Bo`g`in ko`chirish. Bo`g`in ko`cherish bo`g`in ajratishga asoslanadi. Bo`g`in bir unlidan iborat bo`lganda, bo`g`in ajratish va ko`chirish mos kelmaydi. Ya’ni bo`g`in bir unladan iborat bo`lganda quyidagicha ko`chiriladi. So`zning boshidagi bir bo`ginni tashkil etgan unli yuqori satrda qoldirilmaganligi kabi, so`z oxiridagi yakka unli keyingi satrga ko`chirilmaydi. Misollar: ona, mu-do-faa. Shuningdek, so`z o`rtasidagi bir bo`g`inni tashkil etgan yakka unli yoki unli bilan boshlanuvchi bo`g`in keyingi satrga olib o`tilmaydi: sao-dat, mao-rif, mual-lim, muat-tar, mu-shoi-ra.
Urg`u. So`z bo`g`inidan yoki gapda ishtirok etayotgan so`zdan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq aytilishiga, shuningdek, ayrim so`zning ma’no va talaffuzini belgilab beruvchi fonetik hodisaga urg`u deyiladi. Urg`u zarb bilan beriladi.
Urg`u, avvalo, xosligiga ko`ra 2 xil:
a) so`z urg`usi; b) ma’no urg`usi. So`z bo`g`inidan biriga tushib, uning ma’no va talaffuzini belgilab beradigan urg`u so`z urg`usidir: zakovat, olma – ot, olma – fe’l. Unli tovush urg`u oladi.
O`zbek adabiy tilida urg`u ko`pincha oxirgi bo`g`inga tushadi. O`zakka qo`shimcha qo`shilganda ham urg`u oxirgi bo`g`inga ko`chaveradi. Masalan: paxta, paxtakor, paxtakorlar. Biror tovushning urg`u olishi nutq a’zosining harakati va nafas kuchiga bog`liq. Masalan: xizmatchi. So`z urg`usi so`zning qayeriga tushishiga ko`ra 2 xil bo`ladi:
a) erkin urg`u; b) bog`liq urg`u.
Savollar: 1.Fonetika qanday soha?
2.U nimani o‘rganadi?
3. Fonema nima?
4.Nutq tovushlari qanday hosil bo‘ladi?
5. Bo’g’in deganda nimani tushunasiz?
6. O’zbek tilida tovushlarni tasnif qilib bering.
7. Urg’u haqida ma’lumot bering.
9-MA’RUZA Mavzu: Tilning lug’at sathi Reja 1.Tilning lug’at tarkibi.
2. Til taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar.
3. Leksikologiyaning turlari: umumiy va xususiy leksikolgiya. Diaxron va sinxron leksikologiya.