Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


Talabalar mustaqil faoliyatlarini tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə91/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
Ushbu o’quv

4. Talabalar mustaqil faoliyatlarini tashkil etish (talabalar topshiriqlarni mustaqil bajaradi, o‘qituvchi topshiriqni mustaqil bajarishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelgan talabalarga e’tibor qaratib, ularga yordam ko‘rsatadi).
5. Nazorat (talabalarning ishlari qabul qilinib, baholanadi; baholashda ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqtni tejash, topshiriqni bajarish tizimining to‘g‘riligi va samaradorligi kabi holatlar inobatga olinadi).
Bu shakldagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish quyidagi didaktik maqsadlarni hal qilishga imkon beradi:

- ma’ruzamashg‘ulotlarinitalabalarningtizimlimustaqilta’limvabilimfaoliyatibilanuyg‘unlashtirish, ularningnazariybilimlariniamaldaqo‘llash;
- amaliy ko‘nikmalar, aqliy, ijodiy fikrlash hamda nazariy bilimlardan foydalanish qobiliyatlarini rivojlantirish;
- talabalarnikafedratomonidanolibboriladiganilmiytadqiqotlargajalbqilish;
- ma’lum bir mavzu bo‘yicha talabalarning bilimlarini tizimli takrorlash, chuqurlashtirishvamustahkamlashnita’minlash;
- talabalarning bilim va ko‘nikmalarini tashxislash va nazorat qilish, dasturning ayrim bo‘limlari va mavzular bo‘yicha, kasbiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘nikmalar nishakllantirish

Amaliy mashg‘ulotlari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega :





1. Amaliy mashg‘ulot mavzusi.
2. Amaliy mashg‘ulot rejasi.
3. Tayanch tushunchalar.
4. Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar.
5. Topshiriqlarni bajarishga oid yo‘riqnoma.
6. Talabalar tomonidan topshiriqlarning bajarilishi.
7. Bajarilgan topshiriqlar yuzasidan o‘qituvchining nazorati.
8. Individual, guruhli topshiriqlar bo‘yicha yechimlarni namoyish etish.
9. Individual, guruhli topshiriqlarning yechimlari bo‘yicha muhokamalarni tashkil etish.
10. Talabalar va guruhlar faoliyatini o‘zaro baholash.
11. Talabalar va guruhlar faoliyatining o‘qituvchi tomonidan baholanishi.
12. Mashg‘ulotga yakun yasash.
13. Navbatdagi mashg‘ulot mavzusining e’loni.
14. Uyga vazifa


OTMda tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlar, odatda, o‘quv dasturiga muvofiq muayyan mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tinglangach yoki ma’ruza mashg‘ulotlari to‘la yakunlanganidan keyin tashkil etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarning umumiy mohiyati o‘rganilayotgan predmet, faniga doir o‘quv dasturida to‘la yoritiladi. Ma’ruzalar yirik guruhlarda olib borilsa, o‘quv mashg‘ulotlarining amaliy shakllari kichik guruhlar asosida tashkil etiladi. Ularni tashkil etish uchun assistent yoki yosh o‘qituvchilar jalb etiladi.


Amaliy mashg‘ulotlarni va laboratoriya ishlarini o‘tkazishda akademik guruh talabalari kichik guruhlarga bo‘linadi. Mashg‘ulotni bu tarzda tashkil qilish bir qator afzalliklarga ega. Bunda o‘qituvchining kichik guruhlar va yakka tartibdagi talabaning faoliyatini samarali boshqarish va ularga o‘quv topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarishda yordam ko‘rsatish imkoniyati ko‘proq. Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilgan vaqtdan samarali foydalanish, talabalarning tez, samarali ishlashlari uchun qo‘shimcha vazifalarni tanlash foydali bo‘ladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin