2 2. Davlat kreditining mazmun- mohiyati, funksiyalari va davlat qarzining makroiqtisodiy tasniflanishi
Davlat qarzining yuqori darajasi ko’p holatda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida ko’riladi hamda bir nechta empirik tadqiqotlar va kuzatuvlar asosida isbotlangan. XXI asrda yuz bergan eng so’nggi moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar, jumlada 2008-2009-yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va yaqinda boshlangan va davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sababli global iqtisodiy faollikning keskin pasayishi paytida ko’rilgan noodatiy fiskal va monetar choralar rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda qarz yukining jiddiy oshishiga olib kelgani barchamizga ayon bo’lgan holat. Bu esa o’z navbatida iqtisodchilar va qaror qabul qilish bilan shug’ullanuvchi siyosatchilar o’rtasida keng muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Xususan, bunaqa tez su’ratlar bilan o’sib borayotgan qarz global iqtisodiyotga, talab va taklif zanjiriga qanday munosabatda bo’lishini aniq tahlil etish ancha murakkab jarayonligi ko’p mamlakatlar misolida ko’rinmoqda. Bir narsa aniqki, maqsadsiz va tizimsiz ishlatilgan qarzlar past iqtisodiy faravonlikka, iqtisodiy o’sishni pasaytirishi va kam unumdorlikka olib kelgan holda uzoq muddatli muammolarga sabab bo’lishi aniq.
2018-yildan beri Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rivojlanayotgan va kam daromadli davlatlarda jadallik bilan o’sib borayotgan qarz muammosiga ko’p qirrali va kompleks yondashuvlarni joriy qilish bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Hech kim kutmagan holatda paydo bo’lgan va mamlakatlar ongli ravishda iqtisodiy pasayishga rozi bo’lgan sharoitda aholini ijtimoiy va iqtisodiy
Himoya qilish qarzlarga bo’lgan an’anaviy yondashuvlarni yo’qqa chiqardi hamda keskin iqtisodiy inqirozdan qutulib qolish uchun xalqaro moliya insitutlaridan imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar va qarzlar olishga majbur bo’ldi. Shunday holatda qarzlarning barqarorligini saqlashda Xalqaro Valyuta Jamg’armasining rivojlangan davlatlar va past daromadli mamlakatlar uchun ishlab chiqilgan dasturlari asos bo’lib xizmat qilmoqda7.
Davlat qarzining mazmun-mohiyatidan kelib shuni aytishimiz mumkinki, qarz yuki oshayotgan mamlakatlar tezroq siyosiy iroda ko’rsatgan holda qarzlarning moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikka ijobiy va salbiy ta’sirlari modellarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiqdir.
Davlat qarzlarini boshqarish va u bilan bog’liq risklarni oldini olish keng qamrovli huquqiy, iqtisodiy va texnologik asoslar orqali amalga oshiriladi. Shu paytga qadar davlat tashqi qarzi bilan bog’liq barcha munosabatlar 1996-yil 29-avgustdagi O’zbekiston Respublikasining “Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida”gi 263-I-son Qonuni orqali tartibga solingan bo’lib, davlat qarzlarini iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, kreditorlarga o’z vaqtida ishonchli tarzda to’lovlarni amalga oshirish, davlat qarzining YalMga nisbatan yillik limitlarni belgilash va boshqa davlat qarzi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish zaruriyati “Davlat qarzi tog’risida”gi qonunni ishlab chiqishni taqozo etdi deyishimiz mumkin. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat qarzi to’g’risida”gi qonun loyihasi 2021-yilning 12-noyabrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi8.
Qonun loyihasida davlat qarzini boshqarishga doir asosiy qoidalar va davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YalM) nisbatan eng yuqori miqdori belgilanmoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari, hamda davlat qarzi to’g’risidagi ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash, jumladan, OAVda yoritib borish va rasmiy veb-saytlarda chop etish bo’yicha qoidalar alohida ko’rsatib o’tilmoqda. Xususan, davlat qarzini boshqarishda parlament rolini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash, davlat qarzini boshqarish strategiyasi ijrosini ko’rib chiqish hamda jalb qilingan mablag’larning maqsadli ishlatilishi to’g’risidagi hisobotlarni eshitish vakolatlari berilmoqda.
Qonun loyihasida davlat kafolatini berish tizimi takomillashtirish qoidalari va davlat qarzi bo’yicha xatarlarni boshqarish bo’yicha amalga oshiriladigan harakatlar majmui aks ettirilmoqda.
Xulosa
Har bir mamlakat o‘z xarajatlarini soliqlar yoki qarzlar bilan moliyalashtirishni mo‘ljallaydi va defolt kutilmaydi. Qarz olish davlatni diskontlash yo‘li bilan joriy vaqtga keltirilgan soliqlar undirish zaruratidan ozod qilmaydi. Qarzlar miqdori va shakllarini tanlash soliqlarning kutiladigan joriy qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo soliqlar yig‘ish grafigiga va soliqlarning iqtisodiy oqibatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat qarzini boshqarishning maqsadi xarajatlarni moliyalashtirishdan ko‘riladigan zararning joriy qiymatini minimallashtiriladi. Fan yutuqlari davlat qarzini boshqaruvchilar tafakkurida davlat qarzini boshqarish maqsadlariga erishish vositalariga aylanadi. Davlat tomonidan olinayotgan qarzlar bu davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini moliya bozorlaridan qarz olish yo‘li bilan jalb qilishdagi davlat faoliyatidir. Davlat olayotgan qarzlari davlat nomidan qarz olishni amalga oshirish vakolatini olgan davlat organlarining qarz majburiyatlari hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, ular davlatning qarzdorlik qimmatli qog‘ozlari bo‘lib, bozorda erkin aylanishi mumkin bo‘ladi. Davlat qarzdorliklari ikkita vazifani bajaradi: davlat g‘aznasiga pul mablag‘larini jalb etish va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish. Davlat qarzlarini boshqarish davlat moliyaviy resurslar fondini shakllantirish va uni taqsimlash tizimini o‘rganish bilan birga, iqtisodiy-matematik modellar orqali amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, Davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish va uning maqsadlari O’zbekistonda innovatsion loyihalar olib borish har xil sohalarni rivojlantirish hususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida, va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |