Urganch Davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining 211-fizika guruh talabasi Saparboyev Quvonchbek Quvondiq o'g'lining Fizika o’qitish metodikasi fanidan “Saqlanish qonunlari” mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
Hozirgi vaqtda keskin raqobat sharoitida innavatsion texnologiyalar va ilm fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega.
Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizasityalash va ta’lim tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish, umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda didaktik materiallardan keng miqyosda foydalanish va ta’lim samaradorigini oshirishda o‘qitishning ilg‘or, yangi pedagogik texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etishga katta e’tibor berish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Saparboyev Quvonchbek Quvondiq o’g’lining ham kurs ishi ham ushbu dolzarb muammolarga bag‘ishlangan.Saparboyev Q.Q kurs ishi maqsadiga erishish uchun oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda tirishqoqligi, bilimga chanqoqligi, adabiyotlar va o‘z ustida ishlay olish qobiliyatini ko‘rsatdi.
Saparboyev Quvonchbekning kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Birinchi bob mavzuning tahlili va fizika ta’limida interfaol metodlarini o‘rganishning nazariy masalalariga bag‘ishlnagan bo‘lib, ushbu bobda fizikadan dars mashg‘ulotlarida pedagogik texnologiyalarning dolzarbligi va nazariy asoslari hamda o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari ko‘rib chiqilgan. Ikkinchi bobda Fizika fanining implusning saqlanish mavzusiga oid nazariy ma’lumotlar, fizik tushuncha va qonuniyatlar keltirilgan hamda mavzuga doir test savollari tuzib chiqilgan.
Saparboyev Quvonchbek Quvondiq o’g’lining “Saqlanish qonunlari” mavzusini o’qitish metodikasi” mavzusidagi kurs ishi ilmiy xatolarsiz, metodik jihatdan pedagogik texnologiyalarga tayangan holda yuqori saviyada bajarilgan. Ushbu bitiruv loyiha ishi mazkur ishlarga qo‘yiladigan barcha talablarga mos keladi deb hisoblayman.
Talaba Saparboyev Quvonchbek o‘zining bajargan bitiruv loyiha ishini a’lo bahoga tavsiya etaman.
__-akademik litseyning
fizika fani o‘qituvchisi: _____ _________________________
Dostları ilə paylaş: |