Yaxna tvorog taomlar Sutli, qaymoqli, smetanali yoki shakarli tvorog. Tabiiy holda suzib berish uchun qirg'ichdan o'tkazilmagan yog'li yoki kam yog'li tvorogdan foydalaniladi. Tvorog taqsimcha yoki salatdonga bir oz uyib solinadi-da, ustiga sovitilgan sut yoki qaymoq quyib beriladi. Alohida idishda shakar yoki tozalangan qand kukuni berilishi mumkin (bir porsiyaga 10 dan 25 g gacha). Ba'zan sut yoki qaymoq sutdon yoxud stakanda alohida beriladi. Smetanali tvorogni suzib berishda ustida chuqurcha qilinib, unga smetana quyiladi. Tvorog ustiga shakar yoki tozalangan qand kukuni sepib berilishi yoxud ular alohida idishda berilishi mumkin. Smetana bilan suzib berishda tvorogni awal qirg'ichdan o'tkazish mumkin, ayrim hollarda esa tabiiy tvorog faqat shakar bilan suzib beriladi.
Tvorog aralashma qirg'ichdan o'tkazilgan yog'li yoki kam yog'li yangi tvorog, shakar yoxud tozalangan qand kukuni, yumshatilgan sariyog`, mayiz, vanilin, asal, shakarlangan mevalar, smetana, tuxum, yong'oq, tuz, zira, tomat, murchdan iborat bo'ladi.
Tozalik (sanitariya) qoidalariga ko'ra, tvorog aralashmasini umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash taqiqlanadi. Shu bois korxonalar sanoatda ishlab chiqariladigan tvorog aralashmasidan (shirin yoki tuzlangan) foydalanadi, buning uchun unga tegishli to'ldirgichlar qo'shiladi.
Tvorog aralashmasi desert taqsimcha yoki salatdonga uyib suziladi yoki aralashma qandolatchilik xaltasidan solib beriladi. Suzib berishda yangi yoki konservalargan mevalar, murabbo, kohu barglaridan foydalaniladi.
Tvorog aralashmasi buterbrodlar tayyorlash uchun ishlatiladi va alohida ovqat sifatida beriladi. Mayizli yoki asalli shirin tvorog aralashmasi. Urug'siz mayizlar tozalanib, yuviladi va quritiladi, vanilin issiq suvda eritiladi. Tayyorlangan masalliqlar va asal shirin tvorog aralashmasiga qo'shiladi va ralashtiriladi.
Taqsimchaga suzilib, to'rtburchak yoki piramida, konus shakliga keltiriladi. Bir porsiyaga 100 - 200 g suzib beriladi. Smetanali tvorog aralashmasi. Shirin yoki tuzlangan tvorog aralashmasi idishga uyib suziladi-da, uchida chuqurcha hosil qilinib, imga smetana quyib beriladi. Tuzlangan aralashmaga zira qo'shish mumkin. Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): tvorog-102, smetana-25. Tayyor mahsulot chiqishi -125.
Xom pasxa. Tvorog ikki mafta qirg'ichdan o'tkaziladi. Sariyog'ga shakar qo'shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish jarayonida smetana qo'shi-ladi. Shakar sariyog'da batamom erib bo'lgandan so'ng tvorog, tuz, qo'shilib, yaxshilab aralashtiriladi va tagiga sal nam doka qo'yilgan maxsus qolipga solinadi. Zich to'ldirilgan qoKpning ustiga uncha katta bo'lrhagan yuk bostiriladi va zardobi oqib tushishi uchun sovitkichda 12-14 soat saqlanadi, shundan so'ng tagi bilan idishga qo'yilib, qolip va doka ehtiyotlik bilan olib tashlanadi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): tvorog - 2500, sariyog` -200, shakar - 200, smetana - 250, tuz - ta'bga ko'ra. Tayyor mahsulot chiqishi - 2800.