Kasb kodi va nomi - 3.81.03.02 Oshpaz qandolatchi
O’quv amaliyoti nomi- Oshpazlik taomlarini tayyorlash.
Maqsad- Qovurilgan go’sht taomlari bifshteks tayyorlash ko’nikmalarini shakllantrish.
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Moslamalar asbob anjom va xom ashyolar
|
Eskizlar chizmalar
va rasmlar
|
Bajariladigan ishlar tartibi
|
1
|
1.Mahsulotlar sifati va sonini tekshirish. 2.Asbobuskunalarni yaroqliligini tekshirish.
|
Pichoq, taxtakach, maxsus
tozaligich, tog‘aracha,
tog‘ara, oqar suv. Gaz plitasi
|
|
1.Asbobuskunalarni yaroqligini tekshirish.
2 Go’shtni sifatini tekshirish.
|
2
|
1.Xom-ashyoni tayyorlash.
|
Lahm go’st piyoz tuxum o’simlik yog’,tuz,murch
|
|
Lahm go’sht togaylaridan tozalanadi. Piyoz po’stlog’idan tozalanadi
|
3
|
Go’sht qaynatishga qo’yladi.
|
Pichoq, taxtakach,
tog‘aracha
|
|
Bu taom uchun mol go’shtini lahm qismi yirik to’rt burchak yupqa qilib kesiladi.
|
4
|
Kerakli retseptura
|
Go’sht
Tuz, murch
Piyoz
tuxum
|
|
Go’sht tuz murch sepilibTovaga o’simlik yo’gidan solib 15 daqiqa qovuriladi.
|
5
|
Taomni surish.
|
Pichoq
Taxtakach
Likobcha
Qozon gaz plitasi
|
|
Istemolchini talabiga ko’ra qoni bilan,yarim quvurilgan va qattiq qovirilgan holda tayyorlanadi
|
6
|
Taomni bezash va tarqatish.
|
taxtakash
pichoq,tuz murch
ko’kat likob
|
|
Tarqatishda likobchaga qovurilgan kartoshka yoniga guruch makaron bifshteks qoyiladi va go’sht sardaki quyilib dasturxonga tortiladi.
|
Bifshteks tayyorlash
Reja:
1. Qiyma va undan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash
2. Kotlet qiymasi va undan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash
Qiyma tayyorlash uchun bo`yin qismi, shalxay go`sht, qorin go`shtdan, shuningdek go`shtni buzish va suyakdan ajratishda chiqqan qiyqimlardan foydalaniladi. II toifadagi go`shtdan foydalaniladigan bo`lsa , u holda shira berish va ta'mini yaxshilash uchun unga xom cho`chqa yog`i qo`shiladi. Tozalangan go`sht to`g`ralib, yog` qo`shiladi, qo`sh to`rli go`sht qiymalagichdan bir marta, bir to`rli qiymalagichdan ikki marta o`tkaziladi, suv yoki sut, tuz, murch qo`shiladi va hammasi yaxshilab aralashtiriladi. Yog`li go`shtdan qiyma tayyorlashda cho`chqa yog`i qo`shilmaydi, go`sht me'yori esa oshiriladi. 1 kg qiyma uchun 800 g go`sht, 120 g cho`chqa yog`i, 70 g suv yoki sut olinadi.
Qiymadan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar qilinadi.
Qiyma bifshteks - cho`chqa yog` mayda to`g`raladi, qiymaga qo`shiladi, porsiyalanadi va mahsulotga 2 sm qalinlikdagi yapasqi dumaloq shakl beriladi. Bir porsiyaga bittadan ishlatiladi.
Tabiiy (bulanmagan)qiyma kotletlar -qiyma qo`y go`shtidan tayyorlanib, porsiyalanadi, mahsulotga oval shakli beriladi, orasiga suyak tiqiladi, tuxum atalasida hoilanadi va qoq non talqoniga bulanadi.
Poltavacha kotletlar -qiymamolgo`shtidantayyorlanib,unga maydalab to`g`ralgan yog`, to`g`ralgan sarimsoqpiyoz qo`shiladi va hammasi aralashtiriladi. Keyin porsiyalanib, qoq non talqoniga bulanadi, bir porsiyaga 2 tadan ishlatiladi.
Tabiiy qiyma shnitsel- qiyma cho`chqa, qo`y yoki mol go`shtidan tayyorlanadi, porsiyalanadi. 1 sm qalinlikdagi oval shakli beriladi, tuxum atalasida ho`llanadi va qoq non talqoniga bulanadi.
F r i k a d e 1 k a 1 a r - go`sht to`g`ralib, go`sht qiymalagichdan o`tkaziladi, unga mayda to`g`ralgan xom no`shpiyoz, xom tuxum, yanchilgan, murch, tuz, suv qo`shiladi va bari yaxshilab aralashtiriladi, keyin 7-10 g li zoldirlar ko`rinishidagi porsiyalarga bo`linadi.
Qiyma kabob qiymalangan qo`y go`shtidan tayyorlanadi. Kotlet go`shti to`g`raladi, unga to`g`ralgan xom no`shpiyoz, dumba yog`i qo`shilib, go`sht qiymalagichdan 2-3 marta o`tkaziladi, tuz, yanchilgan murch solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Limon kislotasi qo`shish ham mumkin. Keyin marinadlash uchun 2-3 soat sovitkichda saqlanadi. Shundan so`ng porsiyalanadi, mayda xasipchalar shakli beriladi, sixlanadi va bir porsiyaga 2-3 tadan ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |