Ayrim kuchli qor yog’ishidan keyin bo’lishi mumkin
Qisman qo’lay
1000;2500-3000
1-5
200-1000
18-20;
10-12
Toshli hududning yuzasi qisman tekis, lekin qo’shimcha ravishda hamda mustahkam
Kuchli qor yog’ishidan keyin bo’lishi mumkin
Qo’lay emas
3000-4000
5-30
50-200
5-10;
20-25
Tez-tez bo’lib turadi
Umuman olganda, mintaqalarni turistik resurslarini baholash orqali, bu mintaqalarda turizm industriyasini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlarini belgilash mumkin. SHunday ekan, turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini tahlil etish katta ahamiyat kasb etadi.
5.4. Turistik resurslarni miqdor jihatdan baholashni tushuntiring. Ekoturizmning rivoji natijasida uning uch asosiy xususiyati paydo bo’lib, ular mahalliy aholining ma’naviy kayfiyatiga, iqtisodiy ahvoliga to’g’ridan-to’g’ri yoki boshqa jihatdan o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bo’larga quyidagilar kiradi:
1. Ijtimoiy xususiyati
2. Iqtisodiy xususiyati
3. Ekologik xususiyati
Ijtimoiy jihatdan olib qarasak, ekoturizmning ijobiy tomoni shundaki, u mahalliy aholiga o’zining yurti tabaitini muhofaza qilgani uchun unga iqtisodiy samara beradi, ularni muhofaza etilayotgan hududlarida hamkorlikda ish olib borishga imkoniyat beradi. Ko’pincha muhofaza etiladigan hududlarni asosiy muammolari mahalliy aholining muhofaza etiladigan tabiat hududlari bilan o’zlari yashaydigan joy lardan foydalanish uchun kurashi natijasida kelib chiqadi. Ekoturizm qishloq aholisi uchun, ularning iqtisodiy manfaati uchun kurashda, tabiatning nodir burchaklarini saqlab qolgan taqdirda, undan maxsus foydalanish yo’li bilan iqtisodiy foyda olish yo’lini ko’rsatadi. Lekin, mahalliy aholi o’rtasida ularning olayotgan iqtisodiy foydasi o’sha yerning tabaiatini saqlanishi bilan chambarchas bog’liqligini chuqur tushuntirish ishlari olib borish yo’li bilan isbotlash kerak. YAngi ochilayotgan qo’riqxonalar xududida hamisha ma’lum miqdorda shu yerda yashab turgan aholi qoladi. Masalan, Kitob geologik qo’riqxonasi hududida ayrim qishloqlar qolib ketgan. Qishloqlarning ko’p sonli aholisi azaldan qo’riqxona maydonida dehqonchilik yoki mol boqish bilan shug’ullangan. Qo’riqxona chegarasi aniqlangan vaqtda charvachilik bilan shug’ullanayotgan aholiga ikki shart qo’yiladi, birinchidan qo’riqxona maydonidan tashqariga chiqib yangi turar joyga ko’chish, ikkinchidan, ularni shu vaqtga qadar shug’ullanib kelgan dehqonchilik yoki charvachilik ishlarini qat’iy taqiqlash. CHunki qo’riqxona talabiga asosan, qo’riqxonalar va ularning muhofaza mintaqalarida ularga aloqasi bo’lmagan har qanday xo’jalik ishlari olib borish taqiqlanadi. Qo’riqxona maydonida ekoturistik marshrutlar tashkil etish yoki turistlar talabi asosida, turistik iste’molni qondirish, tabiatni o’rganish, tabiat ekosistemalarini muhofaza etishda o’z hissasini qo’shish yo’li bilan, mahalliy aholining qiziqishini himoya qilgan holda, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda turizm ishlarini olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ekoturizmning rivoji natijasida O’zbekistonning janubiy – g’arbiy hududida tabiatni muhofaza etish ishlari rivojlanadi, qo’riqxona hududida joylashgan qishloq aholisi ish bilan ta’minlanib, sifatli turistik faoliyat atrof muhitga zarar yetkazmagan holda olib boriladi, turistik bozor tarkib topadi va qishloq joylarida yangi ish joylari tashkil etiladi.
Turizm xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojiga ijobiy ta’sir etadi, turistik infrastruktura shakllanishi va rivojini tezlashtiradi, ishlab chiqarish kuchlarini bir tekis joylashishiga va xizmat ko’rsatish tarmoqlari faqatgina aholi zich joylashgan yuqori rivojlangan hududlardagina emas, iqtisodiy zaif rivojlangan hududlarga ham ta’sir etadi.
Iqtisodiy jihatdan, turizmning iqtisodiy rivojlangan davlatlarda amaliy ahamiyati ko’pchilikka tanish. Turistik faoliyat natijasida kelayotgan iqtisodiy foyda, ko’p sabablar natijasida paydo bo’ladi va yuqori miqdorlarga yetishi mumkin. Turistik resurslardan tashqari, bu yerda katta rolni turizm infrastrukturasi, reklama, xizmat ko’rsatish, kelayotganlar soni, turistlarning iqtisodiy darajasi, soliqlar va boshqalar egallaydi.
Qo’riqxonalar va milliy bog’lar rekreasion funksiyasini ekologik baholash ma’lum murakkablikka ega. U qo’riqxona yoki milliy bog’ga kelayotgan turistlarning xizmat ko’rsatishdagi ekologik samaradorligi bilangina emas, balki kelayotgan foyda bilan ham o’lchanadi. Masalan, «Azchek» va «Teberda» turistik bazalari Teberda qo’riqxonasi chegarasida joylashib, bir yilda 350 ming dollar, Litvaning milliy bog’ida joylashgan «Ignamena» turbazasi esa 76 ming dollar foyda keltiradi.
Rekrasion faoliyatdan kelayotgan foydani baholashda, unga qo’shimcha xizmat ko’rsatayotgan va turistik mahsulotlar ishlab chiqarishga qo’shilgan, hamda dam oluvchilarga qo’shimcha xizmat ko’rsatayotgan korxonalar foydasi ham hisobga olinadi. Ular ko’pincha qo’riqxonalar va milliy bog’lardan kelayotgan foydadan ham ko’proq bo’lishi mumkin. Masalan 27 ming turistlarni Teberdi qo’riqxonasiga olib borayotgan transport tashkilotlarining foydasi «Azchek» va «Teberda» turbazalari olayotgan foydadan 1,5 marta ko’p bo’lgan.
Ekologik jihatdan, muhofaza etiladigan hududlarda tabiatga sayohat turizmini rivoji, tabiatga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Bir tomondan turizm rivoji dunyoning ko’p qismlarida nodir ekosistemalar va turlari himoya qilish uchun kuchli omil bo’lib xizmat qiladi. Tabiat qo’ynida turizm ekologik faoliyatning bir turi bo’lib, tirik tabiat ne’matlarini undan chiqarib olmaydi (ov va baliq ovlash turizmidan tashqari). Xalqaro ekoturizm rivojlanishi tarixida uning shakllanishida tabaiatni ximoya qilishdagi rolini ko’rsatuvchi ko’plab misollar ko’rsatish mumkin. Turizm muhofaza etiladigan ko’plab hududlarni iqtisodiy holatini ko’tarib, uning tabiatini ekologik holatini yaxshilaydi.
AQSHdagi Yellouston milliy bog’i-dunyodagi tabiiy turizmning beshigi hisoblanadi. Bu yerda turizmning qarama-qarshi yondashuvlarini ko’rish mumkin. Bir tarafdan Yellouston milliy bog’ini ko’rish uchun kelayotgan ko’plab turistlar milliy bog’ joylashgan Montana shtatiga katta iqtisodiy foyda keltiriladi, chunki kelgan turistlar shtatning boshqa xizmat ko’rsatish tarmoqlari, restoranlari, benzen qo’yish stansiyalari, mehmonxonalaridan foydalanishadi. Ayni vaqtda turizmning kuchli rivojlanishi atrofidagi shaharlar hayot darajasini keskin o’zgartirdi. Bir tarafdan shtatdagi hayot darajasi oshgan bo’lsa ham, boshqa tarafdan yangi yo’llar qo’rilishi, yo’llarda avtotransportning haddan tashqari o’sishi, shovqin so’ronning oshishi, gaz bilan ifloslanishining o’sishi, yer narxining tez o’sishi kabi muommolarni paydo qiladi. Milliy bog’ hududida turistlar miqdori shunchalik ko’paydiki, tabiat bilan muloqatda bo’lishi qiyinlashdi, nodir ekosistemalarni saqlab qalolmaslik xavfi paydo bo’ldi.
Turizm jarayoni davomida uning tabiat resurslaridan foydalanishni rejalashtirishni o’rganish, turistik oqimlarni va uning potensial ta’sirini mohirlik bilan boshqarishni o’rganish lozim. Turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda hammavaqt uning salbiy ta’sirini o’ylab ko’rish va hisobga olish kerak. SHuni alohida ko’rsatishimiz kerakki, agar turizm atrof – muhitga salbiy ta’sir etsa, u haqiqiy ekologik turizm bo’lmaydi. Isbotlangan haqiqiy ekologik turizm tabiatni muhofaza etuvchi kuchli qurol bo’lib, uning vazifasi tabiatga sayohat vaqtida bo’luvchi salbiy ta’sirlarni kamaytirish va ijobiy tomonlarini yuqori darajada ko’paytirishdir.
Misol tariqasida ko’radigan bo’lsak, Keniyadagi Amboseli milliy bog’ida har bir arslondan ekoturizm ob’ekti sifatida keltiriladigan foydasi 27000 $. SHu yo’l bilan har bir arslon umri davomida 500000 $ Keniya xalqiga foyda keltiradi. Milliy bog’ ishlaganga qadar ov turizmiga ruxsat etilgan vaqtda (21 kunlik tur) chet ellik ovchi har bir otilgan arslon uchun 8500 $ tulagan. Arslon terisini ishlash 960-1325 $ tushgan. Demak ov turizmida bir arslon maksimum 9825 $ foyda keltirgan va o’zi ham qurbon bo’lgan. Ekoturizmda esa har bir arslon 500 000 $ foyda keltirgan va umrining oxirigacha erkin yurgan. SHu misolni o’zi ko’rsatib turibdiki ekoturizm shubxasiz bu jonivorlardan iqtisodiy foyda keltirishning eng qo’lay yo’li va ayni bir vaqtda jonivorni o’ldirilishiga ruxsat berilmaydi.
Ekoturizmda turizmni boshqa turlariga qaraganda kamroq mablag’ sarf etib ko’proq foyda olinadi. SHuning uchun uning iqtisodiy samaradorligi ancha kattadir.
Hozirgi vaziyatda ekoturizm rivojining tabiat komplekslarini saqlab qolishda ishtirokining bir qator ustunliklari bor. Ekoturizm ko’pchilik qo’riqxonalarda iqtisodiy faoliyatning yagona turi bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonda va chet el amaliyoti shundan guvohlik beradiki, ekoturizm imkoniyati foydalanilmagan taqdirda uning «ekologik o’rnini», albatta tabiat uchun halokatliroq boshqa shakl egallaydi.
Ko’pchilik ma’sul turoperatorlar o’z turistlarining sayohatini sifatli tashkil etish uchun ularning bo’lajak sayohat ob’ekti bo’lgan tabiati alohida muhofaza etiladigan hududlar bilan doimiy aloqada bo’lishadi va tabiatni muhofaza etadigan tashkilotlar bilan hamkasblikda ish olib borishadi. SHunday qilib ekoturizmni to’g’ri tashkil etish tabiati muhofaza etiladigan yerlarning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etishga yordam beradi.