XULOSASI O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali shakl va usullarni joriy etish hamda innovatsion g‘oyalarni targ‘ib etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish muhim vazifalarimizdan biriga aylandi. Bu vazifalarni samarali amalga oshirilishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, uslubchi va psixologlari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Bolalarga maktabgacha yoshidan boshlab zamonaviy ta’lim berish, ularni psixik, aqliy va ijtimoiy jihatdan faol rivojlantirish – hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion strategiyani hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Ushbu magistrlik dissertatsiya ishi yuqorida bayon etilgan fikrlarni hisobga olgan holda tayyorlangan. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ilmiy ishning o‘rganilganlik darajasi magistrlik dissertatsiyasi ishining maqsad va vazifalari, obyekti, predmeti, tadqiqotning ilmiy yangiligi, farazi va amaliy ahamiyati, adabiyotlar tahlili ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur magistrlik dissertatsiya ishining I-bobida “Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllantirish metodlarining ilmiy va nazariy asoslari” deb nomlangan bo‘lib, jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllantirishni metodi holatlari va taxlillari, metodlarining o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar yoritib berilgan.
II-bobida “Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllantirish metodlarini amaliyotda qo’llanilishi” deb nomlangan bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllantirishni metodlarini amaliyatda qo’llanilishining o’rni va ahamiyati, metodlarni tadbiq etishning shakl va vositalari to‘g‘risida mavzular bayon etilgan.
III-bobda “Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllantirish metodlarini bo’yicha tajriba sinov ishlari” deb nomlangan va bu bobda tajriba-sinov ishlari tashkil etilgan bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari natijasi va tahlili yuzasidan keng qamrovli sinov ishlarini olib borilgan.
ishidan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, magistrlik ishi nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, dolzarb muommoga bag‘ishlangan, yuqori saviyada bajarilgan, o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra magistrlik dissertatsiya ishi talablariga to‘la mos keladi.
qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishib, magistrlik dissertatsiya ishi to‘liq ishlab chiqilgan, nazariy va amaliy ahamiyatga ega magistrlik dissertatsiya ishni ijobiy baholayman va himoya qilishga tavsiya etaman.