Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlari»


Iste’molchilarni to’rt simli yulduz usulida ulash



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə52/63
tarix07.01.2024
ölçüsü1,06 Mb.
#208312
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimla

Iste’molchilarni to’rt simli yulduz usulida ulash

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kuch qurilmalarini va yoritish iste’molchilarini (380 V kuchlanishgacha bo‘lgan) to‘rt o‘tkazgichli uch fazali tarmoq orqali ta’minlash keng tarqalgan. T


8.1–расм. 8.2–расм.

o‘rt o‘tkazgichli generatori va iste’molchisi yulduz ulangan zanjirning almashlash sxemasini ko‘rib chiqamiz (8.1- rasm). O‘tkazgichlarning qarshiliklari odatda iste’molchilarnikiga qaraganda kichik bo‘ladi, shuning uchun katta aniqlik talab etilmagan hollarda ular hisobga olinmaydi. Unda iste’molchining faza kuchlanishlari manbaning faza kuchlanishlariga yoki tranformatorning ikkilamchi cho‘lg‘am kuchlanishiga teng bo‘ladi, ya’ni ; ; ; Agar iste’molchi fazalarning kompleks qarshiligi ZA, ZV, ZS bo‘lsa, har bir fazadagi tok


(8.1)
bo‘ladi.
Kirxgofning birinchi qonuniga binoan neytral o‘tkazgichdagi tok:
. (8.2)


8.3 – rasm.
Agar iste’molchi simmetrik yuklanishli bo‘lsa, faza toklari o‘zaro teng va faza kuchlanishlaridan bir xil burchakka siljigan bo‘ladi. 8.2-rasmdagi vektor diagrammani qurib, tenglamasini haqqoniyligiga ishonch hosil qilish mumkin. Demak, iste’molchi simmetrik bo‘lgan holatlarda neytral o‘tazgich toki nol-ga teng IN=0; Bunday holatlarda nol o‘tkazgichning bo‘lishi shart emas. Nol o‘tkazgich yo‘q holatda bu zanjir uch o‘tkazgichli zanjir deb ataladi. Bunday zanjirlarga faqat simmetrik uch fazali iste’molchilar ulanadi, masalan uch fazali elektrodvigatellar, elektr pechlar va h.k. Elektrotexnikada uch o‘tkazgichli simmetrik zanjirlar bir liniyali deyiladi (8.3-rasm).
To‘rt o‘tkazgichli zan-jirlarda fazalarga nosimmetrik iste’molchilar (elektr lampalari, maishiy asboblar yoki bir fazali elektr apparatlari…) ulanadi. Ularning har biri faza qismalari va neytral o‘tkazgich orasiga ulanadi (8.4-rasm). Neytral o‘tkazgich nosimmetrik nagruzkada faza kuchlanishlari simmetriyasini ta’minlaydi. Faza toklari ZAZVZS bo‘lganligi sababli o‘zaro teng emas.


8.4 – rasm.
To‘rt o‘tkazgichli sistemaning asosiy afzalligi shundaki, biror – bir fazada ish rejimining o‘zgarishi, qolgan fazalarning ish rejimiga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki nol o‘tkazgich fazalarda kuchlanishlar doimiyligini ta’minlaydi.
8.5-rasmda aholi yashaydigan ko‘p qavatli uyni to‘rt o‘tkazgichli tarmoq bilan yoritish sxemasi berilgan. To‘rt o‘tkazgichli uch fazali zanjirlarda nosimmetrik rejimlarda faza toklari o‘zaro teng bo‘lmaganligi sababli neytral o‘tkazgichdagi tok IN nolga teng bo‘lmaydi. , 8.6-rasmda nosimmetrik aktiv yuklamali to‘rt o‘tkazgichli zanjir uchun vektor diagramma ko‘rsatilgan. Amaliyotda iste’molchini simmetriylashga, IN tokini iloji boricha kamaytirishiga harakat qilinadi.


8.5 – rasm.


To‘rt o‘tkazgichli zanjirlarda nosimmetrik rejimda neytral simning uzilishi natijasida ba’zi iste’molchilar fazalarida kuchlanish nominal qiymatlaridan ancha farq qilishi mumkin. SHuning uchun neytral o‘tkazgichlarga, saqlagich ham ulagich, ham ulanmaydi. 8.7-rasmda neytral sim uzilgan holat uchun vektor diagramma berilgan. Bu erda UN kuchlanish N1 va N nuqtalar orasidagi kuchlanish.










8.6 – rasm.




    1. – rasm.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin