Urganch davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə86/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   108
Umumiy psixologiya

Ilk bolalik davri. Bolalarda maktabgacha yosh davri va kichik maktab yoshida oliy asab markazlarining boshqaruvchanlik ta’siri sekin-asta mukammallashib boradi. Buning natijasida diqqat xarakteristikasida ahamiyatga molik o‘zgarishlar yuz beradi, uning barcha xususiyatlari jadal sur’atlarda rivojlanib boradi: ayniqsa diqqat ko‘lami keskin (2 barobar) ortadi, uning turg‘unligi oshadi, diqqatni ko‘chirish va taqsimlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Lekin faqatgina 9-10 yoshlarda bolalar hatti-harakatlarning berilgan dasturini mustaqil bajara oladilar. Diqqatning yaxshi xususiyatlari va uning tashkil qilinishi kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘qishdagi o‘zlashtirishida muvaffaqiyatlarining belgilovchi omili hisoblanadi. YAxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilar diqqat rivojlanishining yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladilar. Bunda maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli predmetlarni o‘zlashtirishda diqqatning turli xususiyatlari «hissasi» turlichadir. Masalan, matematika fanini o‘zlashtirishda etakchi o‘rinni diqqatning ko‘lami, til o‘rganishda diqqatning taqsimlanishi, o‘qishga o‘rgatishda diqqatning turg‘unligi egallar ekan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, diqqatning turli xususiyatlarini rivojlantirib, turli fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yuqoriga olib chiqish mumkin. Ammo bu masalaning murakkab tomoni shundaki, diqqatning turli xususiyatlari bir xilda rivojlanish imkoniyatiga ega emas. Ta’sirga ko‘proq diqqatning ko‘lami moyilroq bo‘lib, u individual xarakterga ega, shu bilan bir vaqtda diqqatning taqsimlanishi va turg‘unligi rivojlantirish qiyin bo‘lgan va betartib rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan tomonlardir. (O.YU.Ermolaev, 1987).
Diqqatni mashq qilishdagi muvaffaqiyatlar ma’lum ma’noda individual-tipologik xususiyatlar, xususan oliy nerv faoliyati xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. SHu narsa aniqlanganki, asab sistemasi xususiyatlarining turli birikmalari diqqat xarakteristikalari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi yoki aksincha unga rivojlanishda halaqit berishi mumkin. SHuningdek, kuchli va harakatchan asab tizimiga ega bo‘lgan shaxslar oson taqsimlanadigan va tez ko‘chadigan diqqatga ega ekanlar. Inert va sust asab tizimiga ega bo‘lganlar uchun esa nisbatan noturg‘un, qiyinchilik bilan taqsimlanadigan va ko‘chadigan diqqat xos ekan. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, diqqat xususiyatlarining nisbatan kuchsiz rivojlanishi fatal diqqatsizlik omili hisoblanmaydi, chunki har qanday faoliyatni amalga oshirishda diqqatning tashkil etilishi, ya’ni o‘z diqqatini boshqarish, uni ma’lum darajada ushlab turish, uning xususiyatlaridan odilona foydalana olish ko‘nikmalari muhim rol o‘ynaydi. Tarbiya va o‘qitish jarayonida tarbiyachi yoki o‘qituvchi o‘z ish jarayonida har bir mashg‘ulot yoki darsda bolalarning xulq-atvorini, ularning o‘qish va o‘qishdan tashqaridagi faoliyati xarakterini kuzatishi mumkin. Kuzatish metodidan tashqari tarbiyachi yoki o‘qituvchilar bolalar diqqatini turli diagnostika usullari yordamida ham tekshirishlari mumkin.
O‘qitish va tarbiya muassasalarida diqqat etishmovchiligi sindromi va giperaktivlik mavjud bo‘lgan bolalarni payqamaslik mumkin emas, chunki bunday bolalar tengdoshlari ichida keskin ajralib turadilar. YUqorida aytib o‘tganimizdek, bu sindromning ko‘zga tashlanadigan belgilaridan biri bolaning haddan tashqari harakatchanligi, shoshqaloqligi, biror-bir nima ustida diqqatini to‘play olmasligidir. Keyingi paytda mutaxassislar shunday fikrga keldilarki, giperaktivlik buzilishlarning butun kompleksi belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Asosiy nuqson esa diqqat mexanizmlari va tormozlovchi nazoratning etishmovchiligi bilan bog‘liq. (N.N.Zavadenko, T.YU.Uspenskaya, 1994). Axborot oqimi, insoniy munosabatlarning kengayishi, ommaviy madaniyatning turli shakllari rivojlanishi, hayot maromining ortishi zamonaviy kishi yashashi uchun zarur bo‘lgan bilimlar doirasining kengayishiga olib keladi.
Jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar bolalar taraqqiyotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning butun tizimidagi birinchi bosqich sifatida qaralmoqda. Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishining muhim shartlaridan biri ixtiyoriy, maqsadga yo‘naltirilgan diqqatning maktabgacha yosh davrida rivojlantirishdir. Maktabda o‘qishni boshlagan bolalar ko‘pincha parishonxotirlik va o‘z diqqatining rivojlanmaganligidan aziyat chekmoqda. Diqqatni rivojlanitirish va mustaxkamlash ham bolani o‘qish, yozish va sanashga o‘rgatish kabi juda muximdir, chunki diqqat bu ko‘nikmalarning aniq bajarilishidagi xarakatlar bevosita bog‘liq. Diqqatning yaxshi rivojlanganligida tafakkur jarayonlari tezroq amalga oshadi, harakatlar tartibli va aniq bajariladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning diqqati uning atrofdagi predmet va bajarayotgan hatti harakatlarga qaratilgan qiziqishlarini ifoda etadi. YAngi predmetning paydo bo‘lishi unda qiziqish uyg‘otadi, shuning uchun bolalarda uzoq vaqt biror faoliyat ustida ish olib borishi qiyinroq kechadi. Bola biror predmet yoki harakatda unga bo‘lgan qiziqishi so‘ngunicha diqqatini ushlab turishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatidagi asosiy o‘zgarishlar shundan iboratki, bolalar birinchi marotaba o‘z diqqatlarini boshqara boshlaydilar, diqqatlarini ongli ravishda ma’lum predmetlar, xodisalarga qaratadilar va buning uchun turli vositalarni ishga soladilar. Bu shuni anglatadiki, beixtiyor diqqatning rivojlanishi o‘z-o‘zidan ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga olib kelmaydi. Keyingisi kattalar bolalarni faoliyatning yangi turlariga jalb qilishlari va uning diqqatini ma’lum vositalar yordamida yo‘naltirishlari va tashkil etishlari tufayli shakllanadi. Bola diqqatini boshqara turib, kattalar unga shunday vositalarni berishadiki, ular yordamida keyinchalik bola o‘z diqqatini boshqara boshlaydi. Nutqning rejalashtiruvchi funksiyasini rivojlantirish bilan bola bola bo‘lajak faoliyatga o‘z diqqatini oldindan tashkil qilish, o‘z mo‘ljalini so‘z yordamida bayon etish qobiliyatini egallab boradi. So‘z yordamidagi yo‘riqnomaning ahamiyati bola diqqatini tashkil etishda juda katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha yosh davrida o‘z diqqatini tashkil etish uchun nutqdan foydalanish ortib boradi. Bu shu narsada namoyon bo‘ladiki, kattalar yo‘riqnomasini bajara turib maktabgacha yoshdagi bola yo‘riqnomani 10-12 marotaba qaytaradi. SHunday qilib, ixtiyoriy diqqat maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning bola xulq-atvorini boshqarishdagi rolining umumiy ortib borishi bilan shakllanib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat rivojlanishi yangi qiziqishlarning yuzaga kelishi, dunyoqarashning kengayishi, faoliyatning yangi turlarini egallashi bilan bog‘liq. 5-6 yoshli bolalar o‘z diqqatlarini borliqning uning diqqati doirasidan ilgari tashqarida bo‘lgan tomonlariga qaratadilar. Ontogenezda diqqatning rivojlanishini L.S.Vqgotskiy taxlil qilgan. Uning fikricha, “diqqatni rivojlantirish madaniyati shundaki, kattalar yordamida bola bir qator sun’iy stimullar – belgilarni o‘zlashtirib boradi, ular vositasida u keyinchalik o‘z xulq-atvori va diqqatini yo‘naltiradi”10.
Diqqatning yosh bo‘yicha rivojlanish jarayoni A.N.Leontev bo‘yicha yosh o‘tishi bilan tashqi stimullar ta’siri ostida diqqatning yaxshilanishidir. Bunday stimullar qatoriga atrofdagi predmetlar, kattalar nutqi, alohida so‘zlar kiradi. Bola hayotining birinchi kunidanoq diqqat muhim darajada uning diqqati so‘z-stimullar vositasida yo‘naltiriladigan bo‘ladi.
Bolalik davrida diqqatning rivojlanishi bochqichma-bosqich amalga oshadi:
1) bola hayotining birinchi xaftalari va oylari orientirlovchi refleksning ixtiyorsiz diqqatning ob’ektiv tug‘ma belgisi sifatida namoyon bo‘ladi, diqqatni bir joyga to‘plash darajasi nihoyatda past;
2) hayotining birinchi yili oxiriga kelib orientirlovchi-tadqiq qiluvchi faoliyat ixtiyoriy diqqatning kelajakda rivojlanish vositasi sifatida yuzaga keladi;
3) 2 yoshga o‘tish bilan ixtiyoriy diqqatning dastlabki kurtaklari yuzaga kela boshlaydi, kattalar ta’siri ostida bola o‘z diqqatini aytilgan predmetga qaratadi;
4) hayotining uchinchi va to‘rtinchi yillarida ixtiyoriy diqqatning birlamchi shakllari yuzaga kela boshlaydi. Diqqatning predmetlar o‘rtasida taqsimlanishi uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda amaliy jihatdan mumkin emas;
5) 4,5-5 yoshda kattalarning murakkab yo‘riqnomasi ostida diqqatni yo‘naltirish qobiliyati yuzaga keladi;
6) 5-6 yoshda o‘ziga o‘zi yo‘riqnoma berishi orqali ixtiyoriy diqqatning elementar shakli yuzaga keladi. Diqqat ko‘proq aktiv faoliyatda, o‘yinlarda, predmetlar bilan manipulyasiyada, turli xarakatlarni amalga oshirishda turg‘un bo‘ladi;
7) 7 yoshda diqqat rivolanadi va takomillashadi, shu jumladan irodaviy diqqat ham;
8) 6-7 yoshlarga kelib quyidagi o‘zgarishlarni uchratishimiz mumkin:
- diqqat ko‘plami kengayadi;
- diqqatning turg‘unligi ortadi;
- ixtiyoriy diqqat shakllanadi.
Diqqat ko‘lami ko‘p darajada ilgarigi tajriba va bola rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘z diqqati doirasida predmetlar va hodisalarning unchalik ko‘p bo‘lmagan sonini ushlab turishi mumkin. Diqqat turg‘unligining maktabgacha yoshdagi bolalarda muhim darajada rivojlanishi haqida N.L. Agenosova tadqiqotlari ma’lumot beradi. Bolalar diqqatiga mazmunan murakkab bo‘lmagansuratni havola etib, u bola tomonidan bu suratlarning qarab chiqilish vaqtiini kuzatadi. Bunda bola suratni ko‘rishi uchun birinchi bor murojaat qilgan keyin chalg‘igan vaqt intervali maxsus o‘lchanadi. Turli yoshdagi bolalar tomonidan suratni ko‘rishga ketadigan o‘rtacha vaqt 12,3 sekundni tashkil etishi aniqlangan.
N.N. Podd’kov tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning avtomatlashuvi tadqiq etilib, harakatni shakllantirishda diqqat samaradorliginng ortishi qayd etilgan. U bolaga pultda yonib turgan turli rangdagi lampochkalarni o‘chirishni taklif etadi va lampochkalar signallariga va xarakat ob’ekti – knopkalarga orientirlovchi reaksiyalar sonini qayd etadi. 3,5-4 yoshdagi bolalarga nisbatan 5-6,5 yoshdagi bolalar uzoq vaqt lampochkalarning fazodagi joylashuvini va ularning yonish ketma-ketligini o‘rnata olmadilar. 5-6 yoshdagilar ularni boshning bir-ikki qimirlashi bilan topdilar. 6-7 yoshda esa asta-sekin o‘z diqqatini boshqarish tajribasi paydo bo‘la boshlaydi, u yoki bu darajada o‘z diqqatini ongli ravishda ma’lum predmetlarga qaratish, yo‘naltirish, tashkil etish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi davrda bolalar faoliyatining murakkablashuvi bilan va ulardagi aqliy taraqqiyot bilan diqqatning to‘planganligi va turg‘unligi ortib boradi. Masalan 4 yoshdagi bolalar bir o‘yinni 25-30 minut o‘ynasalar, 6-5-6 yoshdagi bolalar 1-1,5 soat o‘ynashlari mumkin bo‘ladi. Bu shu narsa bilan tushuntiriladiki, yangi vaziyatlarning kiritilishi bilan unga bo‘lgan qiziqish asta sekin qo‘llab quvvatlanadi va murakkablashib boradi. Ixtiyoriy diqqat nutq rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Maktabgacha yoshdagi davrda nutqning bola xulq-atvoridagi regulyativ roli ortib borishi bilan ixtiyoriy diqqat shakllanib boradi. Bola nutqi qanchalik rivojlangan bo‘lsa, idrok rivojlanishi ham shunchalik yuqori darajada bo‘ladi va unda ixtiyoriy diqqat ham shunchalik erta shakllanadi.
Maktabgacha yoshda diqqat ko‘proq ixtiyorsiz xarakterga ega bo‘ladi. Bir qator psixologlar (D.B. Elkonin, L.S. Vыgotskiy, A.V.Zaporojets, N.F. Dobrыnin va boshqalar.) ixtiyorsiz diqqatning ustunligini maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh-psixologik xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntiradilar. Ixtiyorsiz diqqat butun maktabgacha yoshdagi davrda rivojlanadi. N.F. Dobrыnin, A.M. Bardian va N.V. Lavrova fikricha, ixtiyorsiz diqqatning keyinchalik rivojlanishi qiziqishlarning ortishi va oyishi bilan bog‘liq.
SHunday qilib, maktabgacha yosh davrida ko‘proq diqqatning ixtiyorsiz shakli rivojlangan bo‘ladi. Garchi maktabgacha yoshdag bolalar ixtiyoriy diqqatni ham o‘zlashtira boshlasalar-da ixtiyorsiz diqqat maktabgacha yosh davrida ustunlik qilaveradi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin