1. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va
taraqqiyotining yangi bosqichi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mulkni davlat tasaruffidan
chiqarish va xususiylashtirish yetakchi o‘rin tutadi.1992 yil fevralda Davlat mulkini
boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis etildi. 1994 yilda esa uning
funksiyalari o‘zgartirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
Davlat qo‘mitasiga aylandi. Xususiylashtirish tanlov va kim oshdi savdosi orqali amalga
oshirildi va bu tartib takomillashib bordi. Shuningdek Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy
islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi.
1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida
mulkni qabul qilingan qonunga ko‘ra xususiylashtirish va va mulkchilik shakllarini
o‘zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilish qat’iy belgilab qo‘yildi. 1994 yilda
kichik xususiylashtirish deyarli nihoyasiga yetdi. 1992-1994 yillar davomida 54 mingga
yaqin korxona va obyekt davlat tasarufidan
chiqarildi. Xususiylashtirish borasida 20 dan
ortiq davlat dasturi qabul qilindi.
1995 yilda mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 68 ta uy-joy
kommunal qishloq, 229 ta qayta ishlash korxonasi boshqa obyektlar xususiylash tirildi. 6
ming xususiy va oilaviy korxonalar paydo bo‘ldi. 1998 yilga kelib aksariyat korxonalar
xususiylashtirildi. Davlat korxonalarining xususiylashtirish 1993 yil 39,4 foiz edi, 1994
yilda 57,7 foiz, 1998 yil esa 88,2 foizga oshdi. 1997 yilga kelib xususiy va kichik
korxonalar soni 100 mingdan oshib ketdi.
Bozor infrastrukturasi deyilganda tovar va pul bozorida, mehnat resurslari bozorida
iqtisodiy vositalar - tegishli moliya va bank-kredit tizimi, sug‘urta, auditorlik, yuridik va
xususiy firmalar tizimi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida infrastrukturani
shakllantirish muhim jarayon bo‘lib, uni tashkil etish anchagina vaqt talab etadi.
Ushbu masalada ko‘pgina islohotlar, o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Masalan:
Davlat buyurtmasi tugatilib, o‘rniga zarur mahsulotlarni erkin narxlarda xarid qilish joriy
etildi. Tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. Kim oshdi savdosi
o‘tkazila boshlandi, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo
bo‘ldi. Ko‘chmas mulk sotish joriy etildi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Davlat
sug‘urta boshqarmasi o‘rniga davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tashkil
etildi. Ishsizlik muommasini hal etish uchun Respublika miqyosida 250 ga yaqin mehnat
birjalari barpo etildi. 1995 yil dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida «O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida»
alohida qonunlar qabul qilindi.
«Paxtabank», «G‘allabank», «Savdobank», «Tadbirkorbank», «Mevasabzavot
bank» kabilar tashkil etildi. 1994 yil 1 iyuldan esa O‘zbekiston Respublikasining pul birligi
so‘m muomalaga kiritildi. Neft mustaqilligini
ta’minlash maqsadida ham jiddiy ishlardan
biri, ya’ni Buxoro neftni qayta ishlash zavodini ishga tushirilishi ham yirik iqtisodiy
yutuqlardan bo‘ldi. Janubiy Koreya bilan O‘zbekistonning hamkorligida «O‘zDEU»
qo‘shma korxonasini tashkil etilish, ishga tushirilishi hamda avtomobillar ishlab chiqilishi
O‘zbekiston iqtisodiyotida ulkan, yirik voqea bo‘ldi. Demak O‘zbekistonda ham o‘zbek
mashinasozligi vujudga kela boshladi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan bu ishning qishloq qishloqda qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Qishloqda agrar siyosatning eng asosiy bosh masalasi - yerga egalik mulkchilik
masalasidir. I.Karimov shunday deydi: «Yer o‘lkamizning asosiy boyligi. U yediradi,
Dostları ilə paylaş: |