6
1.
I. Fanning mazmuni
Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash, istemolchilarning
talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir.
Aniq strategiyani tanlash – rivojlanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari
ichidan
eng
maqbo’lini tanlab olish demakdir. O’zbekistonda iqtisodiyotni
liberallashtirish va moderinazatsiyalash sharoitida strategiyani to’g’ri tanlash xar bir
korxona, firma, kompaniya uchun dolzarb masaladir. Tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni
modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko’lamini kengaytirish, xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish mamlakatimizda olib
borilayotgan islohotlarning ustivor yo’nalishlaridan biridir.
Albatta erishilgan yutuqlarni yanada takomillashtirish uchun, mutaxasislarga
ilg’or tajribalarni o’rganish, riojlanishning ustuvor yo’nalishlarini belgilashda
“Strategik menejment fani” muhim o’rin tutadi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish korxonalari faoliyat olib boradigan muhit
tubdan o’zgardi. Ayrim raxbarlarga iqtisodiy bilimning, raqobat kurashi sharoitida
ishlash tajribasining yetishmasligi korxonalarni yomon iqtisodiy ahvolga solib
ko’ymoqda. SHuning uchun bo’lajak menejerlarga «Strategik menejment» fanini
o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanni o’qitishdan maqsad-talabalarga bozor raqobati sharoitida korxonani
boshqarish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash usullarini o’rganish byicha
yo’nalish ixtisosligiga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi korxonalarni atrof-muhit o'zgarishlariga mos ravishda
boshqarishni; strategik menejment strategik boshqarishning strategiya ishlab
chiqish g’oyasi tug’ilishidan boshlab, uni amalga oshirishgacha bo’lgan barcha
muolajalarni; korxonani doimo o'zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashtirishning
zarurligini; korxonani ana shu o'zgaruvchan muhitga mos holda qanday
boshqarishni o'rgatishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: