Urganch innavatsion universiteti



Yüklə 42,94 Kb.
səhifə1/2
tarix17.03.2023
ölçüsü42,94 Kb.
#88530
  1   2
17. Rustamova Marjona - XOZIRGI BOSQICHDA O\'ZBEKISTONDA ARXIV ISHI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

URGANCH INNAVATSION UNIVERSITETI


Tarix 22/11-guruh talabasi
Rustamova Marjona
Mustaqil tarix fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Xozirgi bosqichda o’zbekistonda arxiv ishi.


Qabul qildi: ________________________________

Topshirdi: ________________________________

Urganch-2023




Reja:

  1. Kirish.



  1. Asosiy qism:



  1. Arxiv atamasi. Arxiv hujjati tushunchasi..

  2. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishining tashkil qilinishi.

  3. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarning tasnifi.

  4. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomilashtirish borasida olib borilgan ishlar



  1. Adabiyotlar.

Xalqimizning tarixiy o‘tmishi, o‘zligi, ma’naviyati masalalari yoritilayotganda chuqur ilmiy asos va aniq dalillar zarur. Haqqoniy tarixni yaratishda dalil bo‘ladigan muhim omillar orasida arxiv hujjatlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonning moddiy va ma’naviy hayoti aks etgan noyob arxiv hujjatlari tarix fani uchun boy manba sifatida xizmat qiladi. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk arxivlar yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Bu arxivlarga Nisadagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan arxivlar kiradi. Birlamchi manbalarda toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar saroylarida kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Bu davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Buxoroda Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan biri Samoniylarning “Savoi-al-Xikma” kutubxonasi bo‘lib, bundan o‘z davrining yetuk allomalari Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy va boshqalar foydalanganlar. Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarni Movarounnahrga olib kelgan. Shuningdek, Sohibqiron jahonning bir qancha mamlakat qirollari bilan yozishmalar olib bordi. Bu diplomatik yozishmalar qimmatli arxiv hujjatlari hisoblanadi. Shu diplomatik yozishmalardan biri 1996 yil YUNESKO tashabbusi bilan Parijda o‘tkazilgan Amir Temur tavalludining 660 yilligida Fransiya prezidenti Jak Shirak tomonidan O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga topshirildi. Amir Temurning nevarasi Boysunqur zamonida Hirotda ko‘pgina asarlardan namunalar to‘planadi. Uning atrofida o‘z davrining yetuk shoirlari, kitobxonlari, muqovasozlari, naqqoshlari va boshqa kitobsoz hunarmandlar yig‘ilgan.


Mustaqillikka erishganimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizning ilmiy-tarixiy va o‘tmishini xolis yoritishga asoslangan manbalarni tadqiq etish borasida tizimli ishlar belgilab berildi. Istiqlol yillarida jamiyat hayotining barcha sohalari singari, tarix fani sohasiga ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xolislik qoidasi – tarixiy voqe’a, hodisalarni o‘rganayotganda ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o‘rganishda va haqqoniy yoritishda arxiv hujjatlarining o‘rni beqiyosdir. Shu maqsadda bugungi kunda arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga keng yo‘l ochib berilgan. Arxiv atamasi – lotincha “arxivium” so‘zidan olingan bo‘lib, hukumat binosi degan ma’noni anglatadi. Lekin arxiv atamasining hozirgi qo‘llanishi ma’nosi butunlay boshqacha. Chunonchi, arxiv – bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan joy. Xorijlik arxivshunos olim Craig Robertson muallifligidagi (Media History and the Archive. – New York. Routledge, 2011) asarning birinchi paragrafi arxiv haqidagi fikrlar va tarix haqida chizgilar deb nomlanadi. Muallif ushbu asarda arxiv tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi. “Arxiv tushunchasi yaqin yillar ichida arxivshunos bo‘lmagan insonlarning ham ilmiy tahlillari uchun doimiy mavzuga aylandi. Albatta buning hayron qoladigan eri yo‘q. Chunki, olimlar o‘z izlanishlarida arxivga doimiy manba, fan sifatida qarashlari boshlandi” (Craig Robertson. Media History and the Archive.– New York. Routledge, 2011.– B.8.). Ba’zi muarrixlar hatto butun bir bo‘limni shu mavzuga bag‘ishlab yozishgan. Masalan, arxivshunos olim Hemilton arxiv haqida quyidagi fikrni bildirgan. “Bugungi kunda olimlar katta e’tibor berib qaraydigan bu jarayon shunday yuzaga 7 keladi. Har qanday ilova yoki ma’lumot oldin yoziladi, keyinchalik ishlab chiqiladi va shu ikkala jarayon arxivga kiritiladi. Natijada bular arxiv ma’lumotlarining bir qismiga aylanadi” (Craig Robertson. Media History and the Archive. – New York. Routledge, 2011.– B.8.). Boshqa bir arxivshunos olim o‘zining tadqiqotida arxiv tushunchasiga tanqidiy yondashib, quyidagicha fikrlarni keltiradi: “Arxiv shunday joyki undan foydalanuvchi har qanday kishi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni qiyinchiliksiz topishi, shu ma’lumotlarning aniqligi, tarixi va foydalanuvchilarga tasirini kafolatlaydigan holatda bo‘lishi kerak (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). – London. 2005.6-bet). Graig Roberson yana bir arxivshunos olimning arxiv tushunchasiga bergan ta’rifini keltiradi. Uning fikricha arxiv “haqiqiy hujjatlar uyi” deb fikr bildirladi. (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). – London. 2005.7-bet). Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek arxivda xolisona, haqiqiy, aniq bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar kiritilishi hamda saqlanishi lozim. Haqiqatdan sodir bo‘lgan voqealarni qanday va qaysi holatlarda yuzaga kelishini bilib olish uchun nima qilish kerak. Bu haqda Charlin Stidman shunday deydi: - berilgan ma’lumotlar iqtibos (snoska) lar bilan bo‘lishi; - bayon etilgan voqe’a hodisalarga muallif bevosita ishtirok etishi; - ma’lumotlar telefon orqali, og‘zaki yoki tashlab ketilgan har qanday xatlar orqali emas, aynan arxiv xodimi tomonidan foydalanuvchining o‘zigagina taqdim etilgan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida arxiv atamasiga quyidagicha izoh beriladi. Arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa hisoblanadi. Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, toponimika va moddiy madaniyat yodgarliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik ya’ni arxiv hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib 8 topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq qilish juda murakkab ish hisoblanadi. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar saqlanadi. Arxiv hujjati tushunchasi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, vidioyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek, boshqa moddiy ashyolardagi yozuvlar – arxiv hujjatlari deyiladi. Mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan faydalanish tizimi xususida keltirilib o‘tiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15- iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-bobi, 20-26 moddalarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda o‘z ifodasini topgan. Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari, shuningdek ular tomonidan olingan yoki ularga nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar topshirgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati istiqlolga erishgan dastlabki kunlarda nafaqat mamlakat balki O‘rta Osiyo mintaqasi tarixini hamda o‘tmishini o‘zida aks ettirgan nodir hujjatlar saqlanadigan arxiv muassasalariga katta e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1991-yil 31-avgustdagi qaroriga muofiq 1991-yil 1- sentyabrdan O‘zbekiston SSR Markaziy davlat arxivi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb qayta nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi respublika miqiyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysinadi. 1992-yil 6-iyulda MDH davlatlari boshliqlari kelishuviga asosan, arxiv fondlarining yaxlitligi va bo‘linmasligi hisobga olinib, davlatlar arxivlarida saqlanuvchi fondlar har bir respublika ixtiyorida qoldirildi. Arxiv jamg‘armasining bo‘linmaslik tamoyili arxiv hujjat- larining ilmiy tashkil etish tamoyili bo‘lib, u arxiv jamg‘armasining yaxlitligini va uning bir 80 arxivda saqlanishini talab etadi. Mustaqillik yillaridagi boshqaruv tizimidagi tub o‘zgarishlar, xo‘jalik yuritishning yangi uslubi va ko‘rinishlari hamda shakllarining paydo bo‘lishi respublika arxivchilari oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Davlat va nodavlat arxiv fondlarining tashkil topishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF) hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjat mulkdorlariga maxsus guvohnomalar berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatish turlari kengaydi. Bozor munosabatlariga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish, maishiy xizmat va savdo korxonalari xususiylashtirildi, mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamg‘armalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari va arxiv hujjatlari nodavlat arxiv fondini tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zR MAF)ga aylantirildi.
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng arxiv sohasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilib kelindi. O‘zbekiston Respublikasida arxiv sohasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tartibga solish, arxiv hujjatlarni saqlash, elektronlashtirish, olib borayotgan xalqaro hamkorlik, bu borada grant mablag‘larini jalb qilish, arxivchi xodimlarni xorijga malakasini oshirish, davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish va texnik modernizatsiyalash bo‘yicha qator qonun hamda qonun osti huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Respublikamizda arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlariga qonun, qaror, nizom, yo‘riqnoma, qoida, buyruqlarni kiritishimiz mumkin. Sohaga oid qonunlar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1999-yil 15-apreldagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (N768-1-sonli) qabul qilindi. Bu qonun asosida arxiv tizimi borasida bir qator samarali ishlar olib borildi. Biroq, O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30- aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-II-sonli Qonuniga 83 asosan ushbu qonun o‘z kuchini yo‘qotdi hamda bu sohada yangi qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2010-yil 15-iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (N 252-sonli) ni qabul qilindi. “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 6 bob, 36 moddadan iborat. Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2010-yil 16- iyundagi 119-soni orqali matbuotda e’lon qilindi. Sohaga oid qarorlar. O‘zbekistonda arxiv ishini takomillashtirish borasida bir qancha qarorlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 15-apreldagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida 769-1-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi (N482-sonli) “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 29-yanvardagi № 191-sonli “O‘zbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi № 49- sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyundagi №131-sonli “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriyhujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999 yil 30 oktyabrdagi 482- son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 2-iyunda № 1685-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boqaruvining 2007- yil 14- aprel № 11/3- son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” (2007 yil 12 iyundan kuchga kirgan) gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-avgustda № 1703- son bilan ro‘yxatga oligan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2007-yil 17-iyul № 18-sonli buyrug‘iga asosan “Axborot 84 resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish tartibi bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-avgustdagi PQ-949-sonli “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi №194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarni ta’kidlab o‘tish joiz.
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomilashtirish borasida olib borilgan ishlar. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ko‘plab xususiy, nodavlat tashkilotlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari vujudga keldi. 85 Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi ularning mulki hisoblanadi. Shuning bilan birga 1999-yil 30-oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda «Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy bo‘linmalarida doimiy saqlashni ta’minlaydilar. Doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlar va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (mehnat staji, ish haqi, o‘qish, mukofotlash va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi organlari va muassasalari roziligini olmasdan nodavlat va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi mumkin emas», deb uqtirilgan. O‘zR MAF to‘g‘risidagi Nizomga binoan nodavlat yuridik, jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda, ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Davlat arxivlari hujjatlarni butlash, saqlash, foydalanish ishlariga metodik yordam beradi va hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, yig‘majildlarni ta’mirlash va muqovalash yuzasidan pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan 2008-yil 21-avgustda qabul qilingan “Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini rekonstruktsiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi samarasida qisqa muddatda salmoqli natijalarga erishildi. Xususan, uchta davlat arxivi o‘rtasida yagona axborot tarmog‘i yaratildi. Arxivlarda server va boshqa jihozlarning o‘rnatilishi barcha davlat arxivlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning yirik yagona bankini yaratish imkonini berdi. Kelajakda mamlakatimizning barcha arxivlarini yagona tarmoqqa birlashtirish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, foydalanuvchilarga kerakli axborotni izlashda qulaylik yaratish maqsadida markaziy va poytaxtdagi davlat arxivlarida infokiosklar 86 o‘rnatilgan bo‘lib, ularga eng qimmatli hujjatlarning kataloglari hamda mamlakatimiz arxiv ishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari kiritilgan. Bugungi kunda infokiosklarga 11248 tashkilotning ma’lumot bazalari, Toshkent shahar arxivlarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan 2545 tashkilotning hujjatlari hakida axborot jamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish dasturiga” ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi. 2009-2013-yillar mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobiga (byudjet mablag‘lari) 19 ta yangi arxiv binosi qurildi va 5 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi. Natijada arxivlar balansda bo‘lgan binolar 2006-yildagi 21 foizdan 2013- yilda qariyb 95 foizga chiqishi ta’minlangan. Bu 2,7 mln saqlov birligidagi hujjatlarni saqlash imkoniyatlarini yaratgan. Mamlakatimiz dasturchilari tomonidan arxiv muassasalari uchun maxsus “Arxiv ma’lumotlarini rasmiylashtirish” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan. Ilgari qo‘lda amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning barchasi endi avtomatik ravishda bajariladi. Bu esa nafaqat vaqtni tejash hujjatlarni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hatolarning oldini olish imkonini beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, arxiv muassalari ishiga ham kirib keldi. Arxiv va kutubxonalar faoliyatiga yangi aktlarning joriy etilishi hujjatli axborotdan, jumladan, masofadan turib foydalanish, arxivlar ma’lumotlarini tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu o‘z navbatida arxivshunoslikning yangi vositalarini taqdim etadi, hujjatlar va ma’lumotlarni eng zamonaviy elektron shakllarda chop etish imkonini beradi. Arxivlardagi axborot resurslarining jaxon kibermakoniga integratsiyalashuviga xizmat qiladi.
Arxiv ishini yanada rivojlantirish va unga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida mamlakatimizda tegishli 87 me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, u muntazam takomillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 21-martida qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori arxiv hujjatlarini saqlash, xavfsizligini ta’minlash, ulardan foydalanish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 102 ta davlat arxivi faoliyat yuritmoqda. Milliy arxiv fondida saqlanayotgan hujjatlar hajmi esa 8,4 million saqlash birligiga etdi, ularni saqlash va qo‘llash uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori o‘rinbosari D.Ko‘charova. Davlat arxivlari bilan bir qatorda shahar va tuman hokimliklari qoshida tashkil etilgan 115 shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik xisobidagi idoralararo arxivlar, shuningdek, 3 millionga yaqin saqlash birligiga ega 17 nodavlat arxiv ham faoliyat ko‘rsatmoqda.


Yüklə 42,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin