Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mirsaid bahrom maqbarasi (xi asr)



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə76/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Mirsaid bahrom maqbarasi (xi asr) Mir Said Bahrom haqida Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning “Samariya” asarida yozilgan ma'lumotlarga ko’ra u zukko, bilimli, karomatli shaxs sifatida mahalliy xalqning katta hurmat e'tiboriga sazovor bo’lgan zot edi.
Mirsaid Bahrom vafotidan keyin uning dahmasi ustiga maqbara bunyod etilgan. Maqbara X-XI asrlarga xos bo’lib, Respublika muhofazasiga olingan noyob yodgorliklar sirasiga kiradi. Maqbara bir gumbazli, 6x5,5 metr o’lchamda to’rtburchak shaklida qurilgan. Yodgorlik bir necha bor ta'mirlanib dastlabki ko’rinishini yo’qotgan. Uning bosh fasadi 6x6 metr kvadrat shaklida bo’lib, juda ustalik bilan bezatilgan, g’ishtni turli usulda terilib, har xil geometrik shakldagi naqsh bezaklari, timsollar va Kufiy usulidagi bitiklar bilan boyitilgan. Maqbaraning janubiy tomonida 1,1x2 metr o’lchamda darcha o`rnatilgan. Uning tepa qismida yarim oy shaklidagi kungurador, panjarali tuynuk ochilgan.
Maqbara eshigining o’ng tomonida Mirsaid Bahrom sag`anasi o`rnatilgan bo`lib, uning eni bir metr bo’yi 2,5 metr, balandligi 70 santimetrdan iborat. Sag’ananing yon tomonlariga arabiy yozuvda oyatlar bitilgan. Maqbaraning 4 burchagida ustki qismi ganchkorlik usulida bezatilgan 4 ta botiq ravoq ishlangan bo`lib, 4 tomonida ham yoyiq ravoqlar bor. Ravoqlarning eni bir metr va balandligi 3 metr. Maqbaraning ustki qismida 8 burchakli poygumbaz bo’lib, uning ustiga pishiq g`ishtdan gumbaz ko’tarilgan.
Hozirgi davrda bu tarixiy majmua atrofida Karmana tumanining madaniyat va istirohat bog’i barpo etilgan va Karmana aholisining an`anaviy Navro’z va hosil bayramlari ayni shu ko`rkam va so`lim istirohat bog’ida o’tkazilishi an`anaga aylanib bormoqda.
Respublikamizdagi noyob madaniy meros obyektlaridan biri sifatida Mirsaid Bahrom maqbarasi Buyuk ipak yo`li bo`yidagi transchegaraviy madaniyat yodgorliklari nominatsiyasi bo`yicha YUNESKOning ro`yxatiga kiritilishi uchun me`yoriy hujjatlari taqdim etilgan.
Yodgorlik hozirgi kunda to`la qayta ta`mirlanib asl holidagi ko`rinishini kasb etgan. Shuningdek, maqbaraning sharqiy tomonida qadimda bunyod etilgan bo`lib, keyinchalik buzilib ketgan masjid qayta tiklangan va hozirda ziyoratgoh sifatida foydalanilmoqda.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin