Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

2-
 
MAVZU. STRATEGIYA YARATISHNING VAZIFALARI
 
Strategik ko’rishni shakllantirish. 
 
Kompaniya maqsadlarini o’rnatish. 
 
O’zoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar. 
 
Strategiyani ishlab chiqish. 
Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
 
Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar. 
 
Falaba qozonish strategiyasini belgilovchi mezon. 
2. 8. Strategiya yaratishda missiya, maqsadlar, strategiyalar birligi. 
 
G’olib strategiya mezonlari. Muvofiq kelish darajasi. Raqobat 
kurashida ustunlik. Ishlarning jadallashuvi. 
 
Strategik menejmentni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida 
ishlab chiqish. 


8
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p. 29 
33 
Tayanch iboralar: Kompaniya maqsadlari, o’zoq muddatli maqsadlar, qisqa 
muddatli maqsadlar, strategiyani shakllanishi, ta’sir etuvchi omillar, yondoshuv, 
-g’alaba qozonish strategiyasi, mezon, missiya, maqsadlar, strategiyalar, raqobat. 
 
Strategik ko’rishni shakllantirish 
 
Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan 
shugullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari 
strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima 
qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining 
vazifasini noto’gri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya 
bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning 
missiyasi korxonalarni bir-biridan farqlash imkonini yo’qotadi. Vaxolanki, xar bir 
kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak. 
Yaxshi o’ylab ko’rilgan strategik ko’rish va kompaniya missiyasini asoslash 
quyidagi 3 ta jixatdan iborat
8

1)kompaniya 
biznesning 
qaysi 
sohasida 
ishlayotganligini 
tushunish; 
2)kompaniyaning strategik ko’rishi va missiyasini aniq, lo’nda va ilxom bilan 
tushuntirib berish; 
3)kompaniya strategik ko’rishi va missiyasini o’zgartirish xaqida o’z vaqtida 
qaror qabo’l qilish; 
Faoliyat doirasini to’g’ri aniqlash uchun quyidagi omillarni xisobga olish lozim: 
1)axolining extiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak 
2)
xaridorlar guruxi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz 
3)
texnik va funktsional ijro, ya’ni xaridorlar extiyojini qanday qondiramiz 
SHunday qilib, birinchi masalani to’g’ri xal qilish uchun «nimaga bo’lgan 
extiyojni, qanday qilib va kimning extiyojini qondiramiz» - degan savollarga javob 
topish lozim. 
Faoliyat doirasini belgilash 2 xil bo’ladi: 
1)
umumiy 
2)
detallashtirilgan 
Umumiy belgilashga misol: ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati, 
sayoxatlar va turizm. Detallashtirilgan belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar, sport 
poyafzali, ofis uchun mebel, jo’natmalarni tunda yetkazib berish, Karib dengizida 
plyaj tashkil etish va xokazo. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin