Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. I.CH.NI joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.
O`zbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50—60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va b. sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida sho`rolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy ko`chirib keltirish hisobiga bo`ldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, ko`pchiligi Respublika tashqarisidan yo`llanma bilan kelgan kishilar bo`ldi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so`ng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida o`z yurtlaridan qochoq bo`lganlar va badarg`a qilinganlar ham O`zbekistonda qo`nim topdilar.

Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy an’analar ham ta’sir ko`rsatadi. O`rta Osiyo xalqlarida, jumladan o`zbeklarda tug`ilib o`sgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust.