FSMU TEXNOLOGIYaSI TRENING XAKIDA TUShUNChA.
. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal. etishda, bahs- munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv - seminari yakunida (tinglovchilarning o‘quv- . seminari xaqidagi fikrlarini bilish maqsadida), bir o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya -tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin. fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘kuvchi-talabakarni, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
MAQSAD.
Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni.bayon etishga yordam beradi.
O‘TKAZISh TEXNOLOGIYaSI.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1 - BOSQICh.
trener tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo‘lgan muammoni, yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi;
- trener o‘quv mashg‘ulotida avval xar bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa, kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo‘lib ishlanishi haqida tinglov-chilarga malumotg beradi;
- mashg‘ulot davomida har bir tinglovchi o‘z fikrini erkin holda
to‘lik bayon etishi mumkin ekanligi eslatib o‘tiladi;
2 - BOSQICh.
Har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozil-gan qog‘ozlar tarqatiladi,
F -fikringizni bayon eting.
S - fikringazni bayoniga sabab ko‘rsating.
M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltirish.
U - fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ochdagi FSMU- ning 4 bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan xolda to‘latadi.
3 - BOSQICh.
Har bir tinglovchi o‘z qog‘ozlarini to‘latib bo‘lgach, trener ular
ni kichik guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi, turli guruhlarga bo‘lish usullaridan foydalangan holda ting-lovchilarni kichik guruhlarga bo‘lnb yuboradi;
trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;
trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holia 4 bosqich , bo‘iicha yozishlarini taqlif etadi.
4-BOSQICh.
Kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashgirishga kirishadi;
Guruh a’zolari FSMU ning 4 bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib. uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar;
Fikrlarni umumlashtirish vaqtida xar bir tinglovchi o‘z fikr-larini himoya etishi, isbotlashi mumkin.
5-BOSQICh.
Kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida o‘qiydi /iloji boricha izoh bermagan holda/. Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhning aynan nima uchun,shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin.
6-BOSQICh.
Trener mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi; quyidagi savollar, bilan tinglovchilarga murojaat qiladi:
Ushbu trening yordamida nimalarni. bilib oldingiz va nimalarga o‘rgandingiz?
Ushbu texnologiyani o‘quv jarayonida qo‘llanilishi qanday samara berdi?
Ushbu texnologiyani qo‘llanilishi o‘quvchi-talabalarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?
Ushbu texnologiyaning o‘quv jarayonining qaysi bosqichida qo‘llanilgani ma’kul va nima uchun?
Ushbu texnalogiyani dars jarayonida qo‘llanilishi o‘quvchi-talabalarga nima beradi va nimaga o‘rgatadi?
Ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda o‘tkazish mumkin?
Ushbu treningda trenerning asosiy vazifasi nimadan iborat. IZOH: Yuqorida keltirilgan savollar har bir treningning mazmuni, maqsadidan kelib chiqib trener tomonidan tinglovchilarga yoki o‘quvchi-talabalarga berilishi mumkin.