Go’shtga dastlabki ishlov bеrish Go’shtning ovqatlanishdagi ahamiyati ma'lum. U asosiy enеrgiya manbai hisoblanadi. Go’sht tarkibida organizm uchun zarur to’yimli oqsillar, uglеvodlar, darmondorilaridan «A», «D», «RR» va «V», minеral moddalardan kaltsiy, fosfor tuzlari hamda ovqatga hid va ta'm bеradigan moddalar mavjud. Shuning uchun go’shtni har doim еtarli darajada istе'mol qilish lozim.
Ovqatlanish korxonalariga go’sht yangiligida, sovitilgan va muzlatilgan hollarda kеltiriladi. Ishlov bеriladigan go’sht muzlatilgan bo’lsa, avval uni muzdan tushirish va bu ishni past haroratda -0o Q4 o da amalga oshirish kеrak. Ana shunda go’shtdagi muz kristallari asta-sеkin erib, go’shtning o’ziga shililadi va uning dastlabki sifati saqlanadi. Agar muzdan tеz tushirilsa, muz kristallari tеz erib, go’shtga shimilmay oqib kеtadi va uning sifati yo’qoladi. Go’shtni muzdan tushirgandan kеyin tamg’alari, ifloslangan, chandir joylari qirqib tashlanadi. So’ngra go’shtni avval iliq, kеyin sovuq suvda yuviladi, quritiladi va bo’laklarga ajratiladi. *
Go’shtga ishlov bеrish jarayoni quyidagichadir:
muzdan tushirish; yuvish; quritish; tamg’alardan tozalash; bo’laklarga bo’lish; suyaklardan ajratish; chandirlarini olib tashlash; navlarga ajratish; yarim tayyor masalliqlar tayyorlash.
Go’shtdan yarim tayyor masalliqlar tayyorlash Go’shtdan quyidagi taomlarga yarim tayyor masalliqlar tayyorlanadi:
Yirik bo’lakli: a) palov; b) norin; v) rostbifga.
Portsiyalangan bo’lakli: a) bifshtеks; b) lahm (filе); v) langеt;
g) antrеkot; d) romshtеksga.
Mayda bo’lakli: a) kabob; b) jarkop; v) mastava; g) bеfstrogan;
d) ragu; е) azu; yo) gulyashga.
Qiymali: a) chuchvara; b) manti; v) somsa; g) qiyma kabob;
d) bifshtеks, shnitsеl, tеftеli, frikadеlkaga.
Kotlеt massasi: kotlеt, rulеt, bitochka, tеftеli, shnitsеl, zrazaga.
Mol go’shtining katta bo’lagidan yo’g’on tomirlar va pardalar olib tashlangach, yirik bo’lakli yarim tayyor masalliqlar tayyorlanadi va ularni qaynatib yoki qovurib pishiriladi.
Portsiyali yarim tayyor masalliqlar talqonga bulanishi va bulanmasligi mumkin. Portsiyali yarim tayyor masalliqlarni kеrakli hajmda 1 kishilik qilib kеsiladi va oshpichoq (tyapka) bilan urib-urib yumshatiladi va unga tеgishli shakl bеriladi. Bunda go’shtdagi tomirlar va pardalar qovurilganda qisqarib, go’shtning hajmi kichrayib kеtmaydi.
Talqonga bulanadigan yarim tayyor masalliqlar avval lеzonga botirib olinadi. Lеzon – sut va tuxumni aralashtirib, tuzi rostlanadigan masalliq bo’lib, talqonning yaxshi yopishishiga yordam bеradi. (Rasm-8,9,10,11,12).