Gloss (hoshiya) – qo‘lyozmaning hoshiyalariga, qator orasiga kotib yoki o‘quvchi tomonidan biror o‘rinni tushuntirish uchun yozilgan matn. Gloss qo‘lyozmadagi asosiy matn bilan qo‘shilib ketmaydi. Masalan, fors-tojik adabiyotining yirik vakili Jaloliddin Rumiyning mashhur “Masnaviyi ma’naviy”sining doston sharhi bilan birga ko‘chirilgan nusxalari bor. Ularda dostondan bir necha bayt yoki hikoyatlar parchasi sahifaning o‘rtasiga bitilgan, uning atrofida aylantirib shu parchaning sharhi yozilgan. Mana shu qo‘lyozmadagi sharhlar gloss bo‘ladi.

Yana bir misol: Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoniga 1845-1848 yillarda “Xamsa bo halli lug‘at” deb nomlanuvchi lug‘at tuzilgan. Bu lug‘at “Xamsa” dostonlari yozilgan qo‘lyozmaning hoshiyasiga bitilgan (bu qo‘lyozma O‘zR FA Sharqshunoslik instituti fondida 7863 raqami ostida saqlanadi). Bu lug‘at ham shu qo‘lyozma uchun gloss bo‘ladi. “Gloss” atamasi Sharqdagi “hoshiya”ga to‘g‘ri keladi.

Interpolyatsiya. Agar glosslar asosiy matnga qo‘shilib, uni matndan ajratish qiyin bo‘lib qolsa, interpolyatsiya hisoblanadi.Sharqda glosslar asosan asar hoshiyasiga yozilgan. Ko‘pgina ilmiy kitoblarda bunday sharhlar quyidagi tartibda yozilgan: Sharhlanayotgan so‘zning ustiga ma’lum bir raqam qo‘yilgan. Keyin xuddi shu raqam asar hoshiyasiga ham qo‘yilib, shu raqamdan keyin sharh yozilgan. Bunday tartiblash mantdagi sharhlanayotgan so‘z va uning sharhini topishni osonlashtiradi. Masalan “Muxtasari viqoya”ning qo‘lyozmalarida, “Sharhi Mullo” kitobining qo‘lyozmalarida xuddi shunday ko‘plab sharhlarni uchratish mumkin. Bu usul ko‘p asrlar davomida xattotlar va mualliflar tarafidan istifoda etib kelingan. XIX asrning ikkinchi yarmida kitob bosish O‘rta Osiyoga kirib kelgandan keyin ham bu tajriba ma’lum vaqt qo‘llanib turdi.
Masalan, Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonining Ozarbayjondagi qo‘lyozma nusxasida asarning o‘zimizda nashr etilgan nusxasida uchramaydigan ikki bayt bor: Hamul toshni qilib devona manzil, Dema devonakim farzona manzil. Yeturmak qasd etib, ul zori noshod, Hajrdin dushmani jonig‘a bedod. Ayni o‘sha ikki bayt shu qo‘lyozma uchun interpolyatsiya hisoblanadi. Agar keyinchalik bu ikki bayt boshqa qo‘lyozmalardan ham topilsa yoki Navoiy qalamiga mansubligi aniqlansa, unda interpolyatsiya hisoblanmay, doston matni tarkibiga aylanishi mumkin.