Urazov Farrux



Yüklə 129,96 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix09.04.2023
ölçüsü129,96 Kb.
#95205
amaliyot hisoboti



Urazov Farrux 
URAZOV FARRUX 
Bugungi kunda fan, texnika va innovatsion texnologiyalarni rivojlanishi natijasida o‘quv-tarbiya 
jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, 
ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ta’lim 
tizimida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg’ulotlar egallanayotgan bilimlarni o‘quvchilar 
tomonidan o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, ularni tahlil qilishlariga, bilimlarini 
baholashlariga, to‘g‘ri xulosalalar qilishni o‘rgatishga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va 
jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga, shuningdek, erkin fikrlab sinfdoshlari 
bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash va harakat qilishlariga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, 
boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchi markaziy 
ishtirokchiga aylanadi. 
Bugungi ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor 
berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalardan foydalanish shaxsni rivojlantiruvchi ta’limini amalga 
oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilganligida.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng 
joriy etish imkoniyatini berishida.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o‘qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan 
boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni 
oldindan loyihalashtirib olishga undashida. 
To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot texnologiyalarning usullarini 
qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini 
amalga oshirishni ta’minlashidadir.
O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu 
jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib olib keladi. Bu esa, 
o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ishlash, ijod qilish va iroda kabi sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy tabiatdan 
kelib chiqqan holda, o‘quvchini ovqitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganligiga bog‘liq. 


Urazov Farrux 
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va 
muammolariga munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, imkoniyat 
yaratadi. 
Innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni 
o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar 
qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, ta’lim 
muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, ya’ni interfaol uslublar, 
innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda 
qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation ) – yangilik kiritish, yangilanish, nimanidir o‘zgartirish demakdir.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar ta’lim tizimi, pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi 
faoliyatiga yangilik kiritishni anglatib, bu jarayonni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan 
foydlaniladi.
Interfaol (“Inter”- bu o’zaro, “act”- harakat qilmoq) – o‘zaro harakat qilish (yoki kim bilandir suhbatda, 
muloqotda bo‘lish)ni anglatadi. Interfaol ta’limning mohiyati – o‘quvchilarni bir-birlaridan o‘rganishlariga 
yo‘naltirilgan ta’lim ekanligi. Interfaol ta’lim, interfaol uslublar tizimi bo‘lib, o‘quvchilarning 
hamkorlikdagi va faol ishtirokidagi ta’lim va uslublar tizimi hisoblanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, 
o‘qitishning interfaol uslublari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, 
unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar,ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni 
tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman 
o‘quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o‘ziga 
xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga 
oshiriladi. Bunday pedagogik 
hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga:
- o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur 
etilishi; - o‘quvchilarning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan 
qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi; - 
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda 
kuchaytirilishi; 

Pedagog va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari 
kiradi. 
Boshlang’ich ta’lim o‘qituvchilari oldida turgan eng dolzarb muammo o‘quvchilarda zarur ko‘nikmalarni 
shakllantirish, boshlang‘ich ta’lim sifat samaradorligini yuqori bosqichga ko‘tarish , o‘qitishning
zamonaviy usul va vositalarini amaliyotda qo‘llay olishdan iboratdir. Boshlang‘ich ta’limda didaktik 
o‘yinlar vositasida darslarni olib borish o‘quvchilarning aqliy faoliyatga tezroq kirishishlari va adaptatsiya 
hosil qilishlarida ham ko‘mak beradi. Yangi dars boshlanishida yoki o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda 
didaktik o‘yinlardan foydalanib, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. 
“Davom ettir” o‘yini
O‘qituvchi biror son aytadi, o‘quvchilar esa uning tashkil qiluvchilarini aytadilar. Masalan, o‘qituvchi 210 
sonini aytsa, o‘quvchilar 3 bilan 70 ning ko‘paytmasi , 10 bilan 200 ning yig‘indisi, 160 bilan 50 ning 
yig‘indisi va hokazo. Shu tariqa barcha o‘quvchilar sonning to‘ldiruvchilarini aytishlari mumkin. Bu o‘yin 
orqali o‘quvchilarda sonning tarkibi bo‘yicha bilim va og‘zaki qo‘shish – ayirish ko‘nikmalari 
mustahkamlanadi. 


Urazov Farrux 
“Zanjir” o‘yini 
Bu o‘yinni sonning karralilarini topishda tashkil etish mumkin. O‘qituvchi bir sonni aytadi. O‘quvchi esa 
o‘sha songa yana o‘sha sonning o‘zini qo‘shib aytadi, shu tariqa o‘quvchilarning hammasi o‘yinga jalb 
etilishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi 15 sonini aytsa, o‘quvchilar 15 ga 15 ni qo‘shib, 30 deydi, keyingisi 
60 deydi, shu tariqa o‘quvchilarning birin-ketin 120, 240, 480, 960 va hokazo sonlar aytadilar. Bu didaktik 
o‘yinni katta sonlarda ham davom ettirish mumkin. 
“Tez javob” o‘yini 
O‘qituvchi yoki boshlovchi qator oralab yurib, o‘quvchilardan birini turg‘izadi va qandaydir nomni 
aytadi. O‘quvchi shu turga kiruvchi javob topib aytishi lozim. Javob uchgacha sanagunga qadar aytilishi 
kerak. Javob berolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Masalan, o‘qituvchi biror geometrik figura nomini 
aytsa, o‘quvchilar ham geometrik figuralarga misollar keltirishi kerak. Bunday o‘yin davomida 
o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakalari rivojlanadi, ular atrof-muhitni sinchkovlik bilan 
kuzatishni o‘rganadi, atrofdagi bo‘layotgan voqea – hodisalarga qiziqishi ortadi. 
“Tushunchalar tahlili ” metodi 
Bu metodning maqsadi o‘quvchilarning darsda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha 
tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olganlik darajalarini aniqlashdan iborat bo‘lib, u o‘quvchilarga o‘z 
bilimlarini erkin bayon eta olish, yakka va guruhda ishlay olish, sinfdoshlari fikrlariga hurmat bilan 
qarash, o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatadi. 
“ Rotatsiya “ ( aylanma ) metodi 
Bu metod mashg‘ulot mazmunini har bir kichik guruh alohida-alohida muhokama qilib chiqishi va 
yozganlarini butun guruhga tahlil qilib ko‘rishi uchun qo‘llaniladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning har 
tomonlama rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-psixologik do‘stona muhitni yaratishning pedagogik shart-
sharoitlari vujudga kelgandan so‘ng mazkur muhitni yanada mustahkamlash maqsadida fan asoslarini 
o‘qitish pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
O‘quv jarayonida o‘quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda 
zamonaviy uslublarning qo‘llanilishi, o‘quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga 
ijodiy yondashish, mas’uliyatni his qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy 
adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o‘qishga, fanga va o‘zi tanlagan kasbiga bo‘lgan 
qiziqishlarini, shuningdek, pedagogga nisbatan hurmatini kuchaytiradi 

Yüklə 129,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin