Ўқув машғулотида таълим технологияси модели


Kotlet qiymasi va undan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash



Yüklə 37,99 Mb.
səhifə50/83
tarix02.10.2023
ölçüsü37,99 Mb.
#151598
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
OSHPAZLIK TAOMLARINI TAYYORLASH Amaiyot

Kotlet qiymasi va undan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash
Kotlet qiymasini tayyorlash uchun molning bo`yin go`shti, shalxay go`shti va qiyqimlari, cho`chqani nimtalashda chiqqan qiyqimlar va kamdan- kam hollarda qo`yning bo`yin go`shti, qiyqimlaridan foydalaniladi. Yaxshisi, yog`i 10% dan ortiq bo`lgan semiz hayvonlar go`shtidan foydalangan ma'qul, shunda kotlet qiymasining sifati yaxshi chiqadi. Agar go`sht yogii bo`lfnasa, u holda dudlangan yoki tuzlangan yoki tabiiy yog` qo`shiladi (5- 10%j. Go`sht paylar, qon quyqalari, birlashtiruvchi dag`al to`qimadan tozalanib, to`g`raladi va go`sht qiymalagichdan o`tkaziladi. Kamida 1-navli bug`doy unidan qilingan qotgan non sovuq suv yoki sutda ivitiladi. Maydalangan go`shtga ivitilgan non, tuz, yanchilgan murch qo`shilib, yaxshilab aralashtiriladi, go`sht qiymalagichdan tkaziladi va qoi bilan shapatilanadi. Shunda qiyma havoga to`yinadi, bir jinsliroq bo`ladi, undan tayyorlangan mahsulotlar ko`pchib turadi. Lekin uzoq vaqt shapatilash tavsiya etilmaydi, negaki bunda yog` ajralib qoladi va mahsulotlar shirasizroq va bemazaroq chiqadi.
1 kg go`shtga bug`doy uni noni 250 g, suv yoki sut 300 g, tuz 20 g, yanchilgan murch 1 g olinadi.
Kotlet qiymasidan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi.
Qiyma kotletlar - kotlet qiymasi 57 g li porsiyalarga bo`linadi, jildi olinmagan qoq non talqoniga bulanadi, bir uchi o`tkir bo`lgan yassi oval shakli beriladi (qalinligi 2-2,5, uzunligi 10-12 va eni 5 sm qilinadi). Bir porsiyaga 1-2 tadan ishlatiladi.
Qiyma bitochkalar - kotlet qiymasi 57 g li porsiyalarga ajratiladi, bulanadi va qalinligi 2-2,5, diametri 6 sm bo`lgan yassi dumaloq shaklga keltiriladi. Bir porsiyaga 2 tadan ishlatiladi.
Kotlet va bitochkalarni no`shpiyoz yoki sarimsoqpiyoz qo`shib tayyorlash mumkin (5-8 g xom piyoz yoxud 0,5-0,8 g sarimsoqpiyoz). Bu holda mahsulotlar darhol issiqlik bilan ishlovdan o`tkaziladi, aks holda qiyma kulrang tus olib, mahsulotning tuzilmasi va sifati yomonlashadi.
Qiyma shnitsel- kotlet qiymasi porsiyalanadi, bulanadi, 1 sm qalinlikdagi yassi oval shakli beriladi. Bir porsiyaga ikkitadan tayyorlanadi.
Qiyma zrazilar -kotletqiymasikamroqnonqo`shibtayyorlanadi, porsiyalanadi, 1 sm qalinlikdagi doiracha shakliga keltiriladi, o`rtasiga qiy- ma solinadi, doirachaning chetlari birlashtiriladi, jildi tozalanmagan qoq non talqoniga bulanadi va chetlariga ovalsimon g`ishtchalar shakli beriladi. Bir porsiyaga 1-2 tadan ishlatiladi.
Qiyma tayyorlash uchun chala qovurilgan no`shpiyoz olinib, unga qaynatilib to`g`ralgan tuxum, petrushka bargi, tuz, yanchilgan murch qo`shilib, hammasi aralashtiriladi. Mayda to`g`ralgan omletni qiyma sifatida ishlatish mumkin.
Teftellar - kotlet bo`tqasi kamroq non bilan tayyorlanadi, chala qovurilgan no`shpiyoz qo`shiladi, keyin porsiyalanadi, zoldirlar shaklida dumaloqlanadi va unga bulanadi. Bir porsiyada 2-A ta teftel bo`ladi.
R u 1 e t - kotlet bo`tqasini tayyorlash uchun non kamroq olinadi. Hoilangan sochiq yoki dokaga bo`tqa 1,5-2 sm qalinlikdagi to`rtburchak shaklida yoyilib, uning o`rtasiga uzunligi bo`yicha qiyma solinadi.
Bo`tqani tagidagi sochiq yordamida shunday birlashtirish kerakki (sochiqni qayirib), bo`tqaning bir uchi boshqa uchining ustiga bir oz chiqib turadigan bo`lsin; keyin unga baton shakli beriladi va sochiqdan olinadi hamda yog`langan tunuka tovaga chokini pastga qaratib qo`yiladi. Ruletning sirtiga tuxum atalasi surtilib, talqon sepiladi va issiqlik bilan ishlov berilganda yorilmasligi uchun bir necha joyidan teshib qo`yiladi.
Qiyma tayyorlash uchun qaynatib, yogiangan makaron, yoki qaynatilib, to`g`ralgan tuxum, yo bo`lmasa chala qovurilgan no`shpiyozdan foydala niladi.
Qaynatilgan tuxumga chala qovurilgan no`shpiyoz qo`shish ham mumkin

Yüklə 37,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin