Usim-biol p65



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə56/70
tarix20.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#133186
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Fitobakteriomitsin Actinomyces lavendulae zamburug`i asosida Rossiyada ishlab chiqarilgan antibiotik. Dukkakli don, qand lavlagi, baqlajon, olma va boshqa qishloq xo`jaligi ekinlarida bakterial va zamburug` kasalligini qo`zg`atuvchilarga keng doirada ta'sir qilish va nobud qilish qobiliyatiga ega. Loviya bakteriozlariga vabug`doy ildiz chirish kasalligiga qarshi tavsiya qilingan. Odamlarga nisbatan ta'siri yuqori va issiqqonli hayvonlarga nisbatan o`rtacha zaharli bo`lganligi uchun tibbiyotda foydalanilmaydi. Amalda to`ldiruvchi sifatida kaolin yoki talk qo`shilgan holda 2 va 5 foizli dusti chiqariladi.
Bir grammda faoUigi 50000 birlikda bo`lgan 2 va 5 foizli fito-bakteriomitsin loviyaning bakterioz va arpaning ildiz chirish kasalligiga qarshi ekishdan oldin bir tonna urug`iga 3 kg.dan; 1 foizli eritmasi bakteriozlarga qarshi gektariga 0,2—0,3 kg.dan sarflanadi. Ishlov berilgan urug`Ii donlar iste'moI uchun foydalanilmaydi.
Griziofulin — bu antibiotik 1960-yiIda Penicililum griseofulvum zamburug`idan ajratib olingan va birinchi marta qishloq xo`jaligi ekinlari kasalliklariga qarshi fungitsid sifatida qo`Uanilgan. Qulupnay va bodringning unshudring va sitrus ekinlarida so`Iish kasalligini qo`zg`atuvchilariga qarshi yuqori samaraga ega. Bu antibiotikka Zygo-mycetes, Ascomycetes, Basidiomycetes kabi zamburug` avlodlari sezuvchan. o`simliklami kasalliklardan himoya qilishda griziofulvin yaxshi natija beradi.
Bu antibiotiklar o`simliklardan olingan. Uni Ukraina mikrobiologiya instituti xodimlari bo`znoch (Helichrysum arenarium) o`simligining quritilgan gulidan tayyorlashgan.
Arenarin — fitopatogen bakteriyalarga nisbatan keng ko`Iamda ta'sir etadi. Pomidor rakini (Corynebacterium michiganense) va ko`pgina dukkakli ekinlarda vilt kasalligini (Corynebacterium insidiosum) qo`zg`atuvchisiga kuchli ta'sir qiladi.
112
Arenarin o`ziga xos tezlatuvchi xususiyatga ega. Ayniqsa, pomidor urug`i ekishdan oldin arenarin bilan ishlov berilganda unib chiqishi 1—6 kunga, guUash davri 2—6 kun va meva pishishi 3—5 kunga tezlashadi.
Urug`larni ekishdan oldin dorilash yuqori hosil garovidir. Ko`p yillik olib borilgan sinov natijalariga ko`ra, pomidor urug`i arenarin bilan ekishdan oldin ishlov berilganda hosil 10—26 foizga ortgan. Urug`larni ekishdan oldin arenarin bilan ishlov berishi tufayli o`simliklar bakteriya raki, qora bakteriyali dog`lanish, virusli kasalliklari (mozaika(chipor) stolbur va pomidorning bronza ka-salligi) bilan zararianishi sezilarii darajada kamaygan. Urug`ni nam-lash uchun arenarin 1:1000 nisbatda suvli eritmasi tayyorianadi. Urug` eritmada 2,5 soat tutib turiladi. Bir kilogramm urug`ga ishlov berish uchun 100 ml miqdorda arenarin suyuqligi talab qilinadi.
Namlangan urug`lar quritish uchun maxsus maydonchaga keltiriladivabirnechavaqtgachaaralashtirilibturiladi. Urug` qurigandan so`ng ekish uchun tavsiya etiladi. Arenarin bilan ishlov berilgan urug`lardan ikki oy mobaynida foydalanish mumkin.
Trixoderma (Trichoderma lignorum Harz.) — trixoderma lignorum takonullashgan zamburug`lar guruhiga kiradi. Ular konidiyabandlarida hosil bo`ladigan sporalardan ko`payadi. Konidiyabandlari shoxlangan, sporalari yumaloq, diametri 2,5—3,7 mkm, rangsiz, 10—20 tadan bo`lib, konidiyabandlari uchida boshcha hosil qilib to`plangan bo`ladi. Rossiyada ishlab chiqariladi. Asosan, yopiq gruntlarda yetishtirilayotgan bodring, pomidor kasalliklariga qarshi qo`Uaniladi.
Trixoderma — Т harisianummng rivojlanishi uchun qulay harorat 24—25°C, pastki harorat 8°C. Trixoderma lignorum uchun esa 24—28°C va 18—22°C harorat yetarii hisoblanadi. Preparat tarkibida zamburug` sporalari, mitseliylaming maydalari va oziq muhitning qoldiqlari uchraydi. Ildiz chirish kasalligiga qarshi ishlab chiqariladi.
Trixodermin-10 preparatining 1 grammida 10 mlrd tirik sporalar mavjud. Karamning qorason va bakterioziga qarshi 30 g/m^.dan sarf qilinadi. Urug`li karamlarga birinchi уШ vegetatsiya davomida 0,25 foiz konsentratsiyada (1,5 kg/ga) qorason va bakterioziga qarshi sarilanadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin