Huquqning uchta tarixiy shakli mavjud: huquqiy odatt sud yoki ma’muriy pretsent va normativ huquqiy aktlar.
Huquqiy odat — bu jamiyatda yaxshi odat normalarini davlat tomonidan tasdiqlanib, huquqiy normalar sifatida qabul qilinishidir. Huquqiy odat bu huquqning birinchi tarixiy shakli bo‘lib, quldorlik va feodal davlatlarida mavjud bo‘lgan. Masalan, bu davlatlarning huquqiy odatlaridan to hozirga qadar bizga yetib kelgan XII jadval qonuni, Manu Drakond qonuni, Rus pravdasi (haqiqati) va boshqalar. Huquqiy odat bu diniy normalar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun hozirgi musulmon, Hindiston va Afrika davlatlari tizimida huquqiy odat ishlatiladi. O‘zbekiston Respublikasi tizimida huquqiy odat kam ishlatiladi. Masalan, O‘zRning oila Kodeksining 8 — modddsida qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo‘lmagan taqdirida, O‘zRning qonun hujjatlari tamoyillariga zid bo‘lmagan maqalliy urf-odat va an’ana qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.