Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


- mavzu. Mintaqalarning turistik resurlari tasnifi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə18/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

4 - mavzu. Mintaqalarning turistik resurlari tasnifi
Reja:
1. Turistik resurslar tushunchasining mohiyati va ahamiyati.
2. Turistik resurslarning o‘ziga xos xususiyallari.
3. Turistik resurslar tasnifi va ularga qo‘yiladigan talablar.
4. Turistik resurslar tasnifiga yondoshuvlar.
5. Turistik resurslarning turlari.


4.1 Turistik resurslar tushunchasining mohiyati va ahamiyati.

Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali ishchi – xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turistik resurslarga ega bo’lish lozim.


Mutaxasislar turistik resurslarga quyidagicha ta’rif berishgan: turistik resurslar – tabiiy, tarixiy, ijtimoiy – madaniy va boshqa turistlarni sayohatga qiziqtiradigan, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy kuchini tiklashi va rivojlanishi ehtiyojlarini qondirishga qodir ob’ektlarga aytiladi. Rekreasiya faoliyati nuqtai nazardan turistik resurslarga tabiiy va antropogen geosistemalar kiradi, tabiat manzaralari, rekreasiya faoliyati ehtiyoji qiymatiga va maishiy xususiyatga ega, insonlarni ko’rsatilgan vaqtda ma’lum texnologiyalar yordamida sog’ligini tiklash va dam olishida foydalanish mumkin bo’lgan, rekreasiya faoliyati qobiliyatiga ega resurslar kiradi.
Turistik resurslarning mohiyati shundan iboratki, turistik mahsulot shakllanishiga asos hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda, aniq hududda turistik faoliyatda foydalanish mumkin bo’lgan barcha ob’ektlar kiradi. Turizmni rekreasiyaning ko’rinishi sifatida olsak, «turistik resurslar» tushunchasi «rekreasiya resurslari» bilan birgalikda uyg’unlashadi.
Turistik resurslarning asosini rekreasiya resurslari tashkil etadi. Rekreasiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreasion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsion resurslar (1-chizma).
Tabiiy rekreasion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreasiya resurslaridir.
1-chizma





Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin