3-§. Lug’aviy sath taraqqiyoti va o’zgaruvchanligi. Jamiyat va xalq hayotidagi turli o‘zgarishlar natijasida til ham takomillashib, rivojlanib boradi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan, madaniyat va texnikaning tez sur'atlar bilan rivojlanishi, birinchi navbatda tilning lug‘at tarkibiga ta’sir qiladi. Tilning lug‘at tarkibida yangi so‘zlar, iboralar paydo bo‘ladi, ayrim so‘zlaming semantikasida o'zgarishlar yuz beradi, ayrim so‘zlar esa eskirib qoladi. Bu barcha tillaming umumiy qonuniyatlaridir. Buni o ‘zbek tili materiallari asosida izohlaymiz.
Tilda hosil bo‘lgan yangi so'zlar neologizmlar (grekcha neos — yangi, logos— so‘z) deyiladi. Lug‘at tarkibi neologizmlar hisobiga boyib boradi. Neologizmlar quyidagi xususiyatlari bilan lug‘at tarkibida ajralib turadi:
1) yangi tushuncha, narsa yoki hodisaning nomini ataydi;
2) avval mavjud bo'lgan narsa yoki hodisaning belgilarini farqlaydi;
3) tildagi vositalami tejaydi;
4) fikmi aniqroq ifodalash uchun xizmat qiladi.
Neologizmlar tilning ichki zahiralari va boshqa tillardanso‘z qabul qilish, ya’ni tashqi ta’sir natijasida hosil bo‘ladi. Neologizmlar tildagi xususiyatlariga ko‘ra awalo ikki turga bo‘linadi: leksik-semantik va leksik-grammatik. Leksik-semantik neologizmlar o‘z navbatida leksik (unga boshqa tildan o ‘zlashgan so‘zlar ham kiradi) va semantik (unga mavjud so'zlaming yangi ma'noda ishlatilishi kiradi) bo‘ladi. Masalan, o ‘zbek tili lug‘at tarkibida keyingi davrlarda paydo bo’lgan fazogir (kosmonavt), kosmodrom, kosmik kema kabilar leksik neologizmlar hisoblanadi.
O‘zbek tili lug‘at tarkibida ayrim so'zlar eskirdi. Bunday so‘zlar ikki turga ajratiladi: istorizm va arxaizm. Istorizmlar (grekcha historia — tarix) o ‘tmishda mavjud bo’lgan narsa-hodisalaming nomlaridir. Masalan, qozi, ellikboshi, mingboshi, yuzboshi, taxt, kanizak, omoch, sovut kabilar. Bunday so'zlar tarixiy asarlarda o ‘tmishni tasvirlash uchun sharoit taqozosi bilan ishlatiladi. Ba'zan frazeologik istorizmlar ham uchrab turadi (qozilik qilmoq kabi). Istorizmlardan arxaizmlami farqlamoq zarur.