Raqobat klassifikatsiyasi
Raqobat
*
Intensivlik darajasi b o ’yicha
♦ Ehtiyojlam i qondirish shakli b o ’yicha
> X arajatlar y o ’nalishi b o ’yicha
■+ T a’sir qilish usullari b o ’yicha
Intensivlik darajasi b o ‘yicha:
1 .Jalb etuvchi raqobat - raqobat subyekti m azkur segmentda oldingi
segmentdagiga nisbatan k o ‘proq foyda oladi;
2 .Chegaralangan raqobat - mazkur raqobat tovar bozorida raqobat
ni ushlab turadi;
3.Shafqatsiz raqobat
- raqobat nisbatan intensiv, raqobatchilar bir-
birini bozordan siqib chiqarishga, ulushini tortib olishga harakat qiladi.
Ehtiyojlami qondirish shakli bo'yicha:
1. Funksional raqobat - bu raqobatning shunday turiki, turli xil
tovarlar o ‘zaro bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o ‘sha ehtiyojni
qondirishga yo ‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish
o ‘rtasida raqobat
gazli suv ishlab chiqarish ,kvass ishlab chiqarish,
sharbat ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil mahsulotlar bitta va
o ‘sha-o‘sha ehtiyojni, y a ’ni chanqoqni qondiradi.
2. Tur raqobat - mazmuniga ko‘ra funksional raqobatga yaqin
turadi. Tur raqobat bitta maqsadga y o ‘naltirilgan lekin bir-biri bilan
uncha katta farqga ega bo'lmagan o ‘xshash
tovarlar ishlab chiqarish
ishlari o ‘rtasidagi raqobatdir. Bu farqlar aniq b o ‘lishi mumkin va
iste’molchilarga tovar tanlovida hal qiluvchi rol o ‘ynashi mumkin.
Masalan: tur raqobatga analogik avtomobillar ishlab chiqarish ishlarini
keltirish mumkin. Bunda dvigatel quvvati bo'yicha farqlanadi. Tur
raqobat barcha firmalar faoliyatida, amaliyotda k o ‘p uchraydi.
160
3.
Predmet raqobati - bu raqobatda bir-xil tovar ishlab chiqarishlar
o ‘rtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu
farq umuman b o ‘lmasligi mumkin yoki minimal b o ‘lishi mumkin.
Raqobatning ushbu turi qoidaga k o ‘ra raqobatning strategiyasini ishlab
chiqarishga e ’tiborini qaratadi. Predmet raqobati
juda qattiq b o iis h i
mumkin. Chunki ishlab chiqarishlar raqobatchining bozordagi ulushiga
kurashadi. Bular turlicha b o iis h i mumkin. Narxdan tortib reklamagacha
shuningdek, shavqatsiz raqobatgacha b o iis h i mumkin.
Xarajatlar yo‘nalishi bo ‘yicha F. Kotler 4 ta turini ko‘rsatib beradi.
Mazmunan ehtiyojni qondirish shakliga o ‘xshash b o iad i.
1. Savdo markalari raqobati;
2. Tarmoq raqobati;
3.
Formal raqobat;
4. Umumiy raqobat.
Savdo markalari raqobati - oldingi klassifikatsiyadagi predmet
raqobatchiga o ‘xshash b o iib hisoblanadi. Bu ko‘proq bir-xil ishlab
chiqarish, o ‘xshash tovarlar va bir-xil maqsadga yo'naltirilgan ishlab
chiqarishlar o ‘rtasida kuzatiladi.
Formal raqobat - turli xil tovar ishlab chiqarishlar o ‘rtasidagi
raqobat b o iib , bitta va o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgandir. 0 ‘z
o'm ida funksional raqobatga to ‘g ‘ri keladi.
Umumiy raqobat - bu raqobatda tadbirkorlik faoliyati subyektlari
barchasi o ‘rtasidagi kuzatiladi.
T a’sir qilish usullari bo‘yicha:
1. Narxli raqobat;
2. Narxsiz raqobat.
Narxli raqobat - xaridorlami o ‘ziga narx
usuli orqali jalb etishda
foydalaniladi. Bu raqobatning turi amalga oshirilgan raqobatga mos
keladi. Bugungi kunda narxli raqobat juda kam tarqalgan. Chunki
iqtisodiyotning hozirgi rivojlangan bosqichida narxning pasayishi yuqori
natijalar bermaydi va firmani bozorda shunaqa strategiya q o ila b lider
qilolmaydi. Narxsiz raqobat - narxni pasaytirish yordamida emas balki
boshqa omillar hisobiga kurash olib borishni talab etadi.
Raqobat ijtimoiy
nuqtayi nazardan maqbul hodisa, lekin, ayrim
hollarda, xo‘jalik subyektlariga bozor ishtirokchilari sonini cheklash
yoki birgalikda narxlami ko ‘tarish bo ‘yicha raqiblar bilan kelishishga
ham y o i ochish mumkin.
161