Oldinlari kartografik ta’lim asosan turli proveksiyalami grafik tasvirlashni O‘rgatishdan iborat bo’lgan. Kompyuterlaming joriy etilishi bilan bu o‘z ahamiyatini yo‘qota boshladi, kompyuterlarning kartografivadagi yirik hissasidan biri istalgan hududni istalgan proyeksiyaga muvofiq koordinatalar bilan ko'rsatib berish imkoniyati hisoblanadi
Sferik geografik koordinatalami ikki o’lchamli tekislikka o‘tkazish uchun matematik formulalardan foydalaniladi. Bu o‘zgartirish jarayoni kartograftk proyeksiya sifatida nomlanadi. Uch o‘lchamli ellipsoiddan ikki o‘lchamli tekislikka o‘tkazish ayrim turdagi xatoliklardan holi emas. Bular: shakl, maydon, burchak va uzunlik (masofa) xatoliklaridir. Ko'plab formulalarning har biri turli xatoliklarga olib keladi. Bu har bir kartografik proyeksiya muayyan maqsad uchun mos kelish yoki kelmasligini belgilab beradi

Hozirgi paytda yuzlab va, hattoki, minglab nomdagi proyeksiyalar mavjud. Dastnriy ta'minotning asosiy qismi ko‘plab keng tarqalgan yoki mashhur proyeksiyalar bilan ishlashi mumkin
Xaritaga proyeksiya tanlashda ayrim jihatlarni batafsil ko‘rib chiqish lozim:
Proyeksiya xususiyatlari. Loyihalash masalalari uchun mos aniq proyeksiya xususiyatlari qanday? Teng maydonli, konform, teng oraliqli yoki azimutal proyeksiya zarurmi?
Deformatsiya masalalari. Xaritalashtiriladigan hudud uchun proyeksiyaning deformatsiya jihatlari to‘g‘ri keladimi? Chiziqli masshtab va uning proyeksiya bo‘yicha o‘zgarishi xarita maqsadida ko‘rsatilgan doiradami? Chiziqli masshtab xususiyatlari proyeksiya bo‘yicha tasvirlanadigan hudud shaktiga mos keladimi?
Proyeksiya markazi. Proyeksiya loyihalash masalalariga oson markazlashadimi? Dasturiy ta’minot proyeksiya markaziy meridianini tuzatish kabi proyeksiyani qayta markazlashtirish tajribasini o'tkazish imkonini beradimi?