University of business and science


Innovatsiya va ijodkorlik



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə3/4
tarix13.09.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#143220
1   2   3   4
Biznesni boshqarish 1-мавзу

Innovatsiya va ijodkorlik
  • Tavakkalchilik
  • Imkoniyatlarni tan olish va ulardan foydalanish
  • Mijozlar uchun qiymat yaratishga e'tibor
  • O'sish va kengaytirishga e'tibor qaratish
  • Biznesning maqsadi mijozlar to'lashga tayyor bo'lgan tovarlar yoki xizmatlarni taqdim etish orqali daromad olishdir. Asosiy e'tibor o'z egalari va aktsiyadorlari uchun daromad keltiradigan barqaror va daromadli kompaniya yaratishga qaratilgan. Tadbirkorlikning maqsadi - mijozlar uchun qiymat yaratish, muammolarni hal qilish va yangilik. Tadbirkorlar dunyoni o'zgartirish va yangi narsalarni yaratish istagidan kelib chiqadi.
  • Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
  • O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli
  • yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘-
  • risida»gi qonuni, 3-modda
  • TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI
  • Tadbirkorlik har bir insonni muayyan daromad bilan ta’minlab, uning
  • o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush darajasini oshirishga imkon yaratadi.
  • Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali
  • davlat budjeti daromadlarini ham ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyat a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar, yo‘llar, tibbiyot muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi..
  • Agar jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda tinchlik va
  • osoyishtalik, barqarorlikka intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Tadbirkor-lik yaxshi rivojlangan jamiyatda yaratuvchanlik, ilm-ma’rifat va saxovat yetakchi o‘rin tutadi.
  • KIM TADBIRKOR BO‘LISHI MUMKIN?
  • Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar tadbirkor bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun fuqaro muomala layoqatiga ega bo‘lishi, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim.
  • Shu bilan birga, ayrim sabablarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar yoki guruhlar mavjud:
  • davlat organlari;
  • – davlat organlarining mansabdor shaxslari;
  • – tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslarni kiritish mumkin.
  • TADBIRKORLIK UCHUN NIMALAR ZARUR?
  • Siz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishingiz uchun quyidagilar taqozo etiladi:
  • – biznes-g‘oyaga ega bo‘lish;
  • – biznes-g‘oyani amalga oshirish uchun aniq xatti-harakatlar rejasi (biznes-reja) ishlab chiqish;
  • – tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan dastlabki (boshlang‘ich) kapitalga ega bo‘lish;
  • – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli moddiy resurslar va shart-sharoitlarga ega bo‘lish.
  • Менежмент-бу инглизча сўз бўлиб, инглиз тилининг Оксфорд луғатида берилган таърифга биноан у:
  • - бошқарув ҳокимияти ва санъати;
  • -ресурларни бошқариш бўйича алоҳида моҳирлик ва маъмурий кўникмалар тушунилади.
  • Бошқача сўз билан айтганда, менежмент-бу бошқарув, яъни ресурсларни, одамларни бошқариш, самарали фаолият олиб бориш ва фойда олишни билиш, уни кўпайтириш жараёнидир.
  • Шу нуқтаи назардан бошқарув-бу ўзига хос юксак санъат ва маҳоратни талаб қилувчи танлов, шу танлов асосида қарор қабул қилиш ва унинг бажарилишини назорат қилишдир.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin