Universiteti


III BOB. TALABALIK DAVRIDA PSIXOLOGIK MOSLASHISHNING REFLEKSIV XUSUSIYATLARINI EMPIRIK O’RGANILISHI



Yüklə 55,87 Kb.
səhifə2/7
tarix08.11.2022
ölçüsü55,87 Kb.
#67927
1   2   3   4   5   6   7
Barchinoy opa kurs ishi

III BOB. TALABALIK DAVRIDA PSIXOLOGIK MOSLASHISHNING REFLEKSIV XUSUSIYATLARINI EMPIRIK O’RGANILISHI

3.1-§. Talabalik davrida psixologik moslashuvning refleksiv xususiyatlari omillarni aniqlash…………………………………………………….


3.2-§. Talabalik davrida psixologik moslashuvning refleksiv xususiyatlarini o’rganish bo’yicha tajriba-sinov ishlari natijalari......................................................
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………
XULOSA………………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………..
ILOVA …………………………………………………………………………….
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish – zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali kichik mutaxassis kadrlarni tayyorlash va mazkur jarayon samaradorligini ta’minlovchi kasbiy ta’lim mazmunini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ushbu vazifa bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlarda, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish misolida aniq maqsadlarga yo’naltirilgan ko’rsatma va tamoyillar ko’rinishida o’z aksini topgan. Shu bois, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yoshlarninig kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasbi bo’yicha bir necha ixtisos olishini ta’minlaydigan uzluksiz ta’lim muassasalarining, xususan, oliy ta’lim muassasalarining o’quv jarayonini ilg’or, ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy uslubiyot bilan amalda ta’minlash bu sohadagi echimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri sifatida belgilandi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov mazkur muammoning ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy ahamiyatini “Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga katta zarurat sezila boshladi” deb asoslaydi. Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi strategik vazifalarning asosiy yo’nalishi mustaqil fikr yurita oladigan, jamiyat va shaxs manfaatlari uchun zarur bo’ladigan rivojlanish istiqbollarini aniq belgilaydigan mutaxassislar tayyorlash masalalariga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Bu esa pedagog kadrlar tayyorlash modernizatsiyalash va uning innovatsion pedagogik asoslarini ishlab chiqish, zaruratini yuzaga keltiradi. Oliy ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri bu bo’lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir. Kasbiy tayyorgarlik zaruriy kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o’ziga xos ko’rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o’z-o’zidan yuzaga kelmay balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi. Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishi dastlab kasbga xos tasavvur, tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid bilim, malaka va ko’nikmalarning o’zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topishi hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi. Kasbiy moslashtirish – ob’ektiv va sub’ektiv ta’lim sharoitida bo’lajak mutaxassis shaxsining kelgusidagi kasbiy faoliyat talablarining o’zlashtirishi, faoliyat jarayoniga moslashishi, kasbiy layoqatlilik darajasidir.

Yüklə 55,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin