26
Qo‘shni-qo‘num ag‘ishqa,
Qilg‘il anar ag‘irliq.
Artut alib anung‘il
Ezgu tavar og‘urluq.
“Devoni lug‘otit turk” asarida qo‘ni-qo‘shnichilik, yaqinlarga mehr-
muhabbatli bo‘lishga undovchi she’rlar ham uchraydi. Yuqoridagi baytda shunday
ma’no ifodalangan:
Qo‘ni-qo‘shnilaringga yaxshilik qil, ularni hurmatla.Ulardan biror sovg‘a
olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla.
Erdam tila o‘granin bo‘lma ko‘vaz,
Erdamsizin o‘kunsa enmago‘za anar.
Ilmli-ma’rifatli bo‘lishga undash Mahmud Koshg‘ariy ijodida yetakchi
mavzulardan biri sanaladi. U kishilarni bilimli bo‘lishga, ilm olishdan aslo
to‘xtamaslikka undaydi.
Ilm, hikmat o‘rgan, o‘rganishda havoyilik qilma, hech narsa o‘rganmasdan
o‘zini bilimdon ko‘rsatib maqtangan kishi, imtihon vaqtida uyaladi, achinadi.
Dostları ilə paylaş: