2.Muloqot vazifalari, muloqotning verbal vositalari, muloqotning noverbal vositalari. Yuqorida aytib o`tilganidek, muomala shunchaki axborotni yetkazish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas. U muvaffaqiyatli tarzda yuz berishi uchun muqarrar ravishda teskari aloqaning mavjud bo`lishini - sub'ekt tomonidan o`zaro birgalikdagi harakat natijalari haqida axborot olib turilishini taqozo etadi.
Individ biron boshqa kishiga nima haqdadir xabar qilarkan, buyurar yoki iltimos, yo savol bilan murojaat qilar ekan, umuman u bilan o`zaro birgalikda harakat qilarkan, har doim: o`zining boshqa kishiga murojaat qilishining samaradorligi to`g`risida zarur axborot oladi—zarurat bilan muomala qilish refleksiyani taqozo etadi. U o`zini to`g`ri tushunishlariga va tegishli natijaga erishish maqsadida ana shu axborot asosida o`zining harakatlari va nutqiy kommunikatsiyasi vositalari sistemasini qayta qura borib, o`z fe'l-atvorinn to`xtovsiz to`g`rilab boradi. Sub'ektiv ravishda so`zlayotgan kishi teskari aloqaga e'tibor qilmasligi mumkin, lekin u o`zi anglamagan holda hamisha uni qo`llaydi.
Mabodo teskari aloqaning imkoniyatlarn allaqanday sabablarga ko`ra cheklangan bo`lsa ham, uning muomaladagi roli juda ham aniq-ravshan anglanadi. Maktab radiosi orqali gapirayotgan yuqori sinf o`quvchisi tinglovchilar bilan odatdagidek teskari aloqaga erisha olmay juda ham qiynaladi - uning nutqi ishonarli bo`lmaydi, o`qtin-o`qtin tutilib qoladi, tezlashadi yoki kechirilmaydigan darajada sekinlab qoladi, odatdagi ohang yo`qolgan bo`ladi va hokazo.
Agar hamsuhbatni ko`rish orqali idrok etish imkoniyati bo`lmasa, qo`l barmoqlari va yuz harakati orqali bo`ladigan imo-ishoralar kambag`allashib, harakatlar erkinligini yo`qotib qo`yadi. Hamsuhbatning fe'li-atvorini idrok etish chog`ida olinadigan signallar sub'ektning keyingi harakatlari va fikrlarini to`g`rilab borish uchun asos bo`ladi.
Umuman hamsuhbatni yoki tinglovchini idrok etish muomala vaqtida o`zaro hamjihatlikka erishishning muhim sharti bo`lib xizmat qiladi. Agar pedagog o`quvchilar uni qanday tushunishlari va qabul qilishlari haqida unga teskari aloqa tarzida yuboriladigan axborotni qabul qila bilmasa, o`zaro birgalikda harakat qilish amri mahol bo`lib, pedagogik aloqa uzilib qoladi.
Muomalaning monologik shakllaridan foydalanishda uning dialogik shakllariga nisbatan ko`proq qiyinchiliklar tug`ilishi ana shu bilan izohlanadi; o`qituvchining lektsiyada teskari aloqaga ega bo`lishi amaliy yoki laboratoriya mashg`ulotlaridagiga qaraganda juda qiyin. Tajribali pedagog dars holatlarida juda qisqa vaqt ichida bir necha o`nlab o`quvchilarnint yuzlaridagi ifodaning, mimikaning, so`zlash ohangining, qo`llarini va gavdasini qimirlatgan holdagi imo-ishoralarining «kalitini topadi» va ularning psixik holatlari, hadiksirashlari, orzu-umidlari, qayg`u-alamlari, o`y-niyatlari to`g`risida xulosa chiqargan holda ularning ichki dunyosi to`g`risidagi tushunchaga muvofiq tarzda o`z xulq-atvorini to`g`rilab boradi, tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish usullari va yo`llarini tanlaydi.
Shunday qilib, shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa xabar beruvchi funktsiyani va o`zini o`zi boshqarish funktsiyasini bajaradi.
Kishining jismiy qiyofasidagi ayrim belgilar (yuzlari, qo`llari, elkalari), o`zini to`tishlari, qo`llarini va gavdasini qimirlatib imo-ishora qilishlari, so`zlash ohangi axborot tashuvchilar sifatida xizmat qiladi.
Muomala jarayonida bularni e'tiborga olish darkor. Hamsuhbat yoki tinglovchining yuzlari teskari aloqa signallarining alohida axborot tashuvchisi hisoblanadi. Pedagog o`quvchining yuzlaridagi ifodaga qarab uni o`ta diqqat bilan tinglashayotganliklari yoki tamomila eshitmayotganliklari («yuzlarida ifodaning yo`qligi»), unga ishonch bildirayotganliklari yoki shubhalanib qarayotganliklari («yuzlaridagi shubhaomuz ifoda») va hokazolar to`g`risida xulosa chiqaradi.
Shunisi ham borki, boshqa odamlar bilan muomala sub'ektining idroki to`g`risidagi yetarli darajada to`liq tasavvur olish idrok etuvchidan keladigan signallarning butun kompleksini va eng avvalo ular xatti-harakatlarining tahlilini yuzaga chiqaradi.
Shunaqa hollar ham uchraydiki, pedagogning pand-nasihatlarini e'tibor bilan tinglayotgani «shundoqqina ko`rinib turgan» o`quvchi aynan shu paytning o`zida o`ynab yurgan o`rtoqlariga iloji boricha tezroq qo`shilishni sabrsizlik bilan kutayotgan bo`ladi.