User experience business meeting



Yüklə 5,04 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#208268
Kompyuter qurilmalari

KOMPYUTER QURILMALARI

ASOSIY QURILMALAR


Sistema bloki
Monitor
Klaviatura

Sistema bloki


Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.

Ona plata


Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. mainboard — Asosiy plata; материнка) Shaxsiy kompyuterning asosiy komponentlari (Markaziy protsessor, TXQ kontrolleri va TXQ, yuklanuvchi DXQ, BIOS kontrollerlari) o’rnatiladigan plata. Odatda ona platada razyomlar (slotlar) joylashgan bo’ladi.

Protsessor


Protsessor (inglizcha: processor) inglizchada „Process“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „jarayon“ — jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi.

Operativ xotira (RAM)

RAM - Random Access Memory (tanlov asosida ixtiyoriy qismiga murojaat qilinadigan xotira) Bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr ― bu ma’lumotlarni ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi qurilma. Registr triggerlardan tashkil topadi. Triggerlarning miqdori kompyuter necha razryadli ekanligini ko’rsatadi. Registr (uyacha) larning har bir razryadiga 1 bit axborot to’g’ri keladi. 8 bit axborot birgalikda 1 baytni tashkil qiladi. Har 1 bayt o’z tartib raqami(adresi)ga ega bo’ladi. Uyachaning uzunligi mashina so’zi uzunligini belgilab beradi.

Monitor

Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini belgilaydi. Hozirda monitorlarning HGC, CGA, EGA, VGA va SVGA turlari keng tarqalgan.

Klaviatura


Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo’llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko’magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugma yoki tugmalar birikmasining bosilishi aynan mos ikkilik kodining kiritilishiga olib keladi. Bunga sabab shriftlovchi nomli mikrosxema ma’lum tugma bosilishida hosil bo’luvchi signalni ikkilik kodiga aylantirib beradi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo’ladi. Oldingi turlarida 86 ta bo’lgan. Vazifasiga ko’ra klaviaturadagi klavishlar 6 guruhga bo’linadi. Ular 1) funksional 2) alifbo-raqamli
3) yo’nalishli 4) raqamlar paneli 5) maxsuslashtirilgan 6) modifikatorlar

Qo’shimcha qurilmalari


Sichqoncha
Printer
Skaner
Fleshka
Proyektor

Sichqoncha

Printer

Skaner

Fleshka

Proyektor

Kalonka


Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin