Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: O‘zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda milliy g‘oyaning o‘rni



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə76/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

29-mavzu: O‘zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda milliy g‘oyaning o‘rni.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida
to‘laqonli a’zo bo‘lishi-istiqlolning sharofati.
Davlat mustaqilligining BMT tomonidan tan
olinishi. Yurtimizning xalqaro tashkilotlarga
a’zoligi.Mustaqillikning dastlabki yillaridan
boshlab olib borilgan tinchliksevar tashqi
siyosat, Prezident Islom Karimovning

mintaqada tinchlik va barqarorlikni
mustahkamlash borasidagi tashabbuslari hamda
taraqqiyotning "O‘zbek modeli"-jahon

hamjamiyati e’tiborida.
O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi
obro‘yining yuksalishida madaniyat, sport,
san'at sohasida erishilgan yutuqlarning ahamiyati.
Milliy g‘oya ruhidagi san'at asarlari jahon
nigohida.

1. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning to‘laqonli sub’ekti sifatida shakllandi.
2. O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlar jarayoni uzluksiz davom etmoqda.
3. Mustaqillik yurtimizning salohiyatini namoyish qilish hamda cheksiz imkoniyatlarini e’tirof etishga keng yo‘l ochdi.
Istiqlol mamlakatimiz uchun azaliy orzu bo‘lgan jahon hamjamiyati bilan teng darajada hamkorlik huquqini berdi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning to‘laqonli sub’ekti sifatida shakllandi va uning dunyo miqyosidagi faoliyati kengayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida tashqi siyosat – O‘zbekiston hukumati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlagan edi. “Mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimizning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, - deb uqtirdi YUrtboshimiz, - shu muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch-osoyishta hayotni saqlash kabi biri-biridan mas’uliyatli va keng ko‘lamli bir qator vazifalar borki, yurtimizning, jondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi kuni ana shu masalalarni qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etishimizga bog‘liqdir”[95].
Tashqi siyosatning ustuvor mazmun-mohiyati ma’naviy qadriyatlar va ma’rifiy sohadagi rivojlanish bilan bog‘liq. Davlatimiz tashqi siyosatining ma’naviy-ma’rifiy asoslari haqida o‘ylaganda, biz, avvalo, mamlakatimiz va jamiyatimiz rivoji bilan bevosita aloqador bo‘lgan, keng qamrovli maqsadlarni amalga oshirishda hal qiluvchi o‘rin egallaydigan reja va vazifalarni hisobga olishimiz darkor.
Mustaqil davlatning tashqi siyosati va uning ma’naviy omillari bir qator tarixiy jarayonlar, huquqiy va falsafiy tushunchalar bilan uzviy bog‘langan. Ulardan ayrimlarini tashqi siyosatimizning ma’naviy ildizlari bilan taqqoslashga harakat qilib ko‘ramiz.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligi mamlakatimiz tarixida keskin ijtimoy-siyosiy va xalqaro taraqqiyotdagi o‘zgarishlar davri ekanligi bilan ajralib turadi. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingach, siyosiy istiqlolni saqlab qolish va uning imkoniyatlarini tezroq va dadil ro‘yobga chiqarish maqsadida bir qator muhim siyosiy hujjatlar qabul qilindi. Buning bosh omili – mustaqillik, birinchi navbatda, xalq tomonidan siyosiy jihatdan anglanmog‘i va qalbdan his etilmog‘i kerak edi.
O‘zbekistonimizning mustaqilligi to‘g‘risidagi ilk huquqiy hujjat 1990 yil 20 iyundayoq qabul qilingan bo‘lib, mazkur hujjat “Mustaqillik Deklaratsiyasi” deb atalib, unda o‘zbek xalqining davlat qurilishi tarixi, ichki va tashqi siyosati, tajribasi, millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi e’tirof qilinib, davlat suverenitetining asosiy atributlari batafsil bayon etildi. Mustaqilligimiz e’lon qilingan kunda (1991 yil 31 avgust) bo‘lib o‘tgan XP chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Tashqi siyosatning ma’naviy masalalari haqida gap ketganda, Asosiy Qonunimiz –Konstitutsiya va davlatimiz ramzlarini ham eslatib o‘tish ahamiyatlidir. 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan Bosh Qomusimizning IV bobi “Tashqi siyosat” deb nomlangan bo‘lib, ushbu bob bitta moddani, ya’ni 17-moddani o‘z ichiga olgan. Aynan ushbu moddada tashqi siyosatimizning ma’naviy-ma’rifiy, insonparvar, tinchlik maqsadiga qaratilgan yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan: “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”[96].
O‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy jabhalarini boyitishda 1991 yil 18 noyabrda davlat bayrog‘i, 1992 yil 2 iyulda davlat gerbi va 1992 yil 10 dekabr kuni davlat madhiyasining qabul qilinishi ulkan siyosiy voqealar sirasiga kiradi. Ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni ilgariroq, 1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan edi. Mazkur qonunga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, islohotlar - ruhiga moslashtirildi.
Tashqi siyosatimizga va uning ma’naviy ildizlariga daxldor ana shunday huquqiy hujjatlar sirasiga yana “O‘zbekiston Respulikasi tashqi siyosiy faoliyatining aosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi (1996 yil 26 dekabr), “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi (2000 yil 26 may), “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi (1999 yil 20 avgust) qonunlari, “O‘zbekiston Respublikasining harbiy Doktrinasi” (1995 yil 30 avgust) kabi hujjatlarni ham kiritish mumkin.
SHunday qilib, mustaqil ichki va tashqi siyosatimizning mustahkam huquqiy asoslari yaratildi. O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlar jarayoni uzluksiz davom etmoqda. Bu jarayon tashqi siyosiy omillarda ham aks etib, demokratik o‘zgarishlarning tarkibiy qismi va o‘zagi bo‘lib qolyapti. Ilmiy izlanishlar va ko‘pchilik e’tirof qilgan asarlar tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonda jamiyatni yanada demokratlashtirishning uch shartini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1) islohotlarning uzluksizligi va bosqichma-bosqichligi;
2) islohotlarni odamlarning saviyasi, tafakkuriga mos sur’atda amalga oshirilishi, demokratik o‘zgarishlar darajasining xalq ruhiyatiga, mentalitetiga mosligi;
3) islohotlar milliy jihatlarni o‘zida jo etishi kerakligi va bu yo‘lda tarixiy-milliy tajribaga suyanish[97].
Istiqlolga erishganimizdan beri o‘tgan tarixan qisqa davr ichida O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi. O‘zbekistonning dunyodagi obro‘-e’tibori yuksalib borayotgani, eng avvalo, mamlakatimizda demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlarini amalga oshirish natijasida qo‘lga kiritilayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlarda, ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishida mujassam bo‘lmoqda. Bu – O‘zbekistonimizning dunyo ahliga yaxshi ma’lum bo‘lgan, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga, mintaqamizni yadro qurolidan xoli bo‘lgan hududga aylantirish borasidagi tashabbuslarining amaliy samarasida o‘z ifodasini topib kelmoqda. SHuningdek, O‘zbekistonning xalqaro siyosat maydonida (BMT, SHHT, EXHT, NATO, MDH va boshqa tashkilotlar) olib borayotgan har tomonlama puxta ishlangan, chuqur o‘ylangan tashqi siyosatining natijasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston rahbari xalqaro anjumanlarda, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotidagi yirik tadbirlarda tashqi siyosatning bosh omilini, ta’bir joiz bo‘lsa ma’naviy yo‘nalishdagi asosiy maqsadni yorqin ifoda etib kelmoqda. SHu tariqa, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston tashqi siyosati va uning ma’naviy olami mamlakat milliy manfaatlariga mos keladigan o‘zaro foydali va faol diplomatiyaga, hamkorlik yo‘liga xizmat qilib kelmoqda. Demak, tinchlik va ma’naviyat g‘oyasi o‘zaro uyg‘un ekan, bu ezgu niyat jahon osoyishtaligiga ham katta hissa qo‘shaveradi.
Mamlakatimizda qabul qilingan tashqi siyosat tamoyillariga sodiq ravishda, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining Janubiy – SHarqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligini u yoki bu mamlakatning qanday g‘oyaga amal qilishidan qat’i nazar, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini tan olish asosida olib bormoqda. «Biz,- deb yozgan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, - tashqi siyosatimizni shakllantirishda Konstitutsiyaviy tamoyillarga amal qilgan holda, avvalo, o‘z kuch – qudratimizga, ma’naviyatimizga, ko‘p avlodlar mehnati bilan yaratilgan xalqimiz salohiyatiga tayanamiz»[98]. O‘zbekiston Janubiy – SHarqiy Osiyo mamlakatlari bilan ijtimoiy hayotning barcha sohalari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni rivojlantirib va mustahkamlab borar ekan, mamlakatning yangilanishi va taraqqiyotini ta’minlagan, o‘z milliy manfaatlarini himoya qilgan holda, siyosiy faoliyatini o‘zaro foydali davlatlararo munosabatlarni shakllantirishga qaratmoqda.
O‘zbekiston Janubiy – SHarqiy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlari iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, xavfsizlik, xalqaro terrorizmga, diniy ekstremizmga, giyohvandlikka qarshi kurash va hakozo masalalar yuzasidan hamkorlik qilish, o‘zaro do‘stlik to‘g‘risidagi SHartnomalar huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Gegrafik jihatdan Janubiy – SHarqiy Osiyo mamlakatlari Evroosiyoning janubiy-sharqiy qismida, Orollar guruhiga taaluqli Janubiy-Osiyo hududida o‘z o‘rnini topgan. Jumladan, Hindi Xitoy va Malakka yarim oroli, Katta va kichik Zond, Molukka va Filippin orollari, hamda Hind va Tinch okeani akvatoriyasida joylashgan.Umumiy er maydoni 4,5 mln.km.kv.tashkil qilib,aholisi 510 mln.kishidan iboratdir. Janubiy – SHarqiy Osiyo mamlakatlarida ko‘plab foydali er osti qazilmalar zaxiralari mavjud bo‘lib, ulardan dunyodagi qo‘rg‘oshinning - 60 foiz zahirasi, volfram - 40 foiz, xrom - 20 foiz, tabiiy kauchuk - 80 foiz ni tashkil etadi. Bundan tashqari, neft, tabiiy gaz, mis, temir, nikel, oltin va kumush konlari bor. Ushbu hududda joylashgan 10 ta davlat «Janubiy – SHarqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi» (ASEAN) tashkilotiga a’zo bo‘lib, bu tashkilot 1967 yil avgust oyida Bangkok (Tayland)da tuzildi. ASEANning asosiy vazifasi, unga a’zo davlatlarni iqtisodiy jihatdan quvvatlab, jadallashtirish, ijtimoiy, madaniy jihatdan rivojlantirishga qaratilgandir. ASEAN nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik va ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlikni amalga oshiruvchi tashkilotdir. Ushbu hamkorlik taraqqiyotning yangicha «Osiyo yo‘li»dan borib, global muammollarni hal qilishda, jumladan, terrorizmga qarshi kurashda ham qo‘l kelmoqda. «Bugungi kunga kelib,biz va jamiyat uchun xavf-xatar mavjud, u ham bo‘lsa, xalqaro terrorizmdir. Terrorizm-butun dunyo uchun xavf-xatar, har bir davlat uchun fojia keltirishi mumkin...»[99]. Keyingi o‘n yillikda xalqaro maydonda harbiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyat o‘zgardi. ASEANning Osiyo-Tinch okean havzasida, hatto siyosiy maydonda ham, mavqei oshib bormoqda. Endilikda O‘zbekiston jahon siyosiy maydonidan borgan sari munosib o‘rin egallamoqda. O‘zbekistonning Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligi bugungi kunda shu tomonlari bilan ahamiyatliki, u bevosita xalqaro barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bilan birgalikda, ushbu mamlakatlar bilan iqtisodiyot, madaniyat, fan va texnika sohasidagi yutuqlarini ayirboshlash borasida katta yordam beruvchi muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
1991 yil 31 avgust. O‘zbekiston mustaqilligi rasman e’lon qilingan ushbu kun mamlakatimiz uchun yangi tarixiy palla – suveren rivojlanish davrini boshlab berdi. Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizning salohiyatini namoyish qilish hamda cheksiz imkoniyatlarini e’tirof etishga keng yo‘l ochdi. O‘zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga a’zo bo‘ldi va ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Respublikamizning xalqaro va mintaqaviy muammolarni muho­kama qilish hamda echishda faol ishtirok etishi uchun katta imkoniyatlar ochildi. Albatta, 20-25 yil – tarix uchun juda qisqa muddat. Biroq bugungi keskin o‘zgarishlar zamonida, ya’ni jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini tubdan yangilash zarurati butun bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lib turgan bir payt­da, bu yillar mamlakatimiz bosib o‘tgan yo‘lga nazar­ tashlash hamda rivojlanishning uzoq istiqbollariga mo‘ljallangan muhim hayotiy vazifalarni belgilab olish uchun etarli muddatdir.
Insoniyat yuksak maqsadlar sari intilayotgan, taraqqiyot yo‘lidan jadal ildamlayotgan bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida global muammolarni hal etishdek jiddiy vazifa turibdi. Er yuzida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash borasida samarali faoliyat olib borayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining bu jarayondagi asosiy vazifasi taraqqiyparvar kuchlarni birlashtirish orqali mazkur muammolarga echim topishdan iborat. Dunyo davlatlarini o‘zaro muloqot, hamkorlik va hamjihatlikka chorlash, ularning kuch va imkoniyatlarini yaratuvchanlik yo‘lida birlashtirish, ya’ni eng dolzarb masalalarni bahamjihat hal qilish ushbu tashkilot tomonidan qabul qilingan Ming­yillik rivojlanish maqsadlarida ham o‘z ifodasini topgan. Er yuzida tinchlikni saqlash, terrorizmga qarshi kurashish, inson huquqlarini himoya qilish, atrof-muhitni himoyalash kabi umumbashariy muammolarni hal etishda ushbu xalqaro tashkilotning o‘rni katta. BMT XXI asrda asosiy e’tiborini uchta ustuvor yo‘nalish – qashshoqlikka barham berish, dunyoda kechayotgan nizolarni to‘xtatish, demokratiyani yanada jadallashtirishga qaratgan. Umuman, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqlarning teng huquqliligini hamda o‘z taqdirini o‘zi belgilashi prinsipini ro‘yobga chiqarish, barcha millatlar o‘rtasida do‘stona mu­nosabatni rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etish mazkur tashkilotning bosh maqsadidir. Hozirgi kunga kelib BMT dunyodagi eng yirik xalqaro tashkilotga aylandi. U jahonning 190 dan ortiq davlatini birlashtirib, salkam etmish yillik tarixi davomida qator xalqaro muammolarni hal etishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Tinchlikni o‘rnatish, harbiy mojarolarning oldini olish, rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtiso­diy yordam ko‘rsatish, tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan davlatlarga ko‘maklashish, jahon madaniyatini rivojlantirish kabi xayrli ishlar shular jumlasidandir. Xalqaro huquq ijodkori­ sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti jahon xalqlari takdiriga oid ko‘p­lab hujjatlarni ishlab chiq­qan. Bu tashkilot dunyo ahamiyatiga molik ko‘pgina tadbirlarning ham tashabbuskori hisoblanadi. Jumladan, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili – qurolsizlanish masalasiga BMT o‘z faoliyatining dastlabki kunlaridanoq katta ahamiyat berib kelmoqda.
1960 yil 14 dekabrda mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berilishi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi Osiyo, Afrika va Amerikadagi bir qator davlatlarda ozodlik jarayonlarini tezlashtirib yubordi. BMT tashkil topgan paytda er yuzi aholisining uchdan bir qismi mustamlaka istibdodida edi. Tashkilotning sa’y-harakatlari tufayli endilikda 100 ga yaqin davlat mustaqillikka erishdi.
XX asrning ikkinchi yar­mida insoniyat global miqyos­dagi muammolarga duch keldi. Bu erda gap tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni qamrab olgan jarayonlar va hodisalar haqida bormoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda barqarorlikka putur etkazadigan transmilliy xavf-xatarlarni bartaraf etish uchun xalqaro tash­kilotlar, eng avvalo, BMT rolini faollashtirishni yoqlab chiqdi. SHu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning BMT shafeligida terro­rizmga qarshi kurash bo‘yicha xal­qaro markaz tuzish, Af­­g‘onistonda tinchlik ja­rayon­larini faollashtirish, Mar­kaziy Osiyoda yadro qu­rolidan xoli hududni barpo etish va boshqa ko‘pdan-ko‘p tashab­bus va takliflari birgina maqsadni – tinch­lik va bar­qarorlik, millatlararo totuvlik, mintaqa davlatlari o‘rtasida an’anaviy do‘stlikni ta’minlashni ko‘z­lab ilgari surilgan. Afg‘onistonda o‘ttiz yildan beri davom etayotgan qarama-qarshilikni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston bildirgan takliflar ahamiyatini ta’riflash ortiqcha. Afg‘on muammosi nafaqat ushbu mamlakat balki butun dunyo hamjamiyatining muammosi bo‘lib qoldi. Birinchi Prezident o‘z chiqishlaridan birida qayd etganidek: «Afg‘oniston, ifodali qilib aytganda, nafaqat mintaqa miqyosida,­ balki­ butun xalqaro xavf­sizlik tizimidagi «bikford ipi»ga aylanib qol­di». Afg‘onistondagi vaziyatning murakkab va boshqaruvdan chetdaligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xal­qaro terrorizm va eks­tre­mizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ tar­qa­tish, o‘ziga eng ayanchli shakl­larni sing­dirib borayotgan islom radikallashuvi jarayonlari bilan bog‘liqdir.
Jahon hamjamiyati Afg‘onistondan keluvchi xatarlarni butun bo‘y-basti bilan ko‘rmagan, ularni to‘la tushunib etmagan kezlardayoq – 1993 yili BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Birinchi Prezident jahon hamjamiyati e’tiborini maz­kur muammoga qaratdi. BMT Bosh Assambleyasining 1995 yili bo‘lib o‘tgan 50-sessiya­sida O‘zbekiston Prezidenti qator takliflarni, jumladan, Afg‘onistonda bir-biri bilan kurashayotgan to­monlarga qurol-yarog‘ etkazib berishni qat’iy taqiqlash zarurligi taklifini ilgari surdi. Bundan tashqari, 1995 yil oktyabr oyida BMTning 50 yilligi tantanalari munosabati bilan Bosh Assambleya majlisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti BMT tuzilmalarini isloh qilish, jum­ladan, Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari qa­toriga dunyo siyosatida etakchi mavqega ega bo‘lgan Germaniya va YAponiyani kiritish, qabul qilinayotgan qa­rorlar ijrosini ta’minlash uchun Bosh kotib vakolatlarini kengaytirish, joy­­lardagi tanglikning ol­dini olish va bartaraf etish maqsadida BMTning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar bilan aloqalarini faollashtirish hamda uning mintaqaviy tuzilmalarini rivojlantirish kabi takliflarni bildirdi.
1997 yili O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Afg‘oniston bilan qo‘sh­ni bo‘lgan olti mamlakat, shuningdek, AQSH va Rossiya davlatlari ishtirokida muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Natijada, biroz muddat­ o‘tgach, «6+2» guruhi tashkil­ etildi. O‘zbekistonning yor­qin xizmati o‘laroq, BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Afg‘oniston bo‘yicha qator maxsus rezolyusiyalar qabul qilindi.
BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tarkibida BMT Taraq­qiyot dasturi, Bolalar jam­g‘armasi, giyohvandlik va ji­noyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakolatxonasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashki­loti, Aholishunoslik jamg‘armasi singari ixtisos­lashgan muassasalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz BMT va uning ixtisoslashgan tashki­lotlari bilan turli yo‘na­lishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bunda davlatimiz rahbari Islom Karimovning barqarorlikni mustahkamlash va davlat­lararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosati muhim omil bo‘l­moqda. Ayniqsa, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNI­SEF) hamda Ta’lim, fan­ va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bilan aloqalar­ ko‘lami keng. YUNISEF bilan hamkorlikda bolalar salomatligini mustahkamlash, xususan, ular orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, emlash, ta’lim muassasalarida tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etishni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda. BMTning ta’lim, fan va­­ madaniyat masalalari bo‘­yi­cha tashkiloti – YUNESKO O‘zbekiston madaniy hayotida yuz berayotgan jarayonlarning faol a’zosi. Toshkent shahrida joriy yilning 16-17 fevral kunlari «YUksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni bar­qaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti» mavzusidagi xalqaro kon­ferensiyaning o‘tkazilishi, unda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, jum­ladan, BMT Bosh kotibi o‘rinbosarining ishtirok etishi yurtimizda ta’lim ti­zimini tubdan isloh qilish bo‘yicha erishilgan natijalarning jahon hamjamiyati tomonidan yana bir bor tan olinishi bo‘ldi. BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil sentyabr oyida o‘tgan Mingyillik sammitida davlatimiz rahbari xalqaro terrorchilik va narkotik moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashga, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, BMT faoliyati va uning tarkibiy tizimini isloh qilishga doir ko‘plab takliflarni ilgari surdi. Jahon hamjamiyati e’tiborini yana bir bor Orol muammosiga qaratdi. Oroldagi vaziyat nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki­ butun er kurrasining eko­logik muammosidir. SHuni inobatga olgan holda, davlatimiz rahbari Mingyillik sammitida ekologik xavfsizlik sohasidagi xal­qaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ushbu xayrli ishlarga xalqaro tashkilot va donor mamlakatlardan moliyaviy vositalarni jalb etish maqsadida BMTning Atrof-muhit muhofazasi bo‘­yicha xalqaro dasturi huzurida Orol va Orol­bo‘yi muammolari kengashini tuzishni taklif qildi.
2006 yilning sentyabrida­ esa Markaziy Osiyo davlatlari vakillari Qozog‘is­ton­ning Semipalatinsk shah­ri­­da «Markaziy Osiyoda yad­ro­ qurolidan xoli hudud bar­­po etish to‘g‘risida»gi shartnomani imzoladilar. O‘zbekiston rahbari g‘oyasining natijasi bo‘lgan bu shartnoma mintaqamizda tinch­likni mustahkamlash va om­maviy qirg‘in qurollari tar­qalishining oldini olish­dagi, pirovardida dunyoda yalpi yadroviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi g‘oyat muhim qadam bo‘ldi.
Mingyillik rivojlanish maqsadlari va ularni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingani barchaga ma’lum. 2010 yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatimizga tashrif buyurib, yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan ta­nishar ekan, ularga yuksak baho berdi. SHuningdek, Bosh kotib Orolbo‘yi mintaqasida bo‘lib, u erdagi ekologik holatni ham ko‘zdan kechirdi..
O‘zbekistonning davlat va jamiyatni modernizatsiyalash bo‘yicha e’tiborga molik tajribasi BMT tizimiga kiradigan xalqaro institutlarda ham alohida qiziqish uyg‘otayapti. Ular orasida Jenevadagi BMT bo‘limi, Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), BMT Evropa iqtisodiy komissiyasi (EEK), Savdo va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi (YUNKTAD), Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Xalqaro Mehnat tashkiloti (MOT), Butunjahon Savdo tashkiloti (VTO), BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP), OITS bilan kurashish bo‘yicha BMT dasturi, Parlamentlararo ittifoq hamda boshqa tashkilotlar mavjud.
2015 yil boshidan buyon O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimiz tajribasi, 2014 yilda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklari haqidagi axborot materiallari BMT Bosh Assambleyasi 69-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida tarqatildi.
2.O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘ining yuksalishida madaniyat, sport, san’at sohasida erishilgan yutuqlarning ahamiyati. Milliy g‘oya ruhidagi san’at asarlari – jahon nigohida.
Istiqlol yillarida madaniyat va san’at sohasiga jiddiy e’tibor qaratildi. O‘zbekiston san’ati dunyo hamjamiyatiga namoyish etilib xalqaro e’tiborga erishdi. Madaniyat va san’at sohasida ijtimoiy islohotlar amalga oshirilib yangi mazmun va shakldagi Madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablari, zamonaviy konservatoriya, san’at va madaniyat instituti va boshqa san’at oliy ta’lim muassasalari barpo etildi. Istiqlol yillarida bevosita madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha 20 mingdan ziyodroq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlandi. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan 2012 yil iyun oyidagi qarori asosida yangi tashkil etilgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bu sohani barqaror va izchil rivojlantirish, jahon standartlari asosidagi kadrlar tayyorlash ishlarini takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi.
Mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat va san’atni izchil rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish borasidagi ezgu intilishlar zamirida ham dunyoga yangicha, teran nigoh bilan nazar tashlaydigan, mustaqil fikriga ega bo‘lgan avlodni kamol toptirish maqsadi mujassam. Vatanimizning boy tarixini asl holicha, xolisona o‘rganish, buyuk ajdodlarimizning hayoti, ilmiy faoliyati, ma’naviy xazinasini chuqur tadqiq etish, madaniy merosimiz, o‘ziga xos an’ana va qadriyatlarimiz, san’atning turli yo‘nalishlariga oid maktablarni puxta o‘rganishga doir sa’y-harakatlar xalq ma’naviyatini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida madaniyat, ma’rifat va san’atni yuksaltirish borasida beqiyos ishlar amalga oshirildi. Xususan, milliy teatr san’atini rivojlantirish yo‘lidagi ezgu ishlar ko‘lami kengayib bormoqda. Darhaqiqat, teatr – madaniyat, ma’naviyat va tarbiya maskanidir. Mazkur soha faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yanada mus­tahkamlash, iste’dodli, professional kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida yurtimizdagi teatrlar repertuari boyib, badiiy etuk sahna asarlari yaratilmoqda. O‘zbek Milliy akademik drama teatri, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri, Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri, O‘zbekiston YOshlar teatri, Respublika yosh tomoshabinlar teatri, Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri, Mannon Uyg‘ur nomidagi Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlarining spektakllari Hindiston, Misr, YAponiya, Germaniya, Malayziya kabi davlatlarda bo‘lib o‘tgan xal­qaro teatr festivallarida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgani ham buning yorqin dalilidir. Ispaniyaning Kosta-Bravo shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musiqa tanlovida o‘zbekistonlik Jo‘raeva Farangiz 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Skripka mutaxassisiligi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda O‘zbekistondan tashqari Fransiya, Ispaniya, SHvetsiya, Finlyandiya, YAponiya, Rossiya, Ozarbayjon va boshqa bir qator davlatlardan tashrif buyurgan yosh ijrochilar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Farg‘ona shahrining 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Farangiz Jo‘raevaning xalqaro tanlovdagi ishtiroki hakamlar hayati tomonidan yuqori baholandi va faxrli 1-o‘ringa munosib deb topildi. Uning skripkadagi nozik ijrosi dunyoning etakchi san’atkor-ijrochilari olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Mamlakatimizda navqiron avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami yil sayin kengayib bormoqda. Darhaqiqat, sport tanu jonimizni chiniqtiradigan, ham ruhan, ham jismonan kamol toptiradigan, uzoq umr ko‘rishimizga sabab bo‘ladigan ijtimoiy vosita. Xalqimiz uchun ana shunday maqsadlarni ko‘zlagan YUrtboshimizning fuqarolarimiz, xususan mamlakatimiz yoshlari uchun yangi-yangi sport inshootlari qurilishiga, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga, har bir bolaga etarli shart-sharoitlar yaratishga bosh-qosh bo‘layotganligi natijasida istiqlol yillarida bu borada asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Cohaga ajratilayotgan mablag‘lar yurtimizning nafaqat katta-katta shaharlari, balki uzoq qishloqlarida ham qad ko‘tarayotgan maxsus sport maktablari va komplekslari, o‘yingohlari uchun sarflanganligini ko‘rib ko‘zimiz quvonsa, farzandlarimiz erishayotgan yutuqlar, xalqaro sport musobaqalari va olimpiadalarida o‘g‘il-qizlarimiz egallayotgan nufuzli o‘rinlar, qo‘lga kiritilayotgan medallar ko‘ksimizni g‘urur va iftixor hissi bilan to‘ldirmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustaqil fikr­laydigan, o‘z ona yurtiga mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan, hech kimdan kam bo‘lmaydigan, hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan yangi avlodni tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar o‘z samarasini bermoqda.
Bugun yoshlarimizning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanib, salomatligini mustahkamlashi, o‘z iqtidor hamda salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar pirovardida o‘g‘il-qizlarimizning erishayotgan natijalari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda.
O‘zbekiston yoshlari katta malaka va tajribaga ega ustozlaridan olgan bilimlari bilan bugun dunyodagi tengdoshlari safidan munosib o‘rin egallashib kelmoqda. Iste’dodli yoshlarimiz Fransiya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ruminiya, Rossiya, Ozarboyjon kabi davlatlarda o‘tkazilgan turli xil nufuzli xalqaro musiqa tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. SHuningdek, davlatimiz mustaqillikka erishgandan buyon sport bilan shug‘ullanayotgan farzandlarimiz tomonidan jami qo‘lga kiritilgan medallarimiz soni ortib bormoqda. Darqaqiqat, mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom etib tarbiyalashda sportni yanada rivojlantirish, uni keng targ‘ib etish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, O‘zbekiston bu yo‘lda o‘z tajribasi va amaliyotiga ega. Farzandlarimizni sportga oshno etishda, sport musobaqalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Minglab o‘qil-qizlarimizni qamrab olgan bu noyob tizim, ularning jismonan va ruhan tetik bo‘lib o‘sishlari uchun xizmat qilayotgani bilan ham beqiyosdir.
Binobarin, Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida mustaqil tashkilotlar guruhi va xalqaro ekspertlar ishtirokida 2015 yilda 158 ta davlatda “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” degan mavzuda tadqiqot o‘tkazildi. Har qaysi mamlakatning o‘z fuqarolarini baxtli hayot bilan ta’minlash qobiliyatini ifoda etadigan ushbu indeks bo‘yicha O‘zbekiston 44-o‘rinni egalladi. Aytish joizki, yurtimiz 2013 yilda bu reytingda 60-o‘rinda edi.
Bunday misollarni o‘nlab, yuzlab keltirish mumkin. Hammasining zamirida davlat rahbarining yoshlarga qartayotgan e’tiboridir. Darhaqiqat, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YUNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo‘naltirilishi zarur bo‘lgan investitsiyalar miqdori bo‘yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko‘pdir. 
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2 ming 200 talabaga mo‘ljallangan yangi zamonaviy o‘quv korpusi, sport majmuasi, shuningdek, o‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar uchun mehmonxona barpo etildi. Navoiy davlat konchilik institutida yangi o‘quv binosi qurilishi nihoyasiga etkazildi. 
Oliy ta’lim sohasida oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilarini muntazam qayta tayyorlash bo‘yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy qilindi. Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Istiqlol sharofati bilan O‘zbe­kis­ton jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egalladi, xal­qaro huquqning teng huquqli a’zosiga aylandi. Milliy taraqqiyotning “o‘zbek modeli” amalda izchil va samarali tatbiq etilayotgani tufayli boshqa sohalar qatori ilm-fan, ta’lim, madaniyat va ma’rifat tizimida ham xalqimizni sevintiradigan, dunyodagi do‘stu hamkorlarimizning havasini keltiradigan ulkan natijalar qo‘lga kiritilmoqda.
Foydalaniladigan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin