12.3. Qurilmani rejali - ehtiyotdan qilinadigan ta’mirlash va profilaktika
Sinov mashinalarida unumli va xavfsiz ishlashning asosiy qurilmalari va
mexanizmlarining soz holatda bo‘lishi hisoblanib, bu ularni rejali-ehtiyotdan
qilingan ta’mirlash tizimini tashkil etish bilan yanada samarali erishiladi.
Rejali-ehtiyotdan qilingan ta’mirlash (RET) mashinaning ishlash qobiliyatini
oshirishga, undan foydalanish muddatini oshirishga, ta’mirlash muddatlarini
qisqartirishga va ta’mirlash qiymatini pasaytirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-texnik
chora-tadbirlar majmuidan iboratdir. RET sistemasiga ko‘ra belgilangan mashina-
soat miqlorini ishlab bo‘lgandan so‘ng oldindan ishlab chiqilgan reja-grafik
bo‘yicha mashina to‘xtatiladi.
Texnik xizmat majburiy tartibda, barcha turdagi ta’mirlash ishlari esa haqiqiy
ehtiyojga bog‘liq holda amalga oshiriladi. RET sistemasini tashkil etishda
mashinalardan texnik foydalanish qoidalarining bajarilishi, unga texnik xizmat
ko‘rsatish va ta’mirlash sifati ustidan nazorat ko‘zda tutiladi.
300
Yuk ko‘tarish mexanizmlari, presslar va sinov qurilmalari bo‘lgan sinov
zallarida rostlash, mahkamlash va boshqa ishlar uchun asboblarning to‘liq
komplekti, shuningdek, quyish-moylash jihozlari bo‘lishi zarur. Bundan tashqari,
asboblar, quyish-moylash qurilmalari, yong‘inga qarshi jihozlar, maxsus kiyim-
bosh, birinchi yordam aptechkasi, foydalanish va xavfsizlik texnikasiga oid
yo‘riqnomalar hamda boshqa texnik xujjatlarini saqlash uchun maxsus joylar
ajratilishi kerak.
Ehtiyot qismlariga va bir xil turdagi detallar hamda uzellar zahiralarining
me’yorlariga ehtiyoj presslar, yuk ko‘tarish mexanizmlari va sinash qurilmalarining
texnik xujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
RETning tasdiqlangan reja-grafigiga ko‘ra mashinalarni ta’mirlashga
chiqarish, mashina va qurilmalarni soz holatda tutish, ta’mirlashni o‘tkazish yoki
uni ko‘zdan kechirish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus tayinlangan muxandis- texnik
xodim tomonidan amalga oshiriladi. Shu shaxsning o‘zi mashina va qurilmalarni
joriy ko‘zdan kechirish jurnalini olib boradi, mashina va qurilmaning pasportlari va
texnik xujjatlarini saqlaydi.
Texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazishdan maqsad – mashina detallari va
uzellarining ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish, nosozliklarning olidini olish va
nuqsonlarni aniqlashdir. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlari tarkibiga uzellar, asboblar
mexanizmlari, almashinuvchi ishchi qurilma va butun mashinani tozalash, yuvish,
moylash, ko‘zdan kechirish va texnik holatini nazorat qilish; detallar va qismlarini
mahkamlash; uzel va agregatlarni tartibga solish; mashinaga yonilg‘i quyish, ayrim
uzellar, ishchi qurilmalar va butun mashinaning ishlashini tekshirib ko‘rish kiradi.
Texnik xizmat ko‘rsatish ishini boshlashdan oldin, to‘xtatib turishlarda va ish
tugagandan so‘ng muntazam bajariladigan har smenalik va belgilangan ishlash
vaqtidan so‘ng bajariladigan davriy texnik xizmat ko‘rsatishga bo‘linadi. Har
smenali texnik xizmat ko‘rsatish majburiy hisoblanadi, shuning uchun u maxsus
rejalashtirilmaydi. Davriy texnik xizmat ko‘rsatish RET grafigiga muvofiq
o‘tkaziladi. Har smenali texnik xizmat ko‘rsatish ishini mexanik va operator
(kranchi) smenadagi ish vaqti hisobidan bajaradi, ayrim mashinalar uchun esa
chilangarlar ham jalb qilinadi.
301
Davriy texnik xizmat ko‘rsatish shuningdek smenadagi ish vaqti hisobidan
mexanik va operator (kranchi) tomonidan chilanganrlarni jalb qilgan holda ham
o‘tkaziladi. Misol tariqasida sinalayotgan qurilish konstruksiyalari, binolar
fragmentlarini qo‘yish uzellari va choklarini montaj qilish ishlarini amalga oshirish
uchun laboratoriyaning sinov zalida montoj qilingan 10 tonnali ko‘prikli kranga
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarning tarkibi va hajmini ko‘rib chiqamiz.
Har smenali texnik xizmat ko‘rsatish quyidagilarni tekshirishni o‘z ichiga
oladi: kranning holati va komplektligini tashqi ko‘zdan kechirish bilan; kran osti
yo‘llarining sozligini, xarakatlanish chetlagichlarining holati va mahkamlanishi,
yerga ulash konturining butunligi; ta’minlovchi kabel izollyatsiyasining va uni
mahkamlanishining sozligini; po‘lat kanatlar va bog‘lovchi moslamalar, arqonlar
(kanatlar) o‘rnatilishining to‘g‘riligini; barcha cheklagichlar va oxirgi
vыklyuchatellarning ishlash sozligini; davriy ravishda smena mobaynida
elektordivigatel korpuslarining, podshipniklarning, qarshiliklarning tormozlash
elektromagnitlarining qizish darajasini; mexanizmlarning, jihozlar va metall
konstruksiyalar qurilmalari holatini, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish;
kabinaning holati; barcha tormoz mexanizmlarini sinab ko‘rish.
Davriy texnik xizmat ko‘rsatishga quyidagilar kiradi: kranning metall
konstruksiyalarini tashqi ko‘zdan kechirish, payvand choklari holatini tekshirish,
boltli birikmalarni rezina amartizatorlar va elastik muftalar barmoqlari holatini
tekshirish; yeyilgan detallarni almashtirish; bog‘ichlarni va yurish g‘ildiraklari
sozligini va elektrodvigatel cho‘tkalarini ko‘zdan kechirish, ularni qurum va
ifloslardan tozalash; kuch zanjiri kontoktorlari va kontaktlar bloki sirtidan qurum va
iflosdan tozalash; kontaktlarni tortish kuchini rostlash; kontrollerda kontakt sirtlarini
tozalash va tortish kuchini rostlash; ishga tushirish – rostlash qarshiliklarining sirtini
changdan tozalash; keltiruvchi simlarning uchlari siqilish zichligini tekshirish;
bosim tormozi elektromagnit yakorining yurish kattaligini tekshirish, yakor yurish
yo‘lini va tormoz kolodkalarini rostlash; oxirgi vikluchatellarni tekshirish,
kontektorlarning boshlang‘ich va oxirgi bosimi kattaligini rostlash; kranning barcha
elektr zanjirlar simlari izolatsiyasi holatini tekshirish, shuningdek, yerga ulangan
simlar va shinalar tekshirish; ilgakli oboyma holatini, shuningdek, ilgakning silliq
aylanishini tekshirish; kran moylashini; trafaretning yaxshi ko‘rinishi, signalar
302
sistemasi, chegaraviy yuklanishlar, yuklarni strapovka qilish qoidalarini va
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha boshqa ko‘rsatmalarni yuklanish ostida sinash;
aniqlangan nosozliklarin bartaraf etish.
Texnik xizmat ko‘rsatish shuningdek, quyidagi ishlarni ham o‘z ichiga oladi;
yuk lebyodkasi reduktorini, xarakatlanish va kallakni aylantirish mexanizmlarini
ichishini; o‘qlar, vallar, podshipniklar va shesternalar holatini tekshirishi;
elektrodvigatellar vallari podshipniklari holatini, kollektorlarning tozalanishini va
cho‘tkalarning moslashishini tekshirish; kontrollerlarni tekshiri, kuygan
kulachoklarni tozalash va ishdan chiqqanlarini almashtirish; bosh kontaktorlarning
holatini tekshirish; kranni amaldagi yo‘riqnomaga muvofiq sinash, cheklagichlarni
va himoyalovchi qurilmalarni rostlash.
Dostları ilə paylaş: |