ichiradi, yashash uchun asosiy joriy sharoitlarni yaratib beradi. Shu sababli
Respublikaning kelajagi, O‘zbekiston xalqining kelajagi ko‘p jihatdan yerdan
foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog‘liq, bo‘ladi».
O‘zbekiston aholisining deyarli 60 foizi qishloqda yashaydi.Shuning uchun ish bilan
ta’minlash masalasi ham qishloqda dolzarb muommadir. 1991 yil dekabrda «Dehqon
(fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmon qishloq, qishloq ishlab chiqarishni zamon
talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1994-95 yillar davomida Vazirlar Maxkamasi agrar islohatlarga doir 10 dan ortiq
qaror qabul qildi. 1992-95 yillar mobaynida qishloq tumanlarida 1137 sovxozlar 530 jamoa
qishloqga, 350 kooperativga, 100 dan ortiq ijara va boshqa mulk shakllariga aylantirildi.
O‘sha yillarda shaxsiy tomorka uchun qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer
ajratildi. Qishloqda fermer xo‘jaligi tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi. 1994 yil
oxirlariga kelib 25 mingdan ortiq fermer qishloq paydo bo‘ldi, ular qishloq, xo‘jaligini
barcha mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Paxta maydonlari qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirilmoqda. Vazirlar
Maxkamasining 1996 yil may oyida qabul qilgan» O‘zbekiston Respublikasi qishloq
infrastrukturasini
rivojlantirish
dasturida
qishloqning
iqtisodiy
va
mexnat
imkoniyatlaridan yanada to‘liqroq va samarali foydalanish uchun, qishloq aholisini
turmush sharoitini yaxshilash uchun yo‘nalishlar berildi. Shuningdek qishloq hayotiga doir
o‘tkazilgan islohotlarda ta’lim muassasalari va ularni jixozlash masalalari, qishloq
aholisini salomatligini yaxshilash masalalari, aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suvi bilan
ta’minlash boralarida ham salmoqli ishlar qilindi. Birgina 1996 yilning o‘zida respublikada
62 ta qishloq vrachlik puktlari ishga tushirildi.1997 yilga kelib mamlakatda 3 million 155
mingta xonadon gazlashtirilgan edi.
Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan aholini ish bilan ta’minlash davlat
dasturida 1996-2000 yillar orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin ish joyi
yaratish, deyarli 950 ming kishini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish mo‘ljallangan edi va ushbu vazifa ustida amaliy ishlar olib borilmadi. Yana bir
muhim bo‘g‘inlaridan biri, bu makro iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdir.Birinchi
navbatda Respublika iqtisodiyot tuzilmasini yangilash, qayta qurishga kirishildi.
Investitsion faoliyat,ya’ni, iqtisodiyotga sarmoya yotqizishi ishlari boshlandi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga kirishildi. O‘tgan 1992-97 yillar davomida 7
mlrd AQSH dollari xajmida xorijiy investitsiyalar jalb etildi. 1997 yilga kelib dunyoning
80 mamlakati sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 3200 qo‘shma korxona faoliyat olib
bordi. Bugungi kunga kelib ularning soni yanada ortib bormoqda. Hozirgi kunda
respublikamiz miqyosida faoliyat yurgizayotgan Andijon avtomobil zavodi, Zarafshon
Nyumont korxonasi, Qizilkum fosfarit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xorazm yaxna
ichimliklar zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon sport zavodlari,
Samarqand tamaki fabrikasi., Toshkent ip yigiruv fabrikasi va boshqalar makro
iqtisodiyotida barqarorlashib boruvida muhim rol o‘ynamoqda.
Tub o‘zgarishlar, yangi sanoat korxonalarini ishga tushirilishi sekin asta o‘zining
ijobiy natijasini bermoqda. Hozirgi kunda mahsulotlari 70 dan ortiq davlatga eksport
qilinmoqda. 1997 yil tashqi savdo oboroti deyarli 9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Neft mahsulotlari masalasida esa 1996 yildan boshlab neft mahsulotlarini chetdan
sotib olish to‘xtadi. Bu iqtisodiyotimizda katta yutuqlaridan hisoblanadi. Mamlakat
iqtisodiyotida barqarorlikni vujudga keltirishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish muhim rol
o‘ynaydi.
Yalpi mahsulot ishlab chiqarish aholini o‘sish darajasidan sekin asta o‘sib
bormoqda. Hali bu yo‘nalishda ham amalga oshiriladigan ishlar talaygina.
Respublikamizda transport va aloqa vositalari zamonaviy talab va darajalar asosida olib
borilmoqda. Tag‘an-Seraxs-Mashxad yangi nuli ishga tushirildi. Qamchiq dovoni yo‘lini
ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetmoqda.
O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi O‘zbekistonni MDX ning barcha yirik
shaharlari hamda jahonning 20 dan ortiq davlatlari bilan xavo yo‘llari orqali munosabatda
bo‘lmoqda. Albatta bu holatlar juda quvonarli holdir. Respublikamiz iqtisodiy
islohatlarning amalga oshirilishida xalqaro tajribalardan ham unumli foydalanishga
harakat qilinmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotida soliq siyosatining o‘ziga xos o‘rni bor. Chunki soliqlar
davlat xazinasini to‘ldiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Bu masala barcha rivojlangan
mamlakatlarda juda yaxshi, ongli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Shu munosabat bilan 1991 yil
avgustida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq organlari haqida» qarori qabul qilindi.
12 avgust kuni kasb bayrami sifatida shu soha xodimlarining bayrami kuni deb ham ta’sis
etildi.
1994 yil yanvar oyida esa Prezident farmoni asosan O‘zbekiston Respublikasi Soliq
Qo‘mitasi tashkil etildi. Soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini amalda tartibga solish va
davlat daromadlarini vujudga keltirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimizda soliq tizimining faoliyati jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat
qilinmoqda. Hozirgi kunda 1997 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi soliq
kodeksi» asosida ish yurtilmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim tamoyillaridan biri — aholini ijtimoiy
himoyalash bo‘lib, barcha o‘tkazilayotgan islohotlarning asl mazmun va maqsadi
insonlarga yaxshi yashash uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga bag‘ishlangan.
Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq; olinmasligi haqdadagi qonun ham ijtimoiy
himoyalashning muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qoldi. 1992-98 yillar davomida ish haqi
va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi.
Barcha toifadagi maktablar, bolalar uylari, bog‘chalar, oliy va O‘rta maxsus o‘quv
yurtlarining o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, ijobiy va tibbiy xodimlarga kvartira haqqi
kommunal to‘lovlarda imtiyozlar berildi. Yolgiz pensionerlarni turar joy va kommunal
xizmati uchun to‘lanadigan haqdan ozod etildilar. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash
masalasida 1992-97 yillar orasida stipendiyalar bir necha marta oshirildi.
1994 yil avgustda Prezident I.Karimov tomonidan «Kam ta’minlangan oilalarni
ijtimoiy himoya qilishni ko‘chaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini qabul
qilinishi ushbu yo‘nalishdagi yanada aniq vazifalarni belgilab berdi. 1996 yil dekabrdagi
«Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni yanada ko‘chaytirish
to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ham xalqimizni ijtimoiy himoyalash sohasida bir qancha
imtiyozlarga sharoit yaratib berdli. Aholi sog‘lig‘ini saqlashga doir chora tadbirlar
masalasi ham muntazam ravishda hukumat etiborida bo‘ldi. «Ona va bola» markazlarining
tashkil etilishi, «Nikox va oila» maslahatxonalarning tashkil etilishi, sog‘liqni saqlash
tizimida kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor berib borilishi ham aholini ijtimoiy
himoyalashning ijobiy holatlaridir.
Dostları ilə paylaş: |