Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə83/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Avtomatik tahlil metodi. Ushbu metod davr talabi bilan yaratilgan zamonaviy tahlil metodlaridan biri bo‘lib, uning o‘ziga xosligi elektron-hisoblash mashinalari (EHM), kompyuterlar yordamida tilni muayyan, bo‘laklar, lisoniy birliklar, formal qismlarga ajratish orqali bir tildagi lisoniy birliklar mazmuni boshqa tilga ko‘chiriladi, ya’ni kompyuter vositasida avtomatik tarjima qilinadi. Buning uchun avval matnni tarjima qilish imkoniyatini beradigan qoidalar tizimi yaratiladi, so‘ngra mazkur qoidalarni mashina tilida yozish, ya’ni mazkur qoidalarni amalga oshirish uchun dastur yaratiladi. Dastur va lug‘at maxsus shartli belgilar bilan yoziladi va mashinaga kiritiladi.
Glottoxronlogiya metodi - til doimo o'sishda, rivojlanishda bo’lgan dinamik hodisadir. Ana shunday o‘zgarishlar davrlar o‘tishi bilan yig‘ilib, miqdor o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga olib keladi. Lingvistik vositalar yordamida tilning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyot davrlarini belgilash lingvostatistik yoki glotoxronologik metod asosida amalga oshiriladi. Bu metod Amerikalik olim Moris Svodesh tomonidan qoilangan. U biologiya fanlaridagi radiouglerod yordamida yoshni belgilash metodini tishunoslikka olib kirdi.
Substitutsiya metodi almashtirish usuliga asoslanadi. Nutqdagi ma’lum bir o‘rinda turgan til birliklari boshqa muqobili bilan almashtirilib, hosil bo‘lgan uslubiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu metod yordamida sinonim, antonim, omonim so‘zlaming lug‘aviy ma’no tizimida tutgan o‘mi belgilanadi.
Oppozitsiya metodi - qarama-qarshi qo‘yish, zidlash metodi tildagi birliklaming paradigmatik tasnifi uchun qo‘llanadi. Tildagi barcha birliklar bir-biriga qarama-qarshi boiib, o‘zaro so‘z, morfema, so‘z birikmalari, turli grammatik konstruksiyalarni va gaplami farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o‘lchovli - a: b; ko‘p o‘lchovli - a: b: d: kabi).
Savollar:
1. Metod haqida fikr-mulohazalaringizni bildiring.
2. Umumiy metodlaming xususiyati haqida ayting.
3. Xususiy metodlaming o‘ziga xos jihatlarini yoriting.
4. Hozirgi zamon tilshunosligidagi metodlarni sanang.
5. Bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi haqida ma’lumot bering.
6. Transformatsion metodning funksiyasini tavsiflang.
7. Distributsiya metodini misoilar orqali tushuntiring.
8. Umumiy va xususiy qonuniyatlami aniqlashda lingvistik
metodlaming o‘mi haqida o‘z fikrlaringizni bayon eting.
9.Statistik metodning tiishunoslikdagi ahamiyatini yoriting.
10. Metodlarni “klaster” usulida tavsiflang.




  1. Yüklə 1,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin