Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Ma’naviyat – yoshlarga qanot



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə65/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Ma’naviyat – yoshlarga qanot. Bugungi kunda yoshlar ma’naviyati, ma’naviy tarbiya haqida so‘z borganda, bu boradagi qarashlarimizni shakllantirish, navqiron avlodni yangicha dunyoqarash asosida kamol toptirishda muhim o‘rin tutadigan milliy g‘oyamizni unutmasligimiz lozim. CHunki hozirgi taraqqiyot bosqichida nafaqat yoshlar, balki jamiyatimizning barcha a’zolari orasida milliy g‘oya, milliy ruh, shu asosda vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari tobora kuchayib bormoqdaki, o‘z navbatida bularning barchasi ma’naviyatni yuksaltiradiga,mafkuraviy immunitetni shakllantiradigan asoslar hisoblanadi. Eng muhimi, bunday muqaddas tushunchalar odamlar tafakkuriga respublikamizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar bilan birgalikda singib bormoqda. Ayniqsa, ma’naviy-mafkuraviy ishlarning yagona tizim asosida, aniq maqsadga qaratilgan holda olib borilayotganini ta’kidlash lozim.
Bu yo‘nalishdagi ishlarni aniq maqsad asosida yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2001 yil 18 yanvarda imzolangan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida”gi farmoyishi dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. CHunki aynan ana shu farmoyishga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Odobnoma” (1-4-sinflar), “Vatan tuyg‘usi” (5-6-sinflar), “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” (7-, 8-, 9-sinflar) darslik va o‘quv qo‘llanmalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” darsligi, oliy o‘quv yurtlari uchun milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha ma’ruza matnlari, turli o‘quv dasturlari, metodik tavsiyalar, plakat va ko‘rgazmali qurollar, elektron darslik va qo‘llanmalar ishlab chiqildi va ta’lim tizimiga joriy etildi.
SHuningdek, milliy g‘oyani keng targ‘ib etish, uning asosiy tushuncha va tamoyillarini keng xalq ommasi ongiga singdirish maqsadida ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlar, lug‘at va risolalar, ma’ruza matnlari, voizlar uchun maxsus qo‘llanmalar va ko‘rgazmali vositalar tayyorlandi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-ma’rifiy hayotimizdagi o‘zgarish va yangiliklar, bu borada ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan masalalar muntazam ravishda yoritib borilmoqda.
Ayni paytda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini o‘qitishda ta’limning interaktiv usullari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni hamda kompyuter va multimedia vositalarini, elektron versiyalarini joriy etish, uni ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, qo‘shimcha adabiyotlar bilan to‘ldirish bo‘yicha ham ko‘p ishlar qilinmoqda. SHuningdek, yurtimizda aholining ta’limdan tashqaridagi qatlamlari orasida ma’naviy-mafkuraviy ishlarni olib borish tizimi ham shakllandi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti o‘zining ko‘pgina chiqishlarida hozirgi dunyo miqyosida aql-zakovat va fikr musobaqasi ketayotgan shiddatli bir davrda faqat mustaqil fikriga ega bo‘lgan, o‘zining kimligi, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini chuqur anglab etgan, yon-atrofidagi voqealarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan har tomonlama bilimli va barkamol yoshlargina o‘z xalqi va Vatani shuhratini dunyoga yoyishga qodir bo‘lishi haqida gapiradi. CHindan ham, bugungi davrda mafkuraviy immunitetning asosiy mezoni bo‘lgan yuksak tafakkur va ma’naviyat har qanday yutuq va g‘alabaning asosiy sharti va garoviga aylanib bormoqda. Negaki, ma’naviyatsiz odam fikran boshqalarga qaram, mute bo‘ladi. U faqat topshiriqni bajarishdan boshqa narsaga yaramaydi. Hozirgi yuqori zamonaviy texnologiyalar zamonida esa berilgan topshiriqlarni texnika vositalari ham qoyilmaqom qilib bajarishi mumkin.
SHuning uchun ham ma’naviyat yoshlarning parvozini ta’minlaydigan, ularning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadigan qanot ekanini unutmagan holda, yoshlar o‘rtasida faol ma’naviy-ma’rifiy ish olib borish, ularning Vatanga muhabbat, istiqlol ishiga sadoqat ruhida tarbiya toptirish dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Ayni paytda insonning ikkinchi bir qanoti, bu – moddiy taraqqiyot ekanini ham unutmasligimiz lozim. Bu haqiqatni YUrtboshimiz o‘z asarlarida atroflicha isbotlab bergani barchamizga yaxshi ma’lum. YA’ni, moddiy hayotsiz ma’naviyat, ma’naviyatsiz moddiy hayot bo‘lmaydi. Xalq, jamiyat va inson uchun ularning har ikkalasi ham suv bilan havodek zarur.
Ma’naviyat avvalo o‘z xalqi va Vataniga muhabbat – vatanparvarlik tuyg‘usidan boshlanadi. Bunday tuyg‘udan mahrum odam hech qachon ma’naviyatli bo‘lolmaydi. Muqaddas hadislarda “Vatanni sevmoq – iymondandir” deb bejiz aytilmagan. Ma’lumki, iymon-e’tiqod inson ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlardan biri. CHunki biron narsaga ishonmasa, mehr qo‘ymasa, insonning qalbi va ongida yuksak tuyg‘u va tushunchalar tizimi vujudga kelib, kamolga etmaydi. Modomiki, iymon-e’tiqod odamzot ma’naviyatining o‘zagi va o‘z navbatida iymonli-e’tiqodli bo‘lishning sharti Vatanni sevish bilan bog‘liq ekan, hech shubhasiz, vatanparvarlik eng yuksak fazilatlardan biridir.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanib, sayqallanib kelgan milliy g‘oyamizning tub negizlari bo‘lgan hayotiy misollarga e’tibor beraylik. YUrtimiz zaminida yashab o‘tgan jasur ayol – To‘maris qudratli dushmanning hiyla-nayranglari oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan, adolat uchun jangga kiradi. SHu tariqa lashkarining soni jihatdan o‘zidan ancha ustun bo‘lgan yovning ustidan g‘alaba qozonadi.
YOki qo‘lida na qurol, yonida na lashkari bo‘lgan oddiy cho‘pon SHiroqning jasoratini olaylik. U o‘zining yov qo‘lida o‘lishini oldindan bilgan bo‘lsa-da, muqaddas Vatani tuprog‘i dushman oyoqlari ostida toptalmasligi uchun ongli ravishda jasoratga qo‘l uradi – yov qo‘shinini kimsasiz dashti biyobonga olib borib, uni o‘limga mahkum etadi, o‘zi ham halok bo‘ladi. Lekin ona yurtini bosqinchilardan saqlab qoladi. Kelgusi avlodlar uchun ma’naviy ibrat bo‘ladigan tengsiz jasorat namunasini meros qilib qoldiradi.
YAna bir buyuk vatandoshimiz – Jaloliddin Manguberdi dunyoning teng yarmini o‘ziga bo‘ysundirgan, askarlari bilan er yuzini mo‘ri malaxdek bosgan mo‘g‘ul qo‘shiniga qarshi 12 yil davomida muttasil kurash olib borgan. Holbuki, Jaloliddin Manguberdining imkoniyatlari CHingizxonnikiga nisbatan juda cheklangan bo‘lgan – uning ixtiyorida oz sonli lashkar va qurol-yarog‘ bo‘lgan. SHunga qaramay, u qudratli yovga qarshi mardona jang qilgan.
YOki buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temurning mo‘g‘ullar istilosi ostida yotgan Turonzaminni ozod qilib, bu erda ulkan saltanat barpo etganini esga olaylik. Albatta, ulug‘ ajdodimizga xalqni dushmanga qarshi oyoqqa turg‘izish, uning haq-huquqini ta’minlash oson bo‘lmagan. Buning uchun bochqinchilarga qarshi tinimsiz kurash olib borish, o‘z hayotini jiddiy xavf-xatarlarga qo‘yishga to‘g‘ri kelgan.
Xo‘sh ana shu ajdodlarimizga kuch-quvvat va jasorat bergan, ularni buyuk g‘alabalar sari ilhomlantirgan narsa nima edi? Bu avvalo Vatanga bo‘lgan muhabbat edi.
Vatan tuyg‘usi, Vatan hissi shu qadar muqaddas bo‘lgani uchun bizning milliy g‘oyamizning asosiy tushunchalaridan biri Vatan taraqqiyoti deb nomlanadi. Bu esa vatanparvarlik hech qachon eskirmasligi va kun tartibidan tushmasligi, hamma zamonlarda ham dolzarb bo‘lib qolaverishini ko‘rsatadi.
Milliy g‘oyamizning asosida turadigan yana bir muhim qadriyatlardan biri – bu ajdodlar ruhiga sadoqat, vorisiylik tuyg‘usidir. Negaki, o‘z ajdodlarining kimligini yaxshi bilmaydigan, ularning merosidan bexabar bo‘lgan odam ruhan g‘arib bo‘ladi. Uni xohlagan ko‘yga solish, yo‘lidan og‘dirish, yomon yo‘llarga boshlash oson bo‘ladi. O‘z ota-bobolarining shonli an’analarini yaxshi bilgan, ularning insoniy mohiyatini chuqur tushunib etgan insonlar esa, boshqalar etaklaydigan yo‘ldan emas, balki ana shu ajdodlarining izidan borish, ularning ishini davom ettirish haqida o‘ylaydi, o‘z hayotini ham shu asosga quradi.
Umuman olganda, milliy g‘oyamizda aks etigan YUrt tinchligi, Vatn ravnaqi, Xalq farovonlig kabi g‘oyalar albatta, yoshlarda mafkuraviy immunitet shakllanishiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin