Reja:
I. Kirish. Matn va punktuatsiya haqida ma’lumot
II. Asosiy qism:
1. Tilshunoslikda matn muammosining o‘rganilishi
2. Matn
tuzilishi va shakllanishi
3. Tinish belgilarining qo‘llanishi
4. O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari
III. Xulosa
IV.
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida uning deyarli
barcha sohalari yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga
qaramasdan, bu sohalarning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo‘lmaydi.
XX asr jahon tilshunosligiga, xususan, o‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasi olib
kirildi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida
ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu tadqiqotlar davom
etmoqda.
Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning - tinish
belgilarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari
yozuvning boshqa vositalari
(harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan
ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni,
psixologik va
intonatsion holatlarni ifodalashda ham favqulodda muhim ahamiyatga ega. Shu
sababdan ham kurs ishida o‘zbek tilshunosligida punktuatsiya belgilari va ularning
tilshunoslikda tutgan o‘rni, ahamiyati, hali o‘rganilmagan tomonlarini tahlilga
tortishni maqsad qildik.