ISHNING PREDMETI.
Uzoq vaqt davomida ta‘qiqlab kelingan diniy-tasavvufiy mavzularning adabiyotga qayta yuz ko‘rsata borishi masalasi bugungi adabiyotimizda sifat jihatdan o‘zgarishlar qildi. Badiiy adabiyotdagi bunday sifat o‘zgarishlarining tug‘ilishiga sabab sho‘rolar siyosati davrida zararli deb topilgan asarlarning qayta nashr etilishi bo‘ldi. Qur‘oni Karimning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi, payg‘ambarimiz hadislarining chop etilishi, dini islomning at- Termiziy, Ismoil Buxoriy kabi buyuk nazariyotchilari, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor Kabi tasavvuf shoirlari asarlaruning chop etilishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Dostları ilə paylaş: |