
pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofi
qlashtirish va infl atsiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari
uchun majburiy rezervlar me’yorini o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal
zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur
bo‘lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig‘ilgan resurslariga
nisbatan foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita banklarning
kreditlash imkoniyatini
chegaralasa-da, ularning minimal likvidligini ta’minlash omili bo‘lishi mumkin.
Majburiy zaxira me’yori hozirgi kunda O‘zbekistonda 20 foizni tashkil qiladi. Markaziy
bank tomonidan zaxira miqdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi
mumkin, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga
bog‘liq bo‘ladi.
Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibiga rioya
qilinishi uchun javobgardir. „Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy
Dostları ilə paylaş: