Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə86/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
Ushbu o’quv

9. Vizual-ma’ruza – mavzu vizual-materiallar yordamida yoritiladi.
10. Ma’ruza-dialog – ma’ruza mazmuni bir qator savollar yordamida yetkaziladi va savollarga talabalar tomonidan javob berishlari talab etiladi.
11. Refleksiv ma’ruza – oldin o‘zlashtirilgan mazmun va faoliyat usullari bo‘yicha muammolar hosil qilish, yangi mazmunni o‘zlashtirishda muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishga qaratilgan ma’ruzalar.
12. Vositaviy ma’ruza – aniq muammolarni yechishda oldin o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalanish bo‘yicha tasavvurlar hosil qilishga yo‘naltirilgan ma’ruzalar.
13. Xatolarga asoslangan ma’ruza – bu kabi ma’ruzalarda ma’ruzachi rejali holda ataydan xatolarga yo‘l qo‘yib, talabalarning diqqatini tortadi; ular tomonidan ma’ruza materiallarining diqqat bilan tinglash, bilimlarni o‘zlashtirishi, tahlil qilish, baholash, axborot mazmunidan erkin va tezkor foydalana olish ko’nikma, malakalarining o’zlashtirilishi ta’minlanadi.
14. Ma’ruza-tadqiqot – umumiy muammo mavzusining turli yo‘nalishlari bo‘yicha xususiy o‘quv topshiriqlari yordamida shakllantiriladi;talabalarda tadqiqotlarni olib borish va samarali
yakunlash ko‘nikma, malakalari shakllantiriladi.
V. Ma’ruzada aniq dalillar, ma’lumotlarga tayanishning ahamiyati. OTMda tashkil etiladigan ma’ruza mashg‘uloti quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘ladi7:



1. Ma’ruza mavzusi.
2. Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi.
3. Tayanch tushunchalar.
4. Reja savollari yoritilgan ma’ruza matni.
5. Nazorat savollari.
6. O‘quv topshiriqlari.
7. Foydalanilganadabiyotlarro‘yxati


Pedagogika fanlari bo’yicha o’qiladigan ma’ruzada faktlar, real ma’lumotlaming o’z o'mi bor. Chunki, ular pedagogik jarayon, muammolarni mohiyatini ochishga yordam beradi. Lekin ulardan mahorat bilan foydalanishgina kutilgan natijani beradi. Buning uchun qonuniy bog’lanishlar, tendensiyalarni ko’rsata oladigan raqamlarni qo’llashkerak.
Raqamlar, ma’lumotlar o'rganilayotgan predmetning mazmunini tasavvur etish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Albatta raqamlardan o’z fikrini tasdiqlash uchun foydalanish mumkin. Lekin nazariy qoidalar pedagogik hodisa va jarayonlar mohiyatiga tushunishda ham muhim rol o’ynashini yoddan chiqarmaslik kerak. Har bir pedagog raqamlardan yuzaki, shunchaki foydalanishdan qochishi kerak. Zero, dalillar, raqamlar qaytaishlashni talab etadigan ma’lum qurilish materiali, xolos.
Ma’ruzachining vazifasi negativ faktlarni e’lon qilish emas, balki ularni tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatishdir.Dalillar ma’ruzaga jonli mazmun, hayotiylik nafasini baxsh etadi, uning ahamiyati bu jihatdan bebahodir.
Induktiv metod ma’ruzada xususiylikdan umumiylikka, deduktiv metod esa umumiylikdan xususiylik tomon bayon qilishni ifodalaydi.
Induktiv metod dalillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoidalar, aniq faoliyat uchun amaliy xulosalar tarzida bayon qilinsa, deduktiv metod – nazariy xulosa, umumiy, xususiy, faoliyat uchun praktik xulosa tarzida bayon qilinadi.
Talabalarning pedagogika fanlarini o’rganishlarida, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda ma’ruzaning roli beqiyosdir. Shu bilan birga, ma’ruzaning mazmunini talabalarga yetkazishda o’qituvchining rolini uning barcha metodlar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va boshqalarni qoilashdagi mohirligini hisobga olmay, ma’ruzaning rolini ko‘rsatib boimaydi.
Birinchi kursdan boshlab, xususiylikdan umumiy mantiqiy xulosa chiqarish o’rganilar ekan, o’qituvchi shu tizimni buzmagani holda undan fanni chuqurroq o’zlashtirish uchun foydalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yana shuni ham hisobga olish zarurki, talabalarda xulosani shoshilinch umumlashtirishga harakat qilish holati uchrab turadi. Ayrim paytlarda talabalar o’ylab o’tirmay dangal, umumlashtirib bo’lmaydigan xususiy faktlarni ham umumlashtirishga harakat qilishadi. O’qituvchi ma’ruza o’qishga tayyorlanar ekan, bu tendensiyani ham hisobga olishi zarur.
Ma’ruzada materialni qay tarzda bayon qilinishiga qarab dalillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoidalar – aniq faoliyat uchun amaliy xulosalarga kelish tarzida berilishi mumkin. Induktiv metodda ma’ruza ko’pincha qiziqarli, ko’zga tashlanadigan fakt yoki misoldan, ayniqsa, shu kunning biron dolzarb masalasi bo’lgan, auditoriyaning diqqatini jalb qiladigan masaladan boshlanadi.
Induktiv metod talabalarni xususiy kuzatuvlardan ketma-ket umumiy xulosa chiqarishga o’rganish imkonini beradi. Ularni mustaqil fikrlashga o’rgatadi.
Deduktiv metodda esa ma’ruza umumiy nazariy masalalardan boshlanadi. Bu metod pedagogika fanlarining umumiy qonunlari, qoidalarini real hayotga tatbiq qilish, amaliyotda ko'rish va baholash, xo’jalik hayotida qo’llash, pedagogik hayot hodisalari, jarayonlarini, xo’jalik yuritish siyosatini chuqurroq tushunish imkonini beradi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, ma’ruza ham induktiv, ham deduktiv metod asosida olib borilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Avval ishchi gipoteza, taklif shaklida auditoriyaga umumiy savol tashlanadi, so’ngra talabalarni mulohazalari dalillari, faktlari tahlil ma’lumotlari shu savolga to’g’ri kelishi birgalikda muhokama qilinadi, xulosalar chiqariladi.
Bu holda ma’ruza-asosiy g’oya, uni dalillar asosida tasdiqlash – xususiy savollarni izchillikda bayon qilish, deduktiv metodda mavzuning umumiy xarakteristikasini berish tarzida tuziladi.
Ma’ruzaning samarasini oshirishda ko’rgazmali qurollar (jadval, sxema, diagramma, grafik kabilar)ning ahamiyati kattadir. Ko’rgazmali qurollar orqali axborotni qabul qilish, mavzuni chuqurroq tushunishga, o’quv materialini xotirada uzoq saqlanishiga yordam beradi. Lekin ko’rgazmali qurollarga haddan tashqari berilib ketish ham kerak emas, chunki, auditoriya bilan muloqot yo’qoladi va natijada ma’ruzaning samarasi pasayadi. Ammo tanlab olingan, tayyorlangan ko’rgazmali qurollar so’zsiz ma’ruza samarasini anchagina oshiradi. Ma’ruzaga iloji boricha talabalar diqqatini qaratish kerak. Buning uchun ma’ruzaning kirish yoki uning asosiy qismida masalaning mohiyatini ochib berishga qaratilgan savol qo’yish maqsadga muvofiq. Pedagoglar tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’qituvchining mavzuni bayon qilishidan avval yoki bayon qilish jarayonida savol qo’yishi, uni bayon qilib boigach, qo’yilgan savoliga qaraganda toiiqroq, yaxshiroq natijaga olib kelar ekan. Chunki, ilgari qo’yilgan savol talabani javob qanday boiishi kerak, deb o’ylantira boshlaydi va javobni o’qituvchidan eshitishga diqqatini qaratadi.
Ma’ruza boshlanganidan 20-daqiqacha vaqt o’tgach, talabalar diqqati susayadi.Buni hisobga olib, har 15-20 daqiqada yoki har bir uzviy savolni bayon qilishda turli metodlardan foydalanish, talabalar diqqatini jalb qiladigan savollar tashlash maqsadga muvofiqdir.
Dars berish jarayonida misol keltirganda guruhdagi talabalarga bevosita misollar keltirishi diqqatni o’ziga jalb qiladi. Masalan, “Rustamning otasi o‘z o‘g‘lini tarbiyalashda nihoyatda qattiqqo‘l bo‘lish zarur deb hisoblaydi. Shuning uchun uning har bir xatti-harakatini tekshirib turadi. Rustamning guruh rahbari bundan xabar topib, otasidan buning sababini so‘raganda, “O‘g‘lim hech bir ishni mustaqil bajar olmaydi. Men uni xatolar qilishdan asrayman”, - deb javob berdi. Siz bunga qanday qaraysiz!”, “Pedagogik nuqtai nazardan har qanday darsda uchta: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad belgilanadi. Ammo har qanday mavzu mazmuni ochib berishda tarbiyaviy maqsadni belgilash mumkinmi! Masalan, kimyo fanidan “Tuzlar”, “Oksidlar”, fizika fanidan “Kondentsatsiya hodisasi”, “Og‘irlik kuchi”, “Chaqiriqqacha boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik” fanidan “Ommaviy qirg‘in qurollari”, “Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlar” mavzularini o‘rganishda qanday qilib, tarbiyaviy maqsadni belgilash mumkin?” singari savollar bilan murojaat qilish ma’ruza jarayonida jonli muloqotni yuzaga keltiradi.
Boshqa o’quv shakllariga qaraganda ma’ruzachining ma’ruzasini his-hayajon, jo’shqinlik bilan bayon etishi muhim rol o’ynaydi. Ma’ruzachi his-hayajonini o’zgartirish, mimikasi orqali talabalarni darsga qiziqishini kuchaytirishi yoki aksincha, susaytirishi mumkin.
1. Ma’ruzaning emotsional ta’siri oeqituvchining ma’ruza materialini erkin bayon qilishi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Erkin bayon qilish orqali auditoriya bilan bog’lanish yaxshilanadi. Talabalarning aks ta’sirini kuzatish imkoni vujudga keladi. Og’zaki nutq xususiyatlari, ya’ni dialogdan foydalanish mumkin boiadi.
Aksincha, ma’ruza matniga qarayverish auditoriya bilan aloqa o’rnatishni qiyinlashtiradi, uni buzadi, chunki, yozma nutq, odatda, monolog tarzida boiadi. Bu yerda gap faqat ma’ruzachining tayyorlangan materialni erkin egallagan boiishi, matnni zerikarli tarzda o'qimasligi haqida bormoqda.
2. Og’zaki nutq, ya’ni ma’ruza tushunarli, eshitib, qabul qilishga oson, qisqa jumlalardan tuzilgan bo’lishi kerak, chunki, uzun, murakkab jumlalar fikrni xiralashtiradi. O’qituvchi bayon qilinayotgan materialni yaxshi bilishidan tashqari o’z ovozini ham nazoratqilishi zarur. Intonatsiyani goh baland, goh past qilib nutq o’zgartirish orqali talabalar diqqatini tortish, o’z vaqtida pauza va boshqa intonatsiyalardan ham foydalanish zarur.
3. “Erkin manera” tarzida dars berish, ma’ruzachining auditoriyada u yoqdan bu
yoqqa yurishi talabalarni diqqatini tortadi va tushunishni qiyinlashtirib, ularni mavzudan chetlashtiradi. Pedagog o’zining “ish zonasi”ga ega bo’lishi, undan foydalanishni bilishi kerak.
4. Ma’ruzachi o’zining tashqi ko’rinishiga ham e’tibor berishni yoddan chiqarmasligi zarur.
5. Ma’lumki, ma’ruzaning jo’shqinligi, ma’lum darajada uning yorqinligiga bog’liq. Jo’shqin, ma’noli nutq faqat aniq misollar bilangina emas, balki maqol, matal, badiiy obrazlar bilan boyitilishi zarur. Bu hoi ma’ruzani qiziqarli qilib, talabalar diqqatini jalb etadi.
Shunday qanotli so’zlar ham bo’ladiki, ular nihoyatda hayratlanarli darajada nishonga tegishi bilan murakkab hodisalar mohiyatini ochib beradi. Faqat ana shu badiiy so’z, maqollar, matallar bayon qilinayotgan material bilan bir butunlikni tashkil qilishi zarur. Misol uchun: “Boqsang botir qilasan, Tergasang – tentak”, “Buzishga o‘rganma, tuzishga o‘rgan”, “Igna qayoqqa yursa, Ip ham shu yoqqa yurar”, “Bozori yaqin boyimas”, “Yig‘sang yetasan, sovursang ketasan”, “Soqoling chiqmay pul topsang, otang berganday bo‘lar”, “Oltida yig‘sang, oshadi, yettida yig‘sang, yetadi”, “Tanga tiyindan o‘sar, yilqi qulundan o‘sar” kabi o‘zbek xalq maqollari talabalar tomonidan tarbiyaning ijtimoiy, shaxsiy ahamiyatini, bugungi kun talablari asosida hayot kechirish zarurligini anglashga yordam beradi.
6. Ma’ruzaning to’g’ri tuzilishi, darsning har bir minutidan samarali foydalanish mashg'ulotlarning muvaffaqiyatini taminlaydi.
7. Auditoriya bilan “qaytar aloqa” o’rnatishda talabalarning savoli va o’qituvchining javobi muhim rol o’ynaydi. Odatda, ko’pincha ma’ruzaning oxirida savollarga vaqt ajratiladi, lekin bu ma’ruza jarayonida savol berilmaydi, degani emas.
Savollarga javob beiganda javobning qisqa, asoslangan bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Agar savol qo’shimcha dalillarni talab etadigan bo’lsa, buni ochiq aytish mumkin (aytaylik, statistik ma’lumotlar shu daqiqada yo’q bo’lsa) sababini ko’rsatib, kelgusi darsda javob berishga va’da qilsa, bu ayb sanalmaydi. Agar savol induvidual tarzda bo’lsa, ma’ruzadan so’ng yoki maslahat darsida javob berish mumkin.
Savol-javobda o’qituvchining nutq ohangidan doimo xayrixohlik sezilib turishi, savoldan salbiy munosabat sezilmasligi kerak, aks holda auditoriyaning ishonchi yo’qoladi.
8. Har qanday sharoitda (tashqaridagi shovqin-suron, eshik ortidagi g’ala-g’ovur, qurilish va h.o.) o’qituvchi o’zini tuta bilishi lozim.
9. Nutqda taqliddan qochish, bir gapni bir necha marta takrorlamaslik kerak.
10. Nutqda siyqasi chiqqan so’zlarni imkon qadar ishlatmaslik zarur.
Albatta, ideal tarzda ma’ruza o’qib bo’lmaydi. Lekin har bir o’qituvchi o’zining barcha imkoniyatini, mahoratini ishga solib, dars o’tishi shubhasiz, ma’ruzaning ijobiy tomonlarini ustun bo’lishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, ma’ruza o’quv jarayonini asosiy bo’g'ini, o’qituvchining talabalar bilan muloqatda bo’lishning alohida bir shakli bo’lib, unda o’quv materiali, mavzu kuchli ravishda, ma’lum bir hajmga solingan – bayoni sanaladi. Vazifasiga ko’ra ma’ruza fanni o’rganishda qiziqish, ishtiyoq, talabalarda fanni yanada chuqurroq o’rganishga xohish-istak uyg‘otishi kerak. Buning uchun ma’ruzani unga qo’yiladigan talablar asosida tayyorlangan holda tashkil etish kerak.Ko’zlanganmaqsaddan kelib chiqqan holda ma’ruzaning turini aniqlab olish hamda texnologik yondashuvga asoslangan holda darsining texnologik xaritasinituzish maqsadga muvofiq sanaladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin